Teatr tomoshalari, yuqorida ta ’kidlanganidek, Dionisiy umum-
xalq bayramlari vaqtida o'tkazilgan. Bu davrda barcha yumushlar
to'xtatilar edi. Bayram kunlarida qozixonalar yopib qo‘yilar,
qarz-
dorlar qarz to'lashdan ozod etilar edi. Umumiyat bayramidan be-
bahra qoldirmaslik uchun hatto hibsga tushganlar ham turmadan
bo‘shatilgan: erkaklar qatori xotin-qizlar,
bolalar va hatto malaylar
ham teatrga kelishgan. Teatrga kirish biroz pulli bo'lib, bino
qaroviga sarflanuvchi xarajatlar shu hisobdan qoplab kelingan.
Afinada teatr musobaqalari ertalabdan boshlanib, to shomga
qadar davom etar edi. Tomoshabinlar oziq-ovqatlarini teatming
o'zida yeb-ichganlar.
Hamma bayram libosi kiyar, gulchambarlar
taqar, yasan-tusan bo'lib kelar edi. Ulug' Dionisiy mavridiga juda
ko'p fuqarolar yig'ilar, boshqa shahar-davlatlardan,
butun Yuno-
nistondan kelgan kishilar qatnashardi.