S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

NAZORAT SAVOLLARI
1. Uyg'onish davri italyan tealri Ovro'po teatriga qanday 
yangiliklar olib kirdi? Ilk italyan ma’rifiy komediyalari qanday 
manbalar asosida yaratilgan?
2. Makiavelli va uning «Mandragora» satirik komediyasi 
haqida nima deya olasiz?
3. Ovro'po mamlakatlari uchun ibratga aylangan Uyg'onish 
davri italyan teatr me'morchiligi qanday tomoyillar asosiga quril- 
gan? «
01
impiya» teatri qachon va qaysi shaharda kim tomonidan 
qurilgan?
4. Komediya del arte teatri Ovro'poning boshqa teatrlariga 
xos bo'lmagan qanday xususiyatlarga ega edi? Bu teatrning boshqa 
mamlakatlar komediyasi rivojiga ta’sir ko'rsatganligi nimalar bilan 
izohlanadi? K. Goldoni nega bu teatrni isloh qildi?
46


ISPAN TEATRI
ISpaniyada Uyg'onish davri Italiyadan keyinroq, XV asrning 
oxirlarida boshlangan. Ispaniyada besh asr davomida arab istilosiga 
qarshi kurash olib borildi. Rekonkista (qayta egallash) deb ataluv- 
chi bu ozodlik urushi 1492-yili ispan xalqining g'alabasi bilan tu- 
gaydi. Shu kurash davomida yagona millat va markazlashgan qirol- 
lik hokimiyati shakllanadi. Shu kurashlar ispan teatri va dramatur- 
giyasining xalqchilligi va o'ziga xosligini belgilab bergan.
Ispan dramasi va teatri ilk bosqichdayoq o'z haqqoniyligi va 
xalqchilligi bilan ko'zga tashlandi. Joni-tani ona zamin bilan 
bog'liq zot — teatr san’atining fidoyisi, aktyor va dramaturg Lope 
de Rueda (1510—1565) milliy teatming asoschisi sifatida maydonga 
chiqqan edi. «Bu shonli ispan farzandi davrida, - degan edi Ser- 
vantes, — bir qopga jo bo'lgulik teatr anjomlari bo'lgan: ular hi- 
sobi — zar chatilgan to'rtta oq po'stin, to'rtta soqol va parik, to'rtta 
cho'pon tayog'i edi...». Ispan teatri Lope de Ruedaga o'xshash 
ko'plab sayyor aktyor va truppalar zaminida dunyoga kelgan. Lope 
de Rueda o'zining jajji pyesalari (pasos) bilan xalq tilidan foydala- 
nish va xalq hayotini ko'rsatish yo'llarini belgilab berdi. Lekin bu 
ispan teatri faoliyatining boshlanishi edi, xolos.
Ispan teatrining yangi rivojlanish davri mashhur «Don 
Kixot»ning muallifi Servantes Saavedra (1547—1616) nomi bilan 
bog'liq. Servantes kambag'al tabib oilasida tug'ilgan, 1570-yilda qi- 
rollik dengiz flotiga yollanadi, janglarda ishtirok etadi, dengiz qa- 
roqchilari tomonidan qo'lga tushirilib, to'rt yil davomida Jazoirda 
asirlikda bo'ladi.
Servantesning yirik pyesalaridan biri «Numansiya» (1588) tari- 
xiy tragediyasi bo'lib, unda e. av. 135-yilda numansiyaliklarning 
Sipion boshliq rim bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashi 
ifodalangan. Numansiyaliklar dushman qo'liga tushmaslik uchun, 
halokat muqarrarligini bilib, shahar o'rtasida yoqilgan gulxanga 
o'zlarini tashlab o'ldirar, yoshlar imkon qadar dushmanga qarshilik 
ko'rsatardi. Va nihoyat birgina Viriat ismli yosh bola tirik qoladi; u 
shahar darvozasi kalitlarini olib minora tepasiga ko'tariladi, shunda 
tashqarida turgan Sipion unga yalinib-yolqorib, kalitni berishini 
so'raydi: lekin Viriat — oxirgi tirik numansiyalik ham minoradan 
tashlab o'zini-o'zi halok qiladi. Bola jisman mahv bo'lgan ersa-da, 
lekin ruhan g'olib bo'ladi, sababi — u o'z yurti yaloviga sodiq 
qoladi. Qadimgi odatga ko'ra, Sipion yurtiga tirik odamlarni asir 
qilib olib borsagina, g'oliblik sharafiga erishuvi mumkin edi. Bun-
47


dan uni birgina tirik qolgan bola mahrum etadi.
«Numansiya» ulkan xalq jasorati haqidagi fojiadir. Vatanpar- 
varlik dolzarb mavzuga aylangan davrlarda ispanlar bu asarga alohi­
da faollik bilan murojaat etadilar. 1808-yili Napoleon bosqini, 
1937-yili Madridni himoya qilish davrida shunday bo'lgan edi.
«Hech qo'yilmagan sakkiz komediya va sakkiz intermediya* 
degan pyesalar to'plamiga qaraganda, dramaturgiya Servantes ijodi- 
da katta o'rin tutgan. Ayniqsa, uning intermediyalari huzur- 
baxshdir. Ular voqealarning jonli aks ettirilishi, tilining o'tkirligi, 
serjiloligi bilan ajralib turadi. Muallif ularda xalq novellachiligiga 
suyanib, Lope de Rueda an’anasini davom ettiradi. Sinib; bor 
shudidan ajralgan oqsuyaklar, adashgan rohiblar, uchar tov- 
lamachilar, sho'xchan sohibjamollar, rashkchi qariyalar, laqma er- 
lar, aktyorlar, amaldorlar va boshqa shahar fuqarolari bu inter- 
medivalarning bosh qahramonlari hisoblanadi. «So'qqabosh tov- 
lamachi*, «Rashkchi chol*, «Salaman g'ori*, «Ajoyibotlar teatri* 
kabi 
intermedivalar ispan 
komediyanavisligining 
ajoyib 
na- 
munalariga aylangan.
Ispan teatrining gullagan bosqichi Lope de Vega ijodi bilan 
bog'liqdir. Poyeziya bilan havot haqiqatini mushtarak uyg'unlikda 
namoyon etish «Teatr imperiyasining qiroli» bo'lmish shu sohibi 
talantga nasib etdi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish