S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

KOMEDIYA DEL ARTE
Komediya del arte o'zbek qiziqchilik teatri singari xalq to- 
moshalari asosida tarkib topib, demokratik g'oyalar minbari sifatida 
omma orasida keng yoyilgan teatr edi. O'zbek an’anaviy teatrida 
bo'lganidek, xalq orasidan chiqqan italyan aktyorlari badi- 
hago'ylikda layoqatlari benazir ijodkor bo'lishgan. Odatda, Ovro'po 
mamlakatlari teatri jarayonini dramaturglar ishtirokisiz tasaw ur etib 
bo'lmaydi. Komediya del arte esa badiha (nMnpoBH
3
aTixnn)ga 
asoslanganligidan unda aktyor ham «dramaturg», ham ijrochi sifa­
tida ishtirok etgan. Badiha degani — aktyoming spektakl chog'ida 
o'zi so'z to'qishi, sharoitga qarab sheriklari bilan muloqotga kirishi 
va yaxlit san’at asarini yaratishi degani bo'lib, spektakl chog'ida 
tomoshabinga yoqadigan, uning ko'ngliga yaqin so'z va iboralarni 
topib va ayni chog'da awaldan mo'ljallangan voqea yo'nalishida 
harakat qilish aktyordan alohida hozitjavoblikni talab etardi. Badi- 
liaga asoslangan teatr aktyorlarining o'zlari senariy yozganlar; sena- 
riy uch-to'rt sahifadan iborat bo'lib, unda, asosan, voqealaming 
borish, burilish nuqtalari qayd etilgan, o'ziga xos tomosha rejasi 
bo'lgan, xolos. Tomoshabinni hayratga soluvchi o'zaro muloqot, 
olishuv va nihoyat, oliyjanob intilish va yaxshiliklar namoyishi ay- 
nan spektakl chog'ida o'zini namoyon etgan. Aktyorlar tomoshabin
44


diqqatini tortishning barcha tonnoshaviy usullarini qo‘llashga hara- 
kat qilar edi. Spektaklning sahnabopligi qoidasi aynan komediya 
del arte tomoshalarida ildiz otib, teatr san’atining asosiy tamoyil- 
laridan biriga aylandiki, keyinroq bu Ovro'po teatri rivojiga o'z 
ta’sirini ko'rsatdi.
Voqea tizimi ssenariyda, ijro usuli badihada belgilangan bo'lsa, 
spektaklning mohiyati, mavzusi va mafkuraviy yo'nalishi niqob- 
tiplar orqali belgilangan. Komediya del artega xalq tomoshalaridan 
kirib kelgan niqob — tiplar o 'z tomosliabopligi bilangina qimmatli 
emas, ular, awalo, ijtimoiy m a’nodorligi bilan ahamiyatlidir.
Komediya del arteda qo'llanilgan niqoblar uch guruhga 
bo'linadi: kulgili, malaylar, niqoblari. Komediya del arte spek- 
takllarining hayotbaxshlik ruhi, hajviy o'tkirligi aynan shu niqoblar 
orqali namoyon bo'lgan. Birinchi va ikkinchi Dzanni (malay — 
tip) — Brigella va Arlekin hamda xizmatkor qiz Servetta shu gu­
ruhga oid. Aynan malaylar badihaviy tomoshaning jon-dili bo'lgan. 
Brigella qitmir, buzuqi, beor, olashovur kishi; Arlekin — soddadil, 
laqma, har o'rinda dakki yeb, kulgi bo'ladigan kimsa. Servetta esa 
shikasta, lekin g'ayiatli, tili burro qiz.
Sipoxlar niqoblari ikkinchi guruhni tashkil etadi. Bu guruhga 
kiruvchi to'qim ta’b, ziqna, ayol zotiga suyagi yo'q venetsiya 
savdogari Pantalone, maqtanchoq, o'pka va qo'rqoq Kapitan, soxta 
alloma, lo'ttiboz Doktor (tabib) komediya del arte san’atida doimo 
hajv manbayi bo'lib keluvchi obrazlardir. Ular mubolag'aviy ruhda 
tanqid ostiga olinuvchi personajlar bo'lib, doimo malaylar hiylasi 
tufayli sharmandali holatga tushadilar.
Oshiqlar niqoblari uchunchi guruhga oid bo'lib. spektaklning 
shoirona ruhi shular orqali namoyon bo'lgan. Boshqa guruh per- 
•sonajlari shevada so'zlaganlari holda oshiqlar timsollari sof italyan 
adabiy tilida so'zlaganlar va ular orqali Uyg'onish pallasining ha- 
yotbaxsh nafasi ufurib turgan.
Qoloq aqidalar bilan yangi intilishlar orasidagi to'qnashuv ko­
mediya del arte san’atining bosh mavzusi bo'lib kelgan. Bu 
san’atning muhim jihatlaridan biri shuki, unda bir rolga mutaxas- 
sislashgan aktyor doimo shu rolni ijro etib kelgan, ya’ni liar bir 
rolning o'z ustasi bo'lgan.
Voqealarning betinim, uzluksiz rivojlanishi komediya del arte 
janrining bosh qonuni hisoblangan. Spektaklning yaxlitligi, jamoa 
bo'lib ijod qilish, aktyorlarning ijodiy faolligi. topqirligi komediya 
del arte amaliyotida muhim ijodiy muammolar hisoblangan.


XVI 
asrning oxirida komediya del arte aktyorlari Fransiya, Is- 
paniya, Angliya mamlakatlarida spektakllar ko'rsatib, bu mamlakat- 
larda 
milliy 
komediya dramaturgiyasi 
rivojiga 
ijobiy ta’sir 
ko'rsatdilar. Komediya del arte, ayniqsa, Molyer ijodining dastlabki 
bosqichiga kuchli ta’sir ko'rsatgan.
Uyg'onish davrining boy dramaturgiyasi dunyoga kelgan XVII 
asrda badihago'y aktyorlaming ijro usullari sahna san’atining ke- 
yingi rivojiga to'siq bo'lib qoladi. Adabiy matnni inkor etish va 
muqim niqob — tiplarga ruju qo'yish — bu dramaturgiyaning boy 
tabiatiga zid kelib qoladi. Karlo Roldoni badihago'ylik usuliga qar- 
shi yangi realistik sajiyalar komediyasini yaratadi. Lekin bu xalq 
teatriga xos shiddatkorlik, serjilolik, hayotbaxshlik xususiyatlarini 
o'z asarlarida saqlab qoladi. Karlo Go'tssi ham o 'z asarlarida ko­
mediya del aliening ko'tarinki mubolag'avashligidan foydalanadi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish