PIER KORNEL (1 6 0 6 -1 6 8 4 -y .)




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

PIER KORNEL (1 6 0 6 -1 6 8 4 -y .)
Kornel R uan shahrida huquqshunos am aldor oilasida tavallud 
topgan, m ahalliy iyezut kollejida tahsil ko'rgan, so'ng biroz ad- 
vakatlik ishi bilan shug'ullangan. U o 'z ijodiy faoliyatini «Melita» 
(1629) degan komediyasi bilan boshlagan. M azkur asarni aktyor 
M ondori o'zi rahbarlik qiluvchi «Mare» teatrida sahnaga qo'yadi. 
Shu bahona Kornel Parijga ko'chib keladi, ketm a-ket shov-shuvli 
pyesalar yoza boshlaydi, bundan kardinal Rishile xabar topib, uni 
absolutizm mafkurasiga xizmat qiluvchi o 'z guruhiga jalb etadi.
Eng shov-shuvli voqea 1636-yili Kornelning Mondori to- 
monidan «Mare» teatrida qo'yilgan «Sid» asari bilan bog'liq. Asarga 
ispan dramaturgi de Kastroning «Sidning o'smirlik yillari» pyesasi- 
dagi voqealar asos qilib olingan edi. U nda sevgi, burch, or-nom us 
mavzusi tadqiq etilgan: graf Gom as qariya don Diyegoni haqorat qil- 
ganligi uchun uning o'g'li Rodrigo sevgilisi Ximenaning otasi 
bo'lm ish bu grafni o'ldiradi. Endi Ximena otasining qasosini olishi 
va qizlik burchini ado etishi kerak. Asarning talay sahifasi Xim ena­
ning Rodrigodan qasos olish, uni o'ldirib, burchini bajo keltirishdek 
sa’y-harakatini ochishga qaratilgan. Dramaturg o 'rta asrcha shaxsiy 
qasos, adovat taomilini ijtimoiy burch maqomiga ko'chirib, ikki 
yoshning muhabbatini yana ham ulug'vor tarzda ifoda etishga eri- 
shadi. Rodrigo grafni o'ldirish bilan Ximena qalbida qasos tuyg'usini 
uyg'otibgina qolmadi. Sababi, u ayni chog'da bahodirga xos mardlik 
ko'rsatib, sevgilisi qalbida o'ziga nisbatan yana ham kuchli muhabbat 
hissini paydo qiladi. Shu asnoda Rodrigo dushman bilan olishuvda 
qaliramonlik ko'rsatadi, bu Ximenani shaxsiy intiqom hissidan voz 
kechib, Rodrigoni yana ham sevishga da’vat etadi. Asar qah- 
ramonlarning o'lim i bilan emas, balki qovushuvi bilan yakun topadi.
Asarda klassitsizmga xos qator talablar dram aturgiyada ilk bor 
nam oyon bo'lgan edi: Rodrigo aql-idrok yuzasidan ish ko'rib, bur- 
chni his-ehtirosdan yuqori qo'yadi: u grafni o'ldirib, qasos olibgina 
qolmaydi, shu bilan birga, u insonlik qadr-qim m ati g'oyasini ham
him oya qilgan bo'ladi. Shu bois Ximena Rodrigoga sevgi zo'rligi
72


tufayli emas, balki uning oliyjanobligi tufayli yaqinlashadi, Rod- 
rigoning botiriigi va halolligini, samimiy oshiqligi va m ohir jang- 
chiligini Xim ena insonga xos eng oliyjanob fazilatlar deb tushunadi.
Klassitsizm qoidasi nuqtayi nazaridan qaralganda, Rodrigoning 
jasorati davlat siyosati talabiga zid kelib qolgan edi. Asar teatrda 
katta muvafFaqiyat qozongan bo‘lsa-da, undan kardinal Rishele 
ranjiydi. Uning ko'rsatmasi bilan «Sid» asari fransuz akademiyasida 
m uhokam a qilinib, «uch birlik qoidasi buzilgan, voqea 24 soat 
o ‘rniga 36 soat vaqt doirasida davom etadi, aniq bir joy o'rniga 
shaharning turli joylarida o'tadi; voqea birligi yaxlitligi buzilgan», 
deb topiladi. Lekin, asarga nisbatan aytilgan bu kamchiliklar klas­
sitsizm qoidasiga zid bo'lsa-da, uni m uhokam a qilishga asarda Is- 
paniya bilan urush borayotgan bir paytda ispan bahodiri (Said — 
arablar uni shunday atagan) Rodrigoning bosh qahram on qilib 
olinishi asosiy sabab bo'lgan edi.
K om elning Rim tarixidan olingan sujet asosida yaratilgan 
«Goratsiy» (1640) asarida klassitsizm qoidalariga to 'la rioya qilindi. 
Rim bilan Alba orasida ro‘y bergan urush taqdirini ikki tom ondan 
maydonga chiqqan uch aka-uka: Goratsiy va Kuriatsiylar hal etishi 
lozim. Jangda bir rimlik — Goratsiygina tirik qoladi, ya’ni Rim to- 
m on Alba ustidan g‘alaba qozonadi. Goratsiylam ing singlisi 
Kamilla Kuriatsiylardan biriga, Kuriatsiylarning singlisi Sabina 
Goratsiylardan biriga turm ushga chiqqan edi. Eri jangda halok 
bo'lgan Kamilla akasidan erining qasosini olish payiga tushadi. 
G oratsiy o ‘z singlisini o ‘ldiradi. Bu Rimning obro‘-nufuzi yo‘lida 
qilingan harakat deb baholanib, Goratsiy oqlanadi.
Tragediyada fuqarolik burchi ham m a narsadan, insoniylik 
tuyg‘ularidan ham ustun qo'yilgan edi: inson o'zining shaxsiy bax- 
tidan voz kechib, um um iy maqsadga xizmat qilsagina, bu um um
saodati ro'yobga chiqadi, degan fikr olg'a surilgan edi.
Lekin ayni chog'da monarxiya mafkurasiga m onand bu 
qarashga zid tarzda Kornel qalbida alangalangan inson zurriyotiga 
bo'lgan m ehr tuyg'usi ham shu qarashlarga tutash tarzda ifoda etil­
gan. U ningcha, odam lar insoniy ehtiroslaridan voz kechib, davlat- 
ning qullariga aylanishlari bilan baxtga erishishlari amri mahol. 
Kamilla qaylig'ini o'ldirgani uchun akasini kechirolmaydi, uning 
qalbidan 
otilib 
chiqqan 
his-ehtiroslar 
har 
qanday qonun- 
taom illardan yuqori turadi, shu bois bag'ridan sevgilisini yulib ol- 
gan yurti xalqini la ’natlaydi. Kornel qalbi larzaga tushgan qizning 
hadsiz his-tuyg'ularini dadillik bilan haqqoniy tarzda ifoda etgan.
73


Kornel qahram onlari ehtiroslam i yengib, aql-idrok bilan ish 
ko'rganda, kishi hadsiz iroda va m atonat sohibi b o la olishini 
ko‘rsatib berdi. Lekin Kom el tragediyalarida aqlning his-tuyg‘u 
ustidan g'alabasi quruq o ‘gitgo‘ylik mevasi emas, balki qaynoq 
ehtiroslam ing qalbdagi g‘azab olovidan tug‘ilgan tantanasi tarzida 
nam oyon bo'ladi.
1640-yillarda «Sinna», «Nikomed», «Pompey», «Rodaguna — 
Parfiya malikasi», «Yolg'onchi» kabi asarlar paydo bo'ladi. Kornel 
33 pyessa yozgan bo'lib, shu jum ladan, 
8
komediya uning qalamiga 
mansub. Klassitsizm-tragediyasining asoschisi sifatida teatr tarixi- 
dan o'rin olgan bu sohibi qalam asarlari hozir ham Parijning «Ko- 
medi Fransez*, Milily xalq teatri kabi yirik teatr jam oalari repertu- 
arida nufuzli o ’rin tutib keladi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PIER KORNEL (1 6 0 6 -1 6 8 4 -y .)

Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish