LOPE DE VEGA (1562—1635-y.)




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

LOPE DE VEGA (1562—1635-y.)
Lope de Vega allaqanday mo'jizaviy ijod -sohibi bo'lgan. Shu 
choqqacha u yozgan asarlaming soni aniq oxiriga yetkazilmagan. 
Zamondoshlari ikki mingdan ortiq raqamni keltiradilar. Lope de 
Vega yozgan asarlaming to'rtdan biri ya’ni 500 tasi saqlanib qol­
gan. Shuning o'zi ham dunyoda birorta dramaturgga nasib etmagan 
raqamdir.
Lopening poeziyaga erta qiziqishi uning tabiiy iste'dodi bi- 
langina izohlanmas edi. Bu yoshligidan keng egallangan bilimning 
ham samarasidir.
Zavol topgan dvoryanning o'g'li bo'lmish Lope Madrid iye- 
zuitlar kollejida. so'ng qirollik akademiyasida tahsil ko'radi. Sinch- 
kov o'sm ir matematika va falakiyot, tarix, falsafa ilmlari va qadimgi 
adabiyotni o'rganadi. «0'zgalar yaratgan go'zallikdan ta’sirlanib, 
nafis adabiyotning maftuni bo'Idim va nazm piri Amurning duoyi 
fotihasi meni undan hech qachon ajralmaslikka mustahiq etdi*, deb 
yozgan edi dramaturg.
48


Lope de Vega ispan teatri erishgan tajribalardan foydalanib, 
.Imnday ijodiy parvoz etdiki, natijada, yuksak shoirona ruh bilan 
yo'g'rilgan va insonparvarlik g'oyalariga limmo-lim milliy drama- 
lurgiya dunyoga keldi. U dramaturgiyada tarqalgan qahramonlik 
ruhidagi voqeani chuchmal oldi-qochdilardan xoli etdi, maishiy 
mavzuni she’riyat darajasiga ko'tardi. Uning koniediyalaridagi vo­
qea ti/.imida scrhashamlik ko'zga tashlansa-da, lekin u insoniy ke- 
chinmalarning mantiqiy tabiiyligidan icliki mantiq doirasida rivoj- 
lanib boradi. Lope de Vega o‘z pyesalarini shoir sifatida tasnif etdi, 
bu esa fojia va komediyani o'zaro qarama-qarshi qo'yishdek 
odatga, barham berdi. Uning fikricha, sahnada aks etgan inson 
hayoti yangi tus-tarovat kasb etishi kerak; u asl hayotiy m a’nosini 
yo'qotmay, ko'tarinki, shoirona shukuh manbayiga aylanishi lozim. 
Shunda u dag'al, ko'rimsiz voqealikning surati emas, kishilaming 
chin orzu-umidlari ifodasiga aylanadi.
Lope de Vega pyesalari orasida yetakchi o'rinni egallagan asar- 
lar dehqonlar haqidagi asarlardir. Ularda dramaturg dehqonlar 
hayoti misolida umumxalq muammolarini olg‘a surgan. «Fuyente 
Ovexuna* («Qo‘zibuloq», 1609—1613) dramasida dehqonlarning 
or-nomus yo'lidagi kurashi ularning o'z haq-huquqlarini himoya 
qilish yo'lidagi kurashlari bilan uyg'un tarzda ifoda etilgan. Asarga 
1476-yili Fuyente Ovexuna qishlog'ida qirol noibi, harbiy guruh 
sardori — komandor don Gomesga qarshi ko'tarilgan xalq isyoni 
voqeasi asos qilib olingan. Sabr-toqat iskanjasida mutega aylangan 
har qanday insonni larzaga soluvchi lavha, ya’ni to‘y chog‘ida ko­
mandor tomonidan kelin-kuyov Laurensiya va Frandosoning olib 
ketilishi, kuyovning o'lasi qilib kaltaklanishi, kelinning nomusi top- 
talishi lavhalari beriladiki, shular tarqoq va loqayd xalqning uyu- 
shuviga sabab bo'ladi. Asarning uchunchi sahnasida qishloqda, xalq 
orasida yuzlari qontalash, abgor holga kelgan Laurensiya paydo 
bo'ladi. U zo'ravonlar qo'lidan chiqib qochganligi, Frandosoning 
osilishi mumkinligini aytib, hamqishloqlarini bo'shanglikda, or- 
sizlikda ayblaydi, dugonalarini qadimgi suvoriy ayollar singari 
qo'lga qurol olib, zo'ravon komandorga qarshi kurashishga 
chaqiradi.
Xalq qo'zg'oloni lavhalari tez sur’at bilan ko'z o'ngimizda 
namoyon bo'ladi: qal’aga hujum va uni egallash, komandomi qatl 
etish, xalqning «Yashasin Fuente Ovexuna va qirol», deya, 
g'olibona raqslar tushib, badkirdor kallasini nayzaga ilib, ko'cha 
bo'ylab yurishlar... bular dengiz misol qalqigan xalq harakatining 
ayrim ko'rinishlari edi.
49


Lope de Vega xalq qo‘zg‘olonining hayratomuz lavhalarini chi- 
zish orqali qurol kuchi bilan xalq o ‘z ozodligini himoya qilishga 
haqli ekanini ko'rsatdi. Xalq qo‘zg‘olon ko'targani bilan qirolga 
bo'lgan e’tiqodidan voz kechmaydi. Asarda Lope qirollik hokimiya- 
tining obro' va nufuziga shak keltirmagan.
Lope de Vega «Fuyente Ovexuna* asarida kishilarning insoniy 
oliyjanob ezguligi va xalqning o 'z huquqini anglashi or-nomus tu- 
shunchasi bilan bevosita bog'liq ekanini ifoda etdi. Laurensiyaning 
o'z qizlik nomusini saqlab qolish uchun olib borgan kurashi butun 
xalqning yovuzlikka qarshi kurashiga aylanib ketadi.
«Qo'zibuloq» asari o'zining yozilish uslubi, tub mohiyatiga 
ko'ra, qahramonlik dramasidir. Ommaviy sahnalarning serobligi uni 
xalq 
dramasiga 
yaqinlashtiradi. 
Qahramonlcrning 
jonli 
va 
jo'shqinligi hamda yorqin xalq turmushi lavhalari pyesaga goh ser- 
zavq mutoyiba, goh mayin lirik ohanglarni baxsh etib turadi.
Odamlarning o'zaro tengligi g'oyasi sevgi borasida «lt yemas, 
otga bermas» (1613—1615) komediyasida butun borlig'i bilan 
namoyon bo'lgan. Komediya qahramoni grafinya Diana quyi ta- 
baqadan chiqqan o'z kotibi Teodoroga ishqi tushib qoladi. Zo- 
dagon qizning xizmatkor bilan nikohga kirishi aqlga sig'mas bir 
hodisa. Qizning aslzodalarcha mag'rurligi har o'rinda uning o'tli 
tuyg'ulariga zid kelaveradi. Sevgi ustun edi: dvoryanlik martabasini 
ham pisand qilmay, Diana sevgisini yigitga o'zi oshkor etadi, aks 
holda Teodoro aslzoda sohibjamolni sevishi haqida o'ylashga ham 
ju r’at etolmagan bo'lardi.
Bu sevgi mashmashalari goh iztirobli, goh zavqbaxsh kulgili 
tarzda davom etadi. Diananing, masalan, Teodoroning ko'ngliga 
o 't solib va yana o'zini past tutgan his etib, dvoryancha 
dumog'dorligi ta ’sirida yigitni aziyatli, jumboqli holatlarga solib 
qo'yishi lavhalari ajoyib-g'aroyib tarzda ifoda etilgan. Komediya 
tuguni xizmatkor Tristanning «Teodoro bir aslzodaning o'g'irlab 
ketilgan o'g'li ekan», deb' tarqatgan mish-mishidan yechila bosh- 
laydi. Diana bu uydirmaga o'zi ishonmasa-da, lekin shu on qo'lini 
Teodoroga beradi. Diana uchun muhimi boshqalami shu mish- 
mishlarga ishontirish edi. Shunda u tabaqadoshlaridan dashnom 
eshitmay, o 'z sevgilisiga yetishishi mumkin edi-da.
Lope de Vega o'zining aksariyat komediyalarini sevgi mavzu- 
yiga bag'ishlab, xalqdan chiqqan komil kishilarni yuksak sevgiga 
qodir, chin vafodor kishilar tarzida ko'rsatadi. Shu bois u oddiy 
dehqon qizlari yoki sevgi yo'lida tabaqachilik to'sig'ini yenga oluvchi 
aslzoda qizlami o'z lirik komediyalari uchun qahramon qilib olgan.
50


«Xetafelik dehqon qiz» (1609) komediyasining qahramoni 
Inesa aslzoda yigit Feliksni sevib qoladi. Qiz Feliksni aslzoda 
raqiblardan sovitib, o'ziga isitib olish yoiida ko'pgina g'aroyib tad- 
birlarni ishga soladi va oxiri niyatiga erishadi. Feliks ham, bu oqila 
qizga oshiq b o iib qoladi va unga uylanadi.
«Ko'zaIi qiz» (taxm. 1627) asarining qahramoni Donya Mariya 
o ‘z otasini haqorat qilgan yigit (unga uylanishga tarafdorlardan) bi­
lan olishib, uni yarador qiladi va yigitning ta’qibidan qochib, Isavel 
nomini oladida, qishloqqa kelib, dehqonchilik bilan mashg‘ul 
bo'ladi. Qishloq bag‘rida erkin qush misol yashaydi, uning barcha 
insoniylik xislatlari shu yerda butun borlig‘icha namoyon bo'ladi, u 
hatto, aslzodaligi bilan kekkaygan Annadan ustun kelib, aslzoda 
yigit don Xuanning muhabbatini 
qozonadi. 
Dona 
Mariya 
dehqonlar muhitiga xalq poeziyasi va raqsni o'zlashtirish orqali ki­
rib borgan edi.
Lope de Vega lirik komediyalar muallifi sifatida sevgi, tabiat 
shukuhining asl va maftunkor ifodasiga aylangan, aynan dehqonlar 
haqidagi pyesalarida eng yuksak ijodiy yutuqlarga erishgan. Drama­
turg «Dono o'z uyida», «0'ziga dono, o'zgaga ahmoq» komediya- 
larida ham baxtli va mehr-oqibatli dehqonlar oilalari orqali yuksak 
insonparvarlik g'oyalarini tarannum etgan.
Lope de Vega pyesalari o'zbek sahnasiga ilk bor 1931-yili 
hozirgi milliy akademik drama teatrida «Qo'zibuloq» asarining 
qo'yilishi bilan kirib kelgandi. Ushbu spektaklda Laurensiya rolini
S. I shonto'rayeva zo'r mahorat bilan ijro etgan.

ope dc Vega o'/idan ko'plab ajoyib komediyalar qoldirdi. 
Shu bilan birga u ko'plab mualliflar ham yetishdirdiki, ular orasida 
Tirso dc Molina va yosh Pedro (Calderon keng shuhrat topdi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish