IN G L IZ T E A T R I
U yg'onish davri O vro'po teatri Angliya zaminida, buyuk
dram aturg Shekspir ijodi m isolida o'zining eng yuqori cho'qqisiga
ko'tariladi. Bu teatrda qadimgi va yangi davr sahna san’atining yu-
tuqlari o 'z in ’ikosini topdi.
Burjuaziya hunarm andlar va dehqonlar ommasi bilan birga-
lashib feodallarga qarshi kurashda o 'z hukm ini tasdiqlashga qodir
ekanini am alda isbot eta boshladi. «Yengilmas kemalar karvoni»ni
yakson qilib, Ispaniya ustidan g'alaba qozonishda ingliz millatining
o 'rta va quyi qatlamlari qirollik hokimiyati va uning saroy zodagon
qo'shinlaridan kam ishtirok etgan emas. Shu tarixiy g'alabalarning
hayotbaxsh kuchi ta ’sirida yangi xildagi
inson yetishib chiqdiki,
uning obrazi U yg'onish davri ingliz dramasida butun borlig'i bilan
nam oyon bo'ldi.
Dramaturgiyada demokratik om m a orasidan chiqqan va butun
vujudi bilan shu ommaga yaqin, dadil, ju r’atkor hurfikrli kishilar kirib
keladilar. Bular Mario, Kid, G rin kabi dramatui^lar edi. Doril-
fununlarda tahsil ko'rib, keng bilim va aql-zakovat egalari bo'lganlik-
lari bois ulami «dorilfunun oqillari» deb atash odat tusiga kiradi. Yangi
insonparvarlik ruhidagi teatm i xalq teatri bilan o'zaro uyg'unlashtirish
vazifasini shu «dorilfunun oqillari* amalga oshirib bordilar.
Jo n Lili (taxm. 1554—1606)—«dorilfunun oqillari* to'dasiga
m ansub, Shekspirning to 'n g 'ic h
zam ondoshi, teatr san’atining bi
rinchi allom a dram aturgi edi. Jo 'sh q in iste’dodi tufayli u pastoral
va afsonaviy sujetlarning shartliliklari doirasida ham Uyg'onish
davri kishisining yangi hissiy olam ini noziklik bilan ifoda eta oldi.
Shu qalam sohibining ijod samarasi o'laroq ingliz teatri o'zining ib-
tidoiy bosqichidan gullash bosqichiga ko'tarildi. Lili komediyalari,
o'zining ta ’biricha,
«quruq
qah-qaha
uyg'otm ay,
qalb his-
hayajonini qo'zg'ash bilan» kishilarda did, oliy-him m atlilik va
m ehr-oqibatlilik tuyg'ularini tarbiyalashga qaratilgan. Lili rom antik
komediya deb ataluvphi yo'nalshiga asos soldi. U dram atik xatti-
harakatni lirik jo'shqinlik bilan to'ldirdi, nasriy nutqni shoirona
ifodaviylik bilan boyitdi.
Kristofer M ario (1564—1593)—o 'z
davri ingliz teatrining
haqiqiy asoschisi va allom alam inag ta ’biricha, «Uyg'onish davri-
ning jo'shqin dahosi* sifatida ko'ringan buyuk dram aturg edi.
E tikdo'z oilasidan chiqqan M ario Kembrij dorilfununida tahsil
ko'rib, erkin san’atlar magistri unvoniga erishadi.
56
Marloni ijodda favqulodda qudratli shaxslar qiziqtirgan edi.
«Sohibqiron Temur» M arloning birinchi pyesasi bo'lib, o'zining
favqulodda yangiligi bilan tom oshabinlarni larzaga soldi. M azkur
asarda dram aturg o 'z aql-idroki, shijoati bilan dunyoni larzaga
keltirgan buyuk sarkarda obrazini yaratgan bo'lsa, «Doktor Faust-
ning fojiali tarixi» asari bilan dunyoni ilm kuchi orqali egallagan al-
lom a tabib timsolini yaratdi.
Sohibqiron T em ur haqidagi asar ikki qismdan iborat. 1587-yili
asar London teatrlaridan birida qo'yilib,
katta muvaffaqiyat qozon-
gach, M ario darhol uning ikkinchi qismini yozishga kirishib, uni
1588-yili tugatadi. Asarning birinchi qismida Tem um ing Boyazid
qo'shinlari ustidan qozongan g'alabasi Misr, M arokash va boshqa
sharq mamlakatlariga yurishi tasvir etilgan bo'lsa, ikkinchi qismida
O vro'po sarhadlarini egallashi hikoya qilingan. Mario tasvir etgan
T em ur shu qadar q at’iyatli, qattiqqo'l, irodasi mustahkam ki, u
sustkashlik, irodasizlik qilganligi uchun o'g'li Jahongir (Kalif)ni
qilichi bilan chopib tashlaydi. M ario o 'z qahram onini qoralamaydi,
aksincha, Sohibqironni ko'klarga ko'tarib maqtash va ulug'lash bi
lan asarini yakunlaydi.
Mario o 'z qahram onini afsonaviy bahodir tarzida kursatadi.
E'tiborlisi
shundaki, m uallif aslzoda feodal xonadonidan chiqqan
T em urni «quyi tabaqadan chiqqan cho‘pon», uzining fidoyiligi,
o 'tk ir aql-idroki va omilkorligi bilan qonuniy hukm dorlarni dog'da
qoldirgan qudratli zot sifatida ko'rsatadi. Tem ur o'zining kam-
bag'aldan chiqqanligini faxr tuyg'usi bilan qayd etadi:
G archi otam o'zi cho'pon o'tgan bo'lsa ham
O 'z kuchim -g'ayratim bilan podshom an bugun.
T em ur chin xalq qahram oni sifatida jangu-jadallarda har doim
o 'z lashkarlari bilan yelkama-yelka turib, ular bilan birgalikda nafas
oladi va ulam i o 'z ortidan g'alaba sari ergashtirib boradi. Bo'lg'usi
janglar hususida o 'y surarkan, lashkarlari haqida shunday deydi:
K o'rinishidan oddiy ch o'pon bo'lsa ham bular,
Ammo bir kun
vaqti kelib harbiy yurishga
T um an-tum an lashkarlami boshlab borganda
Yer ostida yotgan kuchli dovul nafasi
Erkinlikka chiqish uchun ham la qilganday,
T og'lar titrab to'lg'anadi ular payida.
57
Tem urning quyidagi so'zlari yangi qiyofali insonga m adh tar
zida yangraydi:
Odam larni yaratdi-yu, qodir tabiat
Bezovta va sarkash ruhni unga joyladi.
Anglash uchun yulduz burchi ravon yo‘li-yu,
Koinotning ajab sirli tanosibligin,
Bilimga tashnalik o ‘ti ichida yonib,
Tinim bilmas g‘uj-g‘uj olis sayyoralarday.
Im dod
qilar izla, intil, olg'a borgin deb,
Yetm aguncha sirli m aqsad haqiqatiga.
M ario yirik, qudratli obraz yaratar ekan, o 'z qahram onining
ulug'vorligini uning kuchida, huknidorlik layoqatida deb biladi.
M ario «Eduard II» (1593) tragediyasida ingliz tarixiga m uro
jaat etib, ingliz teatriga tarixiy solnom a janrini olib kirdi. Keyinroq
Shekspir bu janrni yuksak rivojlanish darajasiga olib cliiqadi.
Ingliz teatri sahnasida M ario asarlari qatori «dorilfunun oqil-
lari» guruhiga oid