S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

( Oybek tarjimasi)
Keyingi zamonlarda «Xazina» komediyasi «Maqtanchoq jang- 
chi» singari keng shuhrat topdi. Xususan, Molyer o‘zining «Xasis» 
komediyasini yaratishda Plavtning shu asariga asoslangan.
Plavt Uyg‘onish davrida, b^misoli qayta tug'ilgandek, yangi 
davr dramaturgiyasining yaralishiga kuchli ta ’sir ko‘rsatgan. Italyan 
gumanistlari Plavt komediyalarjni shoshilinch taijima qiladilar, 
uning yo‘li bo'yicha o‘z asarlarini yarata boshlaydilar.
36


IM PERIY A DAVRI DA R IM TEATRI
SENEKA
Fuqarolar urushi natijasida e. av. I asrda Rim respublikasi bar- 
ham topadi. E. av. 31-yili Antoniy ustidan g'alaba qilgan, keyin- 
chalik Avgust («Muqaddas») nomini olgan Oktavian Rimning 
yakka-yagona hokimi bo'lib oladi. Oktavian o'rnatgan tartib awal- 
roq tarkib topa boshlagan byurokratik apparatdan iborat harbiy dik- 
tatura edi.
Avgust tetatrning ijtimoiy ahamiyatini tushunib, uni har to- 
monlama rivojlantirishga yordam ko'rsatadi. U fuqarolami davlatga 
sodiqlik ruhida tarbiyalashda yunon tragediyasining alohida ahami- 
yat kasb etishini ko'zda tutib, Rim sahnasida, awalo, shu tragediya 
turini tiklash maqsadini olg'a surdi. Atoqli Rim shoiri Goratsiy 
«Poeziya ilmi» risolasida Avgustning shu sa’y-harakatini ifodalab 
bergan. Goratsiy ushbu risolada rimlik shoirlarga yunon tragedi- 
yasini sahnaga qaytarishni taklif etadi. Oddiy, ixcham voqeali va 
uch aktyor hamda xor ishtirok etuvchi yunon tragediyasi shoirga 
m a’qul tushib qolgan edi. Goratsiy Avgust fikrini quwatlab, 
san’atning g'oyaviy teran, mazmunan o'tkir bo'lishi zarurligi qoi- 
dasini olg'a suradi. Uning ta ’kidlashicha, bir tomondan, shoir fu- 
qarolarning tarbiyachisi va murabbiysi bo'lganidan u yuksak bilim- 
don bo'lmog'i lozim; ikkinchidan, uning san’ati go'zal bo'lishi 
uchun uni tomoshabinga havola etishdan awal obdon ishlovdan 
o'tkazishi, har tomonlama mukammallik darajasiga chiqarishi 
lozim. «Poeziya ilmi» asari XVII asr fransuz klassitsizm nazari- 
yasining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Avgust va Goratsiylarning Rim teatri sahnasida jiddiy janmi 
tiklash g'oyasi amalga oshmadi. Ko'ngil ochish ruhidagi tomoshalar 
asosiy o'rinni egallab oldi.
Imperiya davrida yaratilgan tragediyalardan bizgacha faylasuf 
va dramaturg Seneka (taxm. eraning 4—65-yy.) asarlarigina yetib 
kelgan. Lutsiy Anney Seneka armonli va shuhratli kunlarga boy 
murakkab umr kechirgan. U Neronning tarbiyachisi va shu 
hukmdorning hukmi bilan o'z qon tomirini qirqib, saroy fitnalari- 
ning qurboni bo'lgan shaxs. U stoya falsafasi tarafdori bo'lib, chi- 
nakam baxtni ruhiy osoyishtalikdan axtarmoq kerak, inson shunday 
ruhiy chiniqsinki, har qanday ruhiy va jismoniy azoblarga mar- 
donavor peshvoz chiqa olsin, hatto o'limga ham bardosh bera ol- 
sin, degan g'oyani olg'a surgan.
37


Senekadan bizgacha o ‘nta tragediya yetib kelgan. Ular yunon 
miflari asosida yozilgan. Bular «Medeya», «Edip», «Fiyest», «Fed- 
ra», « Agamemnon*, «Troyalik ayollar» kabilardir.
Seneka davrida Rim hayoti qonli voqealarga to'la edi. Shu 
muhit ta ’siri o'laroq, uning asarlarida qonli intiqom, zo'rlik va ajal 
oxanglari dahshat solib turadi. Seneka yunon tragediyalari sujetini 
shunchaki takrorlab qo‘ya qolmadi. Yevripidning «Ippolit» asarida, 
masalan, Fedraning dard-alamlari botiniy tarzda, ichki qalb 
og‘riqlari tarzida zohir topsa, Senekada sirtdan ochiqchasiga, has- 
ratli va alamli nidolar tarzida oshkora jaranglaydi.
Seneka qahramonlari biror qudratli ehtirosga mubtalo bo'lgan 
va shu extiros oqibati o'laroq, dahshatli va gohida o'zini halokatli 
oqibatlarga duchor etuvchi kishilardir. Seneka tasvirida insoniy qi- 
yofalar bir yoqlama: dramaturg personaj xarakteridagi bir xususiyat- 
ni ajratib olib, uni mislsiz darajada bo‘rttirib ko‘rsatadi. Bu hoi 
ularning dabdabali ifodalarga to'la tilida ham o‘z ifodasini topgan.
Senekaning «Medeya»si Yevripidning shu nomli asari sujetida 
tasnif etilgan bo‘lsa-da, lekin yunon dramaturgi pyesasidan tubdan 
farq qiladi. Bu yerda Medeya tragediyaning boshidanoq intiqom 
alangasida yonuvchi ayol sifatida ko'rinadi:
Sen uchun pichoq-la qo‘lim kesaman,
Mayli, menim qonim mehrobga oqsin!
Qilichlarni yalang'ochlashga o'rganing qo'llar,
O'rganingiz aziz qonim to'kishga!

Download 9,43 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish