(Maqsud Shayxzpda larjnmasi)




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

(Maqsud Shayxzpda larjnmasi)
Tragediya 
qahramonlari 
tez 
balog‘atga 
yetib 
boradilar; 
ko‘ngilchan yigitcha, Romeo, o'yinqaroq qizcha Julyetta sevgilari 
yetilib, aqllari tolishib, o ‘z baxtlari uchchn kurashishga qodir barka- 
mol kishilarga aylanadilar. Romeo va Julyetaning muhabbati ular- 
ning otalari orasidagi o ‘zaro adovatga qarshi kurashga otlantiradi.
O shiqlar halok b o ‘ladi, lekin T ohir va Zuhralardek, ularning 
sevgisi boqiy qoladi, ahdu paymonlari aslo o'lm aydi. Oshiq- 
m a’shuqlarning jonsiz jasadlari ustida M antekki va Kapulyettining 
yarashuvi U yg'onish davri g'oyasining shaksiz g'alaba qilishidan 
dalolat beradi.
«Hamlet»— anglash, aql-zakovatning uyg'onish! haqidagi tra- 
gediyadir. U nda Uyg'onish davrining insonparvarlik g'oyalari «iz- 
dan chiqqan zam on»ning dahshatli sinovlari orqali nam oyon 
b o ia d i. Otasi o'lgach, onasining to'satdan amakisi Klavdiyga erga
62


tegib olishi, otasining arvohi orqali Klavdiy tom onidan otasining 
o'ldirilganligi voqeasining ochilib ketishi Hamletni dahshatga solib 
qo'yadi. Arvoh Hamletdan Klavdiydan qasos olishni talab etadi. 
Ammo Hamlet tabiatan yovuz, qotil emas, u dushm anlarining ra- 
zilona harakatlariga javob tariqasidagina intiqom yo‘liga kiradi. 
Hamlet sobiq do'stlari Gildernstern va Rozenkrants uni o ‘limga 
olib ketayotganliklarini payqagandan keyingina o'lim ga ularning 
o'zlarini ro ‘baro‘ qiladi. U Klavdiyni qirolning o'zi zahar surdirgan 
qilichdan yaralangandan keyin shu qilich bilan o'ldiradi. Hamlet 
uchun qasos olish emas, balki hukm surmish razolat sirlarini 
anglash m uhim dir. 
Klavdiy Hamletning shamshiridan emas, 
murosasiz fikridan cho'chiydi. Negaki qirol uning to ‘g‘ri va 
haqqoniy so‘zi oldida ojiz.
Endi 
«Otello» 
tragediyasida 
tasvirlangan 
bir 
voqeaga 
e ’tiboringizni qaratainiz. Senat Otelloni Kibris oroliga qo'shin 
qo'm ondoni qilib jo 'n atar ekan, Dezdemona ham u bilan birga 
jo'naydi. Fojianing ildizi shu ikki qalbning o ‘tli muhabbati bilan 
bog'liq edi. O 'zini Otello o'rnida ko'rishni istagan Yago aslzoda 
qizning Otelloga bu qadar ko'ngil qo'yganini aqliga sig'dirolmas va 
nimaiki bo'lm asin, bu sevgini barbod etishi kerak edi. Otelloning 
muovini Kassioni bir janjal uyushtirib, ishdan bo'shattiradi. O 'zini 
Kassioga yaqin tutgan bo'lib, uni Dezdem ona huzuriga ishga tik- 
lashda yordam so'rab boraverishini tayinlaydi. Otelloda esa shu vaj- 
ni ko'rsatib, rashk hissini uyg'otaveradi. Otello aslida raslikchi 
odam emas, ishonuvchan, lekin Dezdem onaga ham , Yagoga ham 
bir xil darajada ishonadi, oqibatda Yagoning makr-hiylasi qurboni 
bo'ladi.
Otelloning ishonuvchanligi — sahroyi kishining to'm toqligi, 
go'lligi emas. Bu qalbning saxiyligidan, insonning qadr-qim m atini 
yuqori qo'yishidan tug'ilgan ishonuvchanlikdir. Dezdem ona Otello 
uchun m a’shuqagina emas. U Dezdem ona misolida barkamollik 
timsolini ko'radi. Bu sohibjamol ayolning borligining o'zi Otelloda 
odam larga nisbatan ishonch uyg'otib turadi.
Yago shunchaki qabih kimsa bo'lm ay, u qabohat faylasufi. U 
o'zini yovuzlik qilishga haqli deb hisoblaydi: inson erkin-ku, axir! 
Shu yo'sinda davrning ulug' g'oyasi ahloqsizlikni oqlovchi kuchga. 
aylanib boradi. Yagoning nazarida inson ta ’magir mavjudot, hay- 
voniy hirsga moyil jonzot, uningcha, kimki ko'proq m anfaatdor 
bo'lsa, shuncha kuchlidir. «Karmoningni pulga to ‘ldir», «Faqat 
o'zim uchun kurashaman». Yago hayot m a’nosini shunday tushu- 
nadi.
63


Yago o 'z tubanligini oqlash yo'lida kishilikni oyoq osti qiladi. 
Otelloni ko’rishga uning ko'zi yo‘q; zero qalbi ezgulikka to ‘la sahiy 
habashning serm a'no hayoti uning qarashlariga zid bo'lib chiqadi. 
U Otelloning oliyjanobligi va kishilarga ishonishini kuzatgan sayin 
o 'z tushunchasini to 'g 'ri deb bilib, qabihona harakatlarini kuchay- 
tirib boraveradi. Yagoning maqsadi Otelloda rashk olovini yoqish, 
nosog'lom hislam i uyg'otish bilan bu habashning tabiati ham ra- 
zolatdan holi em as, va, demakki, insonga, nisbatan nafratlanish va 
hudbinlik yashashning asosi, deb oqlashdan iboratdir.
Otello Yagoning xujumlariga qarshi ko'p sabot bilan qarshilik 
ko'rsatib boradi. Dezdem onaga nisbatan ishonchning yo'qolishi — 
hayot m a’nosining barbod bo'lishi bilan barobar «Sevmay qo'ysam - 
chi, tartibsizlik, chuvolchiqlik qaytib kela di», deydi Otello.
D ezdem onani, soxta xiyonatkorlikda ayblash va Otelloni bunga 
ishontirish uchun Yago jam iki makru xiylani ishga soladi. Lekin 
Otelloni o 'z makriga ilintirgani bilan ham Yago o 'z niyatiga eri- 
sholmaydi. U Otelloning qalbida razolatga yo'l ocholm aydi, aksin- 
cha, razolatga qarshi qahr-g'azab uyg'otadi, qabohatga qarshi zarba 
berishga chorlaydi. Otello D ezdem onani o'ldirish bilan adolatni 
tiklam oqchi bo'ladi
Tirik qolsa yana boshqalarni aldaydi,
Shuning uchun u m utlaqo o'lishi kerak! 
deydi u.
Yig'layapm an. Biroq bu yosh yo'qlik yig'isi,
Ishqim u ch u n osm on m enga berm oqda jazo.

Download 9,43 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish