Q A D IM G I R IM TEATRI
Rim adabiy dramasiga asoslangan birinchi teatr tomoshasi
e. av. 240-yili namoyish etilgan. Bu Rimga Yunonistondan
qul sifa-
tida keltirilgan adib Liviy Andronik tomonidan lotinlashtirilgan
Gomerning «Odisseya» asari edi.
Shuni ta ’kidlab o ‘tish joizki, rimliklar adabiy drama shakllarini
yunonlardan tayyor holda olib, ulami
Rim shart-sharoitiga
moslashtirib, o'z teatr san’atlarini barpo etganlar.
Lotinlar qadimgi Italiyada o'troq bo'lib qolgan ko'plab
xalqlarning biri bo'lgan. Ular Tibr daryosining quyi sohilida ya-
shaganlar; rivoyatga ko'ra e. av. 735-yili bunyod etilmish Rim
shahri ularning markazi bo'lgan. Rimliklar o'zaro uyushib, uzoq
muddat davomida urush olib borib e. av. IV asrning o'rtalariga kel-
ganda o'rta Italiyani o'zlariga tobe qiladi, so'ng janubiy Italiya va
barcha
yunon koloniyalarini egallab, O'rta yer dengizi havzasida
yagona eng qudratli davlat barpo etadilar. Yunonlar asirlar, garovgj
olingan kishilar, o'qituvchilar silatida Rimga keltirila boshlaydi.
Liviy Andronik ham asli yunon bo'lib, Rimga bir senatorning quli
sifatida keltirilgan va shu senatorning nomini olgan. O'z xo'jasi
qo'Iidan bo'shatilib, ozodlik yuzini ko'rgan Liviy Andronik rimlik
zodagonlaming bolalariga yunon va lotin tilidan ta’lim bera bosh
laydi. U yunon dramaturgiyasi namunalarini qayta ishlaydi yoki
yunonchadan lotin tiliga taijima qiladi va sayillarda namoyish
etadi. Liviy Andronik tomoshalari Rim teatrining keyingi taraqqi-
yoti uchun turtki bo'ladi.
Yunon madaniyati durdonalariga to'la bo'lmish
janubiy Italiya
shaharlarining istilo qilinishi Rim uchun benishon o'tmadi.
Rim teatri madaniy hayotning zaruriy qismiga aylangan edi.
Tragediya va komediyalarda havaskorlar emas, balki professional
artistlar ishtirok etganlar. Ular aktyorlar (aktyor so'zi lotincha actor
«harakat qiluvchi* m a’nosini anglatadi) deb atalgan. Rim aktyori
qullikdan qutulgan yoki quldan chiqqan bo'lib, yunon aktyoridan
past ijtimoiy mavqeda turgan. Buning sababi shunda ediki, Rim
teatri Dionis marosimi bilan bog'liq yunon teatridan farqli o'laroq,
marosimlardan xoli, deyarli butunlay dunyoviy muassasa sifatida
dunyoga kelgan edi. Yunonistonda aktyorlik kasbiga mo'tabar kasb
tarzida qaralgani holda Rimda tahqirli kasb sifatida qaralgan.
Shunga qaramay, Rimda xalqning hurm at-e’tiboriga sazovor
bo'lgan aktyorlar ham yetishib chiqqan. Fojea aktyor Ezo'p va ko-
mik aktyor Rossiy (e. av. 1 asr)
shularning eng peshqadamlari
32
bo'lgan. Ezo'p o'z o'yinining ulug'vorligi bilan diqqatga sazovor
bo'lganligini e’tirof etadilar. Hikoya qilishlaricha, kunlarning birida
u podsho Atrey rolini o'yiiayotganda rolga shu qadar kirishib keta-
diki, yoniga kelib qolgan bir qulni hassa bilan urib o'ldirib qo'ygan
ekan. Rossiy o'z rolini uzoq muddat davomida tayyorlar, har bir
imo-ishora ustida muttasil ishlar ekan. Zamondoshlarining guvohlik
berishicha, uning o'yini jozibador bo'lgan, harakatlari jo'shqinligi
bilan e’tiborni tortgan. Rossiy san’atiga atoqli rim notig'i Sitseron
yuqori baho bergan.
Rimda birinchi bor teatr ishini antreprenyorlik, ya’ni,
tijoriy
maqsadlar asosida m a’lum boshchi — xo'jayin tashkilotchiligi
asosiga qurish tartibi boshlanadi. Aktyorlar antreprenyor boshchili-
gida shirkat — truppalarga uyushadilar. Antreprenyor m a’murlar
bilan kelishgan holda shirkat ishini yuritgan va o'zi bosh rollami
ijro etgan. Truppada xotin-qizlar bo'lmagan, ayollar rollarini ham
erkaklar ijro etishgan.
Eramizdan av. 55-yili Rimda toshdan ishlangan birinchi teatr
binosi quriladi, unga 40 ming kishi siqqan. 1 asrning oxiriga kelib,
yana ikkita teatr binosi quriladi. Rim teatrida ham tomoshabinlar
o'tiradigan joy yunon teatridagiga o'xshash yarim doira shaklida
bo'lib, lekin bir necha yarusdan iborat bo'lgan. Orxestra, ya’ni
yunon teatrida aktyorlar o'ynovchi yarim doira maydon Rim teat
rida senatorlar o'tiradigan
joyga aylantirildi, aktyorlar esa bir-bir
yarim metr baland bo'lgan sahnada harakat qilgan. Rim teatrida
spektakl boshlanishida tepadan pastga tushirib, tugagach, tepaga
ko'tarib, sahnani berkituvchi pardadan foydalanilgan.
Liviy Andronikdan so'ng dramaturgiya sohasida Gney Neviy
(taxm. 280—201-yy.) barakali ijod qilgan. Odatda, bir janrda ijod
qilgan yunon dramaturglaridan farqli ravishda Neviy ham ko
mediya, ham tragediya sohasida asarlar yaratgan. Lekin u komediya
sohasida ayniqsa, keng shuhrat qozondi. Rimda Aristofan komedi-
yalariga o'xshash siyosiy o'tkir ijtimoiy janm ing
ildiz otishiga im-
kon yo'q edi. Rim komediyasiga maishiy turmush mavzusiga
asoslangan yunon yangi komediyasi, xususan Menandr asarlari asos
bo'lib xizmat qildi. Yunon kotnediyalarini qayta ishlash asosida
tug'ilgan rim komediyasini palliata deb ataydilar. Palliatada qah-
ramonlar yunon plashi — palliyda ko'rinar edi. Palliatada qah-
ramonlar yunoncha ismlar bilan nomlangan va voqealar ham doi-
mo Yunonistonning qayeridadir sodir bo'lar edi. Neviy o'z palliata-
larida yunon sujetlaridan foydalangan holda rim hayotiga xos
muammolami ham aks ettirishga harakat qilgan.
33
Rim teatrining ilk
davridan bizga tragediya ham, komediya
ham yetib kelmagan. Saqlanib qolgan adabiy parchalar dramaturgi-
yaning har ikki — komediya va tragediya janrida ham ko'plab
badiiy namunalar yaratilganidan dalolat beradi. Lekin oddiy xalq
komediyani sevib tomosha qilgan. O'sha davr rim komediyasining
o ‘ziga xosliklari atoqli rim dramaturgi Plavt asarlarida o‘z ifodasini
topgan.