LOPE DE VEGANN1NG ZAMONDOSHLARI




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

LOPE DE VEGANN1NG ZAMONDOSHLARI
Tirso de Molina (taxm. 1583—1648) Lope de Vega an’ana- 
larining bevosita davomchisi bo'lib, ustozdan voqelikka nisbatan 
keskin jiddiy munosabatda bo'lishi bilan ajralib turadi. Tirso de 
Molina yirik din arbobi bo'lgani holda dramaturgiya bilan astoydil 
shug'ullanib, 1627—1638-yilIar orasida besh jildlik pyesalar maj- 
muyini nashr ettiradi, hammasi bo'lib 84 ta dunyoviy, 4 ta diniy 
(auto) pyesa yozadi.
«Seviliyalik sayoq yoki Tosh mehmon* (1616) Tirsoning eng 
mashhur komediyasi bo'lib, unda birinchi marta Don Juan haqi­
dagi sujet ifoda etilgan. Asaiga qiz-juvonlar qalbini o'g'irlovchi asl-
51


zoda Xuan Tenerio haqidagi xalq rivoyati asos qilib olingan. D on 
Juan haqida 150 dan ortiq asar yozilgan, deb qayd etadi mutaxas- 
sislar. Bu hikoyatning ilk talqinida esa D on Xuan shaytonga dars 
bergudek ayyor, hiyla bilan o ‘z maqsadiga erishuvchi firibgar shaxs 
tarzida ko‘rsatilgan. U barcha qiz juvonlarni aldov yo'Ii bilan 
q o ‘lga tushiradi, oxiri donya A nna yotog'iga uning qaylig‘i nomini 
sotib kirib keladi, qizning otasi kom andorning qarshiligiga uchraydi 
va olishuvda uni o'ldiradi. U xudodan ham , yorug‘ dunyo qon- 
unidan ham qo ‘rqmaydigan shakkok shaxs: kom andor haykalini 
duelga chaqirib, u bilan olishadi, endi uni haykal bag'riga olib 
jonidan judo qiladi, ya’ni don Xuan Tirso yondashuvida xudoning 
g'azabiga uchraydi. G unohkor va osiy banda bu dunyo jazosiga 
duch kelmasa, albatta yaratganning jazosiga uchraydi, degan g‘oya 
Tirso asari m ohiyatini belgilab bergan.
«Don xil K o‘k ishton» (1615) Tirso de M olinaning eng hayot- 
baxsh va xushchaqchaq kom ediyalaridan biri. U nda nomusi topta- 
lib, tashlab ketilgan donya X uana degan qizning tajovuzkor yigit — 
don M artinni topib, niqoblanish o ‘zga kishi qiyofasiga kirish usuh 
orqali oxiri unga nikohlanishi tarixi hikoya qilingan. U nda voqea 
nuqtalari m o‘jizaviy tarzda o ‘zgarib boradi, ham m a narsa sarob mi- 
soli om onatga o'xshaydi.
Tirsoning niqoblanish va hiylali usul asosiga qurilgan kom edi­
yalarida voqealar deyarli shu tarzda chapdastlik bilan rivojlanib bo­
radi. Shu bois qahram onlarning ehtiros va tuyg‘ulari ruhiy ke- 
chinm a vositasida emas, ko'proq xatti-harakat vositasida ifoda etil­
gan.
D on Pedro Kalderon (1600—1681) ijodi bilan ispan sahnasida 
qudratli poeziya va falsafiy m ushohada yana qayta mavj ura bosh- 
laydi.
Pedro Kalderon de la Barka yirik davlat am aldorining o 'g ‘li 
bo'lgan. Salam eya dorilfununida taxsil ko'radi, yirik diniy arbob 
darajasiga ko‘tariladi. Uning asarlarida nasroniylik mafkurasi ha- 
yotga teran qarash nuqtayi nazari bilan qorishiq tarzda nam oyon 
b o ‘Igan.
«Ko‘rinm as ayol» (1629) asarida bamisoli ikki xil voqelik 
mavjud: biri Anxela degan beva juvonning uyidan tashqarida ro‘y 
beruvchi real voqelik bo'lsa, ikkinchisi kulguli oldi-qochdilar ro ‘y 
beruvchi sirli shu uy voqeligi. Real voqelikda ro'shnolikdan asar 
ham ko’rinmaydi. Beshafqat qonunlar hukm suruvchi bu m uhitda 
har laxzada qon to'kilishi m um kin. Pyesada Anxeladan tortib, 
uning qattiqqo‘1 akalari, jazm ani don M anuelgacha — barchasi tur-
52


mush tashvishlari bilan band ko'rinadilar. Ular beshafqat hayotdan 
bezib uyga qamalib olgandek ko‘rinadilar. Uy ikki xonadan iborat 
bo‘lib, maxfiy eshigi ham bor. Xonaning birida Anxelaning o'zi 
turadi, boshqasida ko'chada ko‘rib ishqi tushib qolgan jazm ani don 
M anuel yashaydi. Yosh juyon akalarining buyrug'i bilan m arhum
erining ishi hal etilib, oqlanm aguncha yotoqxonadan chiqmaslikka 
m ahkum etilgan. Ayol ko‘ngil yozgisi kelib, «ko‘rinmas» qiyofada 
qo ‘shni xonaga kiradi va natijada, ko'plab kulgili holatlarga sabab- 
chi bo'ladi.
Nasroniylik g'oyasini himoya qilish, ulug'lashga qaratilgan 
«M atonatli shahzoda» dramasida inson hayotidagi yaratuvchilik va 
o'lim ning o'zaro m uvozanatini zukko aql egasiga xos teranlik bilan 
ochib bergan. Kalderon unda borliqning yo'qlikka aylanishini 
abadiy boqiylikning yaratilishi m a’nosida talqin etadi.
Im on va e ’tiqodga sodiqlik Kalderon nazarida eng qudratli ru­
hiy kuch dem ak, zero, ruhiy kuch — tangrining in ’om idir. «M ato- 
natli shahzoda* asaridagi diniy ruhdagi qatlam lar ostida ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo'lgan axloqiy komillik g'oyasini ko'rmaslik 
m um kin emas. Uning falsafiy jihatdan eng teran «Hayot — tush 
demak» (1632—1635) dramasida bunday ikkiyoqlamalik yana ham 
ko'zga yaqqol tashlanib turadi. Shahzoda Sexismundo tug'ilganda, 
u katta bo'lgach, davlatni alg'ov-dalg'ov qilishi haqida bashorat qi- 
lingach, otasi Basilio uni alohida avaxtada saqlaydi. Oradan ko'p 
yillar o'tgach, karom atning to'g'ri-noto'g'riligini aniqlash uchun 
qirol o 'z o'g'lini sinab ko'rishga ahd qiladi. U o'g'lini uxlab yotgan 
chog'ida saroyga keltirish va uyg'ongandan so'ng unga uning 
o'tm ishini so'zlab berilishini tayinlaydi.
Sexismundo hokimiyatga erishib, qisqa m uddat ichida shunday 
beboshliklar qiladiki, hatto, xizmatkorlardan birini nobud qilish- 
gacha boradi. Shundan so'ng uni yana avaxtaga tashlaydilar va 
bo'lib o'tgan voqealami unga tush edi, deb tushuntiradilar.
K alderon pyesada teran falsafiy g'oyalam i ifoda etishni 
ko'zlagan edi. Olamni shafqatsizlik va qalloblik qoplab olgan: ota 
o 'z zurriyotini avaxtaga tashalash bilan uni o'lim ga m ahkum etadi; 
qirolning yaqinlari ham o 'z farog'ati, deya riyokorlikka boradi, 
qalloblikka rujo' qo'yadi; imon ko'tarilgan, vijdon toptalgan, 
ro'shnolikdan asar ham yo'q olam da zamin uzra birgina xudbinona 
m anfaatparastlik hukm surishi mumkin.
Shaxzoda Sexismundo erkdan, mavjudlikning shu birinchi 
sharti — hayotning ulug' saodatidan maxrum ekanidan larzaga tu- 
shadi. Sexismundoning erkinlik haqidagi o 'tli monologi jahon
53


poeziyasiga oltin sahifalar b o ‘lib q o ‘shilgusidir: tug‘ilishi bilan 
kishanga soiingan jabrdiyda «qanot qoqib» ko'kda javlon uruvchi 
qush haqida, o'kirishlari o 'rm o n n i qoplagan hayvonlar, suvni chay- 
qatib ko‘kka sapchuvchi baliqlar haqida o ‘kinch bilan so‘z ochadi:
Nurli jahonni ne qilay 
Erkim qo'lim da bo ‘lmasa.
Ishq dardini ne qilay,
D ilda quvonch b o ‘lmasa.
Zavqu shavqlar ne kerak 
Erkim o'zim da bo'lm asa?
M onolog dard-hasratga to ‘la qalb faryodi bilan yakun topadi.
G ‘am -hasratda dog'm an,
T anim c h o 'g ', ch o 'n g olovman,
Zardob to 'la qalbni yulib,
Yakson qilgum parchalab.
N e gunohki shunchalar 
Qiynog'u dardu alamlar.
Tangri etm ish in'om dan 
Qush uchar, baliq suzar,
Hayvon o 'k irar beom on,
Lek inson m axrum dir undan.
Shaxzoda ozod etilar ekan, uning yillar davom ida siquvda yot- 
gan his-tuyg‘ulari b o ‘ron misol, o'kirib, tashqariga otilib chiqadi: 
tutqunlik tug'dirgan alam , iztiroblar qasoskorlik va beboshlikka ay- 
lanadi. Kalderon ezgu amalga aylanmagan erkinlik eng tuban, hay- 
voniy xirs-ehtiroslarni tug‘dirib sabab b o ia d i, degan xulosaga 
keladi.
Yana bir gap: Sexismundo yana avaxtaga qaytariladi, bo'lib 
o'tgan voqealam i tush tarzida eslay boshlaydi: tuban ehtiroslar va 
hudbinona olishuvlarga to 'la hayot uning uchun el hech qanday 
m a'noga ega bo'lm ay qoladi. 
Hayotdan huzurlanishni ham 
Sexismundo endi tush misol o'kinchi va puch intilish hisoblaydi.
Asarning «Hayot — tush demak» nom idan foniy dunyoning 
yolg'onligi, oxiratning saodatm andligi haqidagi cherkovona aqida 
o 'z ifodasini topganligini darhol sezish mum kin. Lekin bu diniy 
g'oya Kalderonning shoirona talqinida yangicha m a’no kasb etgan: 
asarda m a’naviy tubanlik qoralanadi, hokimiyat boylik, xirsiy hu- 
zur-halovat rad etiladi, ezgu axloqiylik insonning m a’naviy komil-
54


ligini belgilovchi yagona qadriyat sifatida ulug‘lanadi. Baloyi 
nafsdan forig' bo'lib, o'zgalar tashvishiga sherik b o ‘la olishgina 
Kalderon tushunchasida insoniylikning bosh mezoni b o la oladi.
Kalderon uyg'unlikni tabiatdan yoki insonning tabiiy mayllari- 
dan em as, balki azaliy qadriyatlardan, parvardigor kalomidan 
izlaydi. 
Lekin 
Kalderon yaxshilik haqidagi diniy aqidalarni 
m avhum tushunm aydi. Bu aqidani u umum manfaatining shaxsiy 
halovatdan ustun q o ‘yilishi m a’nosida tushunadi.
O r-nom us taomili Kalderon asarlarida qaytadan birinchi dara- 
jali masalaga aylanadi. Agar or-nom us Lope de Vega pyesalarida 
ichki, kishining axloqiy yetukligi belgisi tarzida kelsa, Kalderon 
asarlarida or-nom us har bir inson b o ‘ysunishi shart b o ig an bir ilo- 
hiy qadriyat darajasiga ko‘tariladi. Kalderon tushunchasiga ko'ra 
nom us insonning axloqiy qiyofasi mezoni emas: ya’ni, u insonning 
o ‘zigagina taalluqli b o lm ay , balki butun jamiyatga taalluqli ijtimoiy 
qadriyatdir.
Ispaniya inkvizitsiya o ‘chog‘i, katolikchilik markazi bolgani 
holda diniy xurofotning avj olishi barobarida ispan uyg'onish teatri 
m ash’allaridan birining ijodiy dahosi susaya boradi. Lekin Kalderon 
ijodining sara nam unalari, Servantes, Lope de Vega, Tirso de 
M olina asarlari qator jahon teatri repertuaridan m ustahkam o'rin 
oldi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish