ARISTOFAN (taxm. E. AV. 446-380-y.)




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

ARISTOFAN (taxm. E. AV. 446-380-y.)
Aristofan — qadimiy komediyaning pyesalari bizgacha yetib 
kelgan yakkayu yagona namoyandasidir. Boshqa dramaturglarning 
komediyalaridan ba’zi parchalargina saqlanib qolgan, xolos.
Aristofanning ota-onalari erkin fuqarolar bo'lib yashashgan, le­
kin, aftidan, unchalik davlatmand bo'lishmagan. Aristofan juda erta 
yoza boshlaydi. Uning birinchi pyesasi e. av. 427-yilda qo'yilib, ik- 
kinchi darajali mukofotga sazovor bo'lgan. Aristofan teatr faoliya- 
tining boshlanishidanoq yurtdoshlarining zukko namoyandasi tar­
zida ko'rinib, doimo ulaming dard-tashvishi bilan yashagan. 
Aristofanning komediyalari o'zining hajviy o'tkirligi bilan hozirda 
ham kishilami hayratga solib keladi.
Aristofan 40 dan ortiq komediya yaratgan bo'lib, bizgacha 
11
tasi yetib kelgan.
Aristofan o'z pyesalarini antik quldorlik demokratiyasi tanaz- 
zulga uchragan davrda yaratgan edi. Jamiyatda mansabdor shaxs-
21


laming poraxo'rligi, davlat mulkini o ‘g‘irlash, sotqinlik, riyokorlik 
kabi xunuk hodisalar avj olib borardi. Siyosiy hayotning salbiy jihat- 
larini hajv ostiga olish Afina tomoshabinlarining ayni muddaosi edi.
Aristofan urushni keskin qoralab, tinchlik yo‘lida fidoyilik 
ko'rsatdi. Bu faqat Attika dehqonlari manfaatini himoya qilishni 
anglatmas edi. Dramaturg urushdan ko‘proq jabr-jafo ko‘rgan deh- 
qonning dardi haqida so‘z ochish bilan butun Yunonistonning 
taqdiri masalasini olg‘a suradi. «Lisistrata» komediyasida, masalan, 
ellinlaming o ‘zini o ‘zi qatli om qilish bilan Elladani Eronning ko‘z 
o ‘ngida zaiflashtirishdan boshqa narsa emas, degan fikmi olg‘a sur- 
gan. Bundan tashqari, shoir urushning oqibati o'laroq tug‘ilmish 
oddiy insoniy jarohatlar haqida alam-iztirob bilan hikoya qiladi.
Qadimgi Attika komediyasi xalq teatri shakllari bilan chambar- 
chas bog'liq bo'lgan. Aristofan ijodida ham bu hoi yaqqol ko‘zga 
tashlanib turadi: uning qahramonlari biron-bir insoniy xususiyatga 
asoslangan bo'lib, bu xususiyatni u quyuqlashtirib, bo‘rttirilgan ho- 
latida ko‘rsatadi. Aristofan komediyalari buffonadal 
unsurlariga 
juda boy. Bu komediyalar aktyor ijrochiligida ham, tabiiyki, 
bo'rttirish, masxaralash omillari bilan to'ldirishni talab etganki, 
shundan ular tomoshabinlaming qizg‘in qahqahasiga sabab bo'lgan. 
Bulardan tashqari, personajlarni ba’zan serfayz va g'ayriodatiy ho- 
latlarga olib kirish ham kulgi manbayi bo'lib kelgan. Masalan, «Bu- 
lut» komediyasida «olamshumui muammolar» ustida bosh qotirish 
niyatida, Sokratning shiftga osib qo'yilgan savatga chiqib o'tirishi 
xuddi shunday holatlardandir. Bu kabi lavhalar tomoshaviylik nuq- 
tayi nazaridan ham o'ta jozibalidir.
Tragediya kabi komediya ham voqeadan qisqacha darak beruv- 
chi prologdan boshlangan. Prologdan so'ng parod, ya’ni orxestraga 
chiqqan xorning kirish qo'shig'i aytilgan. Komediyada xor 24 ki- 
shidan iborat bo'lib, har biri 
12
kishilik ikki poluxoriyaga bo'lingan. 
Xorning kirish qo'shig'idan so'ng episodiy boshlanib, goh xor 
qo'shig'iga omixtalashib, goh mustaqil tarzda namoyon etilgan. 
Komediyaning eng cho'qqisi episodiy tarkibiga kimvchi olishuv 
agon, ya’ni dahanaki jang ifoda vositasi bilan bog'liq. Ikki raqib 
orasida yuz beruvchi bu murosasiz olishuv gohi mushtlashishga 
o'tib ketardi. Komediya asosida yotuvchi konflikt agonda eng yu- 
qori darajaga yetardi.
Yunon komediyasida xorning chiqishlari orasida parabaza 
(murojaat) deb ataluvchi chiqish alohida ahamiyatga ega. Parabaza 
chog'ida xor ishtirokchilari niqoblarini qo'lga olar, bir necha qa- 
dam olg'a siljir va bevosita tomoshabinga qarata murojaat qilardi.
22


Parabazaning komediya voqeasiga bog'liqligi shart bo'lmagan. 
Unda korifey (peshtalqin) dramaturgning xizmatlarini ta ’riflar yoki 
muallif nomidan biror voqea xususida so‘z aytar edi.
Komediyaning so'nggi qismi tragediyadagi kabi eksod deb atal­
gan: ko‘rinish tugagach, xor orxestrani tark etib, eksodni ijro qil- 
gan. Komediyada xor qo'shiqlari odatda jo'shqin va serzavq raqslar 
jo'rligida aytilgan.
E. av. 424-yili qo'yilgan «Suvoriylar» (afina qo'shinlarining 
aslzoda qismini suvoriylar tashkil etgan) Aristofanning eng ko‘zga 
ko'ringan siyosiy komediyasi hisoblanadi. Aristofan pyesada Pele- 
ponnee urushi davrida demokratik tartibotning oyoqosti qilinishiga 
qarshi bosh ko'tarib chiqqan. Unda dramaturgga zamondosh taniqli 
shaxslar, awalo, Afina demokratiyasi so‘1 guruhining rahbari Kleon 
Ko‘nchi laqabi ostida ko‘rsatilgan.
«Tinchlik» komediyasi Afina bilan Sparta orasida sulh tuzish 
haqida muzokara borayotgan paytda e. av. 42 1-yili Ulug‘ Dionisiy 
bayramida qo'yilgan. Bu asaming ko'rsatilishi 421-yil bahorida 
muvafTaqiyatli tugagan muzokaraning yakunlanishiga o'z ta’sirini 
ko'rsatgan bo'lsa ajab emas.
Mazkur pyesaning bosh qahramoni qilib sof vijdonli dehqon 
Trigey (ya’ni, hosil yig'uvchi) olingan. Qirg'inbarot urush joniga 
tekkan, xo'jaligi "vayron bo'lgan Trigey Zevsdan urushni to'xtatishni 
talab etish, ko'nmasa, uni Elladaning dushmani deb e ’lon qilish ni- 
yatida katta go'ng qo'ng'iziga minib, falakka ko'tariladi. Qaraydiki, 
urush boshlagan odamlardan g'azabga tushgan xudolar o'z 
qasrlarini muhoraba ma’budi Polemosga qoldirib, falakning eng 
baland manzillarini o'ziga makon qilib olibdilar. Polemos esa 
tinchlik m a’budasini chuqur g'orga qamab, g'or og'zini xarsang bi­
lan berkitib qo'yibdi. Trigey Polemosning yo'qligidan foydalanib, 
m a’bud Germos va barcha saodatmand dehqonlar ko'magida 
Tinchlik m a’budasini tutqinlikdan qutqaradi. Uning ozod etilishi 
bilan urush keltirgan balo-qazo barham topadi. Odamlar tinch 
mehnatga ko'chadilar, yangitdan baxtli hayot boshlanadi.
«Tinchlik» komediyasi o'zining sof tomoshaviyligi bilan ham 
qiziqarli. Chunonchi, Trigeyning osmonga ko'tarilishi mexanik 
yordamida tomoshabinning ko'z o'ngida sodir bo'Iadi. Shu bilan 
birga, m a’lum lahzalarda sahnaviy tasawur buziladi: Trigey shiddat 
bilan yuqoriga ko'tarilarkan, enka-tinkasi chiqib, biror kor-hol ro'y 
berishidan cho'chib, teatr ustasining darhol yordam ko'rsatishi 
lozimligini pisanda qilib qo'yar edi.
23


Orxestrada paydo boigan xor, urush to‘xtaganini eshitib, shun- 
day jazava bilan raqsga tushib ketadiki, Trigey uni arang to'xtatib 
qoladi. G 'o r og‘zidan xarsangtosh olinayotganda xor mehnat 
qo‘shig‘ini aytadi. Muhoraba m a’budi lahza ichida odamlar suyagini 
talqon qilib tashlaydigan ulkan o ‘g‘ir bilan hozir bo'ladi. Unga qarshi 
o ‘laroq Tinchlik m a’budasi juda jussador, yasama marmar haykal 
timsolida paydo bo‘ladi. U bilan birga ikki ajoyib ma’buda: hosilot 
va baraka m a’budasi Opora, bayram tomoshalari m a’budasi Feoriya 
kirib keladi. Komediya quvnoq to‘y tantanasi bilan yakun topadi. 
Xor Trigey va uning qaylig'i Oporani dalaga kuzatadi va Gimeniy 
(nikoh m a’budi) sharafiga xushchaqchaq qo'shiq aytadi.
Aristofan o ‘zining boshqa asarlarida, xususan, «AxamIiklar» 
(e. av. 425), «Lisistrata» (e. av. 411) komediyalarida ham tinchlik 
mavzuyini tahlil etgan. Bu ikkala asarda ham Peleponnes urushi 
qoralalinib, tinchlik madh etilgan.
Aristofanning ba’zi asarlarida fojianavis shoirlar, awalo, Yevri­
pid va Agafon keskin tanqid ostiga olingan. «Qurbaqalar» (e. av. 
405) komediyasi shunday asarlardan bo'lib, unda Esxil Yevripidga 
qarama-qarshi qo‘yilib, Aristofan xayrixohligiga molik Ksanfiya bi­
lan Dionis paydo bo‘ladi. Dionisyer osti saltanatiga ravona 
bo‘lmog‘i, u yerdan Yevripidni olib kelmog'i kerak, sababi, u vafot 
etgach, yer yuzida biron-bir tuzukroq shoir qolmagan. Bu so'zlar 
tomoshabinning kulgisini uyg‘otardi, xolos, chunki Aristofanning 
Yevripid tragediyalarini xush ko‘rmasaligi unga yaxshi ayon edi.
Pyesaning markaziy qismini yerosti saltanatida Esxil va 
Yevripid orasida o‘tuvchi munozara, dahanaki jang (agon) tashkil 
etadi. Har ikkala dramaturg orxestrada aw al boshlangan musohani 
davom ettirayotgan holatda paydo boMadi.
Musohaba har ikki dramaturg she’rlarini tarozida tortish bilan 
xotima topadi; orxestraga katta tarozi keltiriladi, Dionis raqiblaming 
tragediyalaridagi she’rlarni tarozi pallalariga solishni taklif etadi. 
Esxil she’rlari tarozi pallasini bosib ketadi, demak, shu g‘olibgina yer 
yuziga qayta chiqa oladi. Pluton Esxilni yer osti saltanatidan kuzatar 
ekan, unga Afmani oliyjanob fikr-o‘ylar bilan burkashi hamda «Afi- 
nada ko‘payib ketgan farosatsizlami» qayta tarbiyalash lozimligini 
tayinlaydi. Yer yuziga qaytib chiqqan Esxil o'zi yo‘qligi chog‘ida fo- 
jianavislik tojining Sofoklga berilishini so‘raydi.
Aristofan komediyalari g‘oyaviy mazmuni jihatidan ham, sah- 
naviy shakli bilan ham ajralib turadi. Aristofan bir vaqtning o'zida 
qadimgi Attika komediyasining ham eng yuqori cho‘qqisini, ham 
xotimasini belgilab berdi.
24



Download 9,43 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish