• UCHINCHI BO‘LIM MA’RIFATPARVARLIK DAVRI TEATRI
  • S tursunboyev jahon teatri




    Download 9,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/134
    Sana27.09.2024
    Hajmi9,43 Mb.
    #272697
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   134
    Bog'liq
    Jahon tetri tarixi

    NAZORAT SAVOLLARI
    1. Fransuz klassitsistik tragediyasida burchning hissiyotdan us- 
    tuvorligi va uch birlik qoidalari nim ani anglatadi?
    2. Pier Kornelning «Sid» asari nega fransuz akademiyasida 
    m uhokam a qilinib, tanqid ostiga olindi?
    3. J. Rasinning «Andromaxa», «Fedra» tragediyalari Kor­
    nelning tragediyalaridan nimasi bilan farqlanib turadi? Rasin klas­
    sitsizm tragediyasi rivojiga qanday hissa qo'shdi?
    4. N ega klassitsizm tragediyasida ijrochilik san’ati «deklam at- 
    siya san’ati» deb nom langan va bu ijro m aktabining asosiy tam oyil- 
    lari nim alardan iborat?
    5. M olyer truppasi va uning aktyorlik san’atiga qarashlari 
    haqida nim a deya olasiz?
    6
    . Molyemi nega fransuz oliy komediyasining asoschisi deymiz?
    7. M olyer asarlari qaysi jihatlari bilan fransuz dramaturgiyasida 
    yangi bosqichga aylandi?
    83


    8
    . Molyerning «Sohta oqsuyak»da nega Jurden «dvoryanga ay- 
    lanish» vasvasasiga tushadi?
    9. «Tartyuf» asarida Tartyufni dindorlik qobig‘iga sodda odam - 
    larni chuv tushirish qay tarzda sodir bo‘ladi?
    84


    UCHINCHI BO‘LIM
    MA’RIFATPARVARLIK DAVRI TEATRI
    1688—1689-yil ingliz buijua inqilobidan 1789-yil ulug‘ fransuz 
    buijua inqilobiga qadar b o ‘lgan yuz yillik - Ovro'po teatri tarixiga 
    M a’rifatparvarlik davri sifatida kirdi.
    M a’rifatparvarlar Uyg‘onish davridan shaxs hurligi va uning 
    erkin m a’naviy takomillashuvi g'oyasini meros qilib oldilar. Ular 
    m anfaatparastlikka asoslangan buijuacha ishbilarmonlikni fuqarolik 
    vazifalari bilan uyg‘unlashtirish, burjuaziyani «fuqaro»ga xizmat 
    qildirish m um kin, deb hisobladilar. Bunga erishishning eng maqbul 
    yo‘li — insonni m a’rifatli qilish deb bildilar. Dili va aql-idroki 
    m a’rifat nuri bilan jilolangan inson fosiqlik tuzog‘iga ilinmaydi, 
    jam iyat saodati yo‘lida xizmat qilish uning uchun m o‘tabar 
    maqsadga aylanadi, deb tushundilar ular.
    Ijodkorlar turli m am lakatlarda turlicha ijod qilgan bo‘lsalar-da, 
    lekin ularni yagona m a’rifatparvarlik g‘oyasi birlashtirib turdi. Ayni 
    zam onda XVIII asr badiiy ijodiyotida bir-biridan tubdan farqlanuv- 
    chi o'ziga xos, betakror ijodiy siym olami yetishtirib berdi: Angli- 
    yada Sheridan va G arrik, Fransiyada Volter, Didro, Bomarshe va 
    Leken, G erm aniyada Lessing, Gyote, Shiller, Italiyada Goldoni va 
    G otssilar jahon madaniyati tarixidan munosib o ‘rin olgan shunday 
    so‘z ustalari va san’atkorlar edilar.
    M a’rifatparvarlar 
    «dili 
    va 
    aqli* 
    bir-biriga 
    m utanosib 
    shaxsnigina ideal shaxs deb bilganlaridan ular san’at bobida ham
    his-tuyg‘u talablariga e ’tibor bilan qaraganlar. Lekin his-tuyg‘u va 
    aql idrok orasidagi m utanosiblik darajasiga nisbatan bo'lgan tu- 
    shunchalarda o ‘zgarishlar yuz berib bordi. M a’rifatparvarlik san’ati 
    rivojining birinchi, ya’ni m a’rifatparvarlik klassitsizmi yetakchi 
    yo‘nalishga aylangan davrda aql-idrok his-tuyg‘udan sezilarli dara- 
    jada ustun turardi.
    XVIII asr san’atining keyingi rivojlanish bosqichi m a’rifat­
    parvarlik realizmi deb yuritildi. U chinchi bosqichda ko'pchilik 
    m a’rifatparvarlar hissiyotiga ro‘ju q o ‘ydilar. Shu bois uni sentim en- 
    talizm bosqichi deb atash taomilga kirdi.

    Download 9,43 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   134




    Download 9,43 Mb.
    Pdf ko'rish