TEATR TOMOSHALARINING TASHKIL ETILISHI




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

TEATR TOMOSHALARINING TASHKIL ETILISHI.
QADIMGI YUNON TEATRINING QURILISHI
Qadimgi Yunonistonda teatr tomoshalarini tashkil etish bilan 
bog'liq jamiki ishlarga davlatning o'zi bosh-qosh bo'lgan. Dramalar 
Dionis sha’niga atalmish: Kichik yoki Qishloq Dionisiyi (dekabr — 
yanvar); Leney (yanvar — fevral); Ulug' yoki Shahar Dionisiyi 
(mart — aprel) degan uch bayramda namoyish etilgan.
Drama tomoshalari dramaturglarning o'zaro musobaqasi tar­
zida o'tkazilgan. Musoabaqada uch fojianavis va uch komedi- 
yanavis shoir ishtirok etgan. Fojianavislarning har biri uch trage­
diya (trilogiya) va bir satirlar dramasi (ya’ni satirlar ishtirok etuvchi 
rivoyatga asoslangan quvnoq komediya)dan iborat to'rtadan pyesa 
taqdim etishi lozim bo'lgan. Sujet jihatidan bir-biriga bog'liq uch 
tragediya trilogiya va shu trilogiyaga satirlar dramasi qo'shimcha 
qilinganda tetralogiya deb atalgan.
Musobaqalar uch kun davom etgan. Har kuni ertalabdan uch 
tragediya — trilogiya, so'ng satirlar dramasi va kechki payt ko- 
mediyanavislardan binning komediyasi namoyish etilgan. Muso- 
baqaga faqat yangi yozilgan asarlar qo'yilgan. Dramaturglar uchun 
xorni arxont tayin etgan. Lekin xorni musobaqaga tayyorlash vazi- 
fasi, odatda, o'ziga to'q va o'zi xohish bildirgan yunon fuqarosi 
zimmasiga yuklangan. Uni xoreg deb ataganlar. Xoreg o'z mablag'i 
hisobidan xor tarkibini belgilagan, kiyim-kechaklar bilan ta’min et­
gan. Dramaturglarning har bir bellashuvida: uchta tetralogiya 
uchun, uchta komediya uchun, jami oltita xoreg talab etilgan.
Musobaqa natijalari nufuzli hakam xay’ati tomonidan baholan- 
gan. Zafar qozongan dramaturglar uch xil mukofot olgan (lekin 
uchunchi o'rin mag'lubiyat hisobida baholangan).
Dramaturglar qalam haqidan tashqari, zafar ranizi bo'lmish gul- 
chambarlar bilan e'zozlangan. Ayniqsa, xoreglarning qadr-qimmati 
baland edi. Xoreg o'z g'alabasi sharafiga yodgorlik o'rnatish huquqiga 
ega bo'lgan. Yodgorlikka tomoshaning o'tgan vaqti, dramatuig, xoreg 
va pyesaning nomlari yozib qo'yilar edi. Bundan tashqari, musobaqa 
natijalari maxsus qaydlarda qayt etilgan va ular davlat arxivida saqlan- 
gan. Bunday qaydlar didaskaliyalar deb atalgan
Barcha qadimgi yunon teatrlarining usti ochiq bo'lgan, ularga 
juda ko'p tomoshabin sig'gan. Afinadagi Dionis teatriga 17 ming, 
Epidavrdagi teatrga 10 minggacha tomoshabin joylashgan.
E. av. V asrda Yunonistonda butun antik davr uchun umumiy 
teatr inshooti nusxasi tasdiq etiladi. Teatr, asosan, uch qismdan
25


iborat bo'lgan: bular orxestra (aktyor o ‘ynaydigan maydon), teatron 
(tomoshabin o ‘tiradigan joy; teaomay — «ko‘ryapman» fe’lidan) va 
skena (skene — «chodir», keyinroq yog'och yoki g‘ishtdan tiklan- 
gan qurilma) deb atalganl'.
Teatr qurilishida ovoz va so‘zning uzoq-uzoqlardan ham yaxshi 
eshitilishiga alohida e’tibor berilgan. Bundan tashqari, ba’zan 
o ‘rindiqlar oralig'iga aks-sado beruvchi moslamalar o ‘matish usuli- 
dan ham foydalanilgan.

Download 9,43 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish