S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

NAZORAT SAVOLLARI
1. 
«Dorilfunun 
oqillari» 
ingliz dramaturgiyasida qanday 
yo'nalishlarga asos soldilar? K. M arloning «Sohibqiron Temur* 
asarida Amir Tem urga xos ulug'vorlik xususiyatlari uning qaysi 
xatti-harakatlaridan nam oyon bo'lgan?
2. Shekspir dramaturgiyasining hayotbaxsh, fojey va rom antik 
ruhdagi bosqichlarga ajratilishining boisi nimada?
3. Shekspirning ulug' tragediyalari: «Hamlet», «Otello», «Qirol 
Lir», «Romeo va Julyetta»larning tub mohiyati nim ada ko'rinadi? 
Shekspir davri ingliz sahna san’ati haqida nim a bilasiz?
4. Shekspirning «Makbet» asari nim a haqda.
70


F R A N S U Z K L A S S IT S IZ M T E A TR I
Uyg'onish davri teatri inqirozga yuz tutib, umrini o'tagan bir 
paytda Fransiyada dramaturglardan Kornel, Rasin va Molyer asar­
lari misolida bir badiiy uslub paydo bo'ldiki, u tarixga klassitsizm 
uslubi nomi bilan kirdi. Lyudovik X III (1610—1643), Lyudovik 
XIV (1643—1715) hukm ronlik qilgan davrda Fransiya markazlash- 
gan yirik monarxik davlat sifatida maydonga chiqadi. Absolut m o- 
narxiya dvoryanlar hokim iyatining shakli bo'lgani holda turli ta- 
baqalarni birlashtirish, mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini 
rivojlantirish garovi sifatida ko'rina boshlaydi. Klassitsizm aynan 
shunday tarixiy sharoitda davlatning mafkuraviy quroli sifatida 
paydo bo'ldi. Klassitsizmning Uyg'onish davri san’atiga yaqinlik ji- 
hati kuchli, faol qahram onning sahnaga qayta kelishida ko'rinar 
edi. Lekin bu m a’lum hayotiy maqsadga ega bo'lgan qahramondir: 
u o'zining shaxsiy his-ehtirosi, irodasini aql va yuksak axloq doira- 
sida jilovlay olishi va butkul davlat oldidagi burchini ado etishi 
shart bo'lgan qahram on bo'lishi kerak edi. Shu bosh maqsad 
asosida klassitsizmning m a’lum dasturiy qoidalari ishlab chiqiladi. 
Bular Nikola Bualoning «Shoirlik san’ati» (1674) she’riy risolasida 
o 'z ifodasini topgan. Klassitsizm estetikasi ko'p jihatdan Aristotel 
va Goratsiyning nazariy qoidalariga asoslangan edi. Janrlar aniqligi 
(asosiylari — tragediya va komediya), uch birlik qoidasiga q at’iyan 
rioya qilish shular jumlasiga kiradi.
Klassitsizm san’atining inaqsadi vataniga, monarxiyaga sodiq 
fuqrolarni tarbiyalash edi. Qahram onning o 'z qadr-qim m ati, or- 
nom us yo'lidagi kurashi millatning o ‘z shon-shavkati va erki uchun 
olib borgan kurashiga m onand kelishi kerak edi. Buning uchun bir 
qator qat’iy qoidalar belgilab qo'yildi: davlat oldidagi burchning 
shaxsiy his-tuyg'u va m anfaatdan ustuvorligi, ya’ni burchning hissi- 
yotdan ustun kelishi; asardagi to'qnashuvlar — burch va hissiyoti 
o'rtasidagi to'qnashuv va burchning g'olib kelishi.
Klassitsizm—atamasi lotincha classicus so'zidan olingan bo'lib, 
namunaviy, ibratomuz m a’nosini anglatadi. Shunday ibratomuz qah- 
ramonlar — yuqori tabaqa vakillari: qirollar, shahzodalar, malikalar 
asar voqealarining asosiy ishtirokchilari sifatida belgilandi. Tragedi­
yaning oliy, komediyaning past janr deb hisoblanishi va tragediyaning 
komik sahnalardan xoli, sof janr namunasi bo'lishi zarurligi talabi ham 
klassitsizm uslubining aslzodalar tabaqasiga xos jihatlari bilan belgilan- 
gan. Tragediya ma’lum she’riy vaznda, shoirona ko'tarinki tilda uch 
birlik qoidasiga asoslanilgan holda yozilishi shart qilib qo'yildi. Unda
71


xatti-harakat birligi asosiy voqea yo'nalishidan chetga chiqmaslikni 
taqozo etsa, zamon va makon birligi qoidasiga ko‘ra voqea bir kecha- 
kunduz davomida va bir joyda ro‘y berishi shart edi. Klassitsizm tra­
gediyasi va komediyasining badiiy yetukligi o'zining yaxlitligi va ularda 
m a’lum ehtiroslar ifodachisi bo'lmish umumlashgan yirik obrazlaming 
mavjudligi bilan belgilanadi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish