YEVRIPID (TAXM. E. AV. 480-406-y.)
17
[NAMANGAN DAVLAT
Yevripid asarlari Esxil va Sofokl asarlaridan tubdan farqlanib
turadi. Yevripid qahramonlami hayotga monand tarzda ko'rsatadi:
Aristotelning guvohlik berishicha, u odamlar «qanday bo‘lsa, ularni
shunday ko‘rsatgan». Uning tragediyalarida ham qahramonlar Esxil
va Sofoklning asarlaridagi kabi rivoyatlar bilan bogiiq boiib.
zamondoshlarining fikr-tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilgan holda ko'rinadi.
Uning ba’zi pyesalarida xalqni aldab hokimiyatni qoiga kiritgan va
undan o ‘zining shaxsiy manfaati yoiida foydalangan safsatabozlarga
qarshi kurash ochish hollari uchraydi. Yana boshqa qator asarlarida
istibdodni ayovsiz fosh etadi; bir kishining boshqa birovlar ustidan
hukmronligi shoir tomonidan inson erkini, fuqarolik tartibotini
oyoq-osti qilish deb baholanadi. Adib faqat istibdodga qarshi chiqib
qolmay, balki odamlarni kelib chiqishiga qarab farqlash mumkin
emasligi haqida ham so‘z yuritadi. Yevripidcha oliyjanoblik inson-
ning aslzodaligi va davlatmandligi bilan emas, balki uning shaxsiy
fazilatlari bilan belgilanadi (bu g'oya «Elektra» asarida ifodalangan).
Uning ijobiy qahramonlari boylikka hirs qo'yish kishini jinoyatga
yetaklaydi, degan fikmi takror-takror bayon etadilar.
Yevripid san'atkor sifatida insonning ruhiy kechinmalari
olamiga Sofokldan ham chuqurroq («Ifigeniya Avlidada» asarlari
dagi Ifigeniya obrazi bunga yaqqol misoldir) kira olgan. Shu bilan
birga u tuban insoniy ehtiroslari yoki bir kishida sodir boiuvchi
bir-biriga zid intilishlar to'qnashuvini aks ettirishdan cho'chimaydi.
Aristotel Yevropidni barcha yunon fojianavislari orasida «eng
fojeiy
shoir»
deb
atab,
buni
qahramonlarning
keskin
to ‘qnashuvlarda namoyon boiishi bilangina emas (unga qadar So
fokl va Esxil allaqachon bu usulni qoilagan), shuningdek, qah
ramonlarning ichki o ‘ta ziddiyatli olami tasvirlanishi bilan ham
izohlagan. Yevripidni asarlarida ayniqsa, xotin-qizlar obrazlari ha-
yajonli va ifodali; zotan, u odilona ravishda ayol qalbining benazir
bilimdoni deb tan olingan.
Yevripid asarlarida fojeiy to‘qnashuvlar kishilaming o‘zaro shaxsiy
munosabatlari orqali ro‘y beradi; ulaming tili oddiy, jo‘n; dramaturg
o‘z pyesalariga ko‘plab maishiy lavhalami, awallari xor yoki biror per-
sonaj orqali ma’Ium qilinadigan lavhalami ham olib kirgan. Xususan
oiim , xastalik, jismoniy azob sahnalari, ma’shuqa qizlaming kech-
mishlari, bolalami sahnaga chiqarish kabilar shular jumlasidandir.
«Medeya* tragediyasi (e. av. 431) Yevripidning eng mashhur
asarlaridan biri sanaladi. Muallif bu asar sujetini argonavtlar haqi-
dagi afsonalar turkumidan olgan. Afsonaga ko‘ra, yunonlar Yason
boshchiligida «Argo» degan sehrli kemada Kolxidaga y o i oladilar.
18
Yason o'z amakisi shoh Peliyning buyrug'iga ko'ra shu eldan oltin
junli qo'y terisini qo'lga kiritishi va Yunonistonga olib kelishi
kerak. Bu terini qoiga kiritishda Yasonga, unga oshug'u beqaror
bo'lib qolgan Kolxida podshosining qizi, sehrgar Medeya yordam
ko'rsatadi va bu yo'lda talay jinoyatlarga ham qo'l uradi. Argo-
navtlar Yunonistonga qaytib keladilar. Lekin Peliyning o'g'li Yason
bilan Medeyani,haydab yuboradi. Ona shahridan quvilgan Yason va
Medeya Korinfdan panoh topib, bir necha yil birga yashaydilar.
Ikki o'g'il ko'rishadi, lekin shu orada Yason Medeyani tashlab,
Korinf podshosi Kreontning qizi bilan nikohga kiradi.
Tragediya voqeasi shu joydan boshlanadi. Voqea dahshatli: Mede
ya qasos jazavasida zaharlangan sovg'a yuborib, Yasonning yosh xoti-
nini, uning otasini halok qiladi, keyin Yasondan bo'lgan ikki farzan-
dini o'ldirib, afsonaviy qanotli aravada falakka ko'tarilib ketadi.
Yevripid Medeya obrazini yaratishda, uning afsonadagi qator
xususiyatlarini saqlab qolgan: u, awalo, sehru jodu sohibasi:
Yasonga oltin junli qo'y terisini olishda bu sehru joduning ko'p nafi
tegadi: Medeya shu hunari bilan Kreont va uning qizini halok
qiladi. Qahr va amali bejilov Medeya tomoshabin qarshisida yunon
qizi bo'lib emas, balki vahshiyona bir manjalaqi tarzida gavdalan-
gan edi. Lekin bu Yevripid uchun zamondosh ayol jinsining hadsiz
uqubatlarini ifoda etishda bir vosita edi, xolos... Yasonning
xiyonatkorligiga nisbatan qahr-g'azab, insonlik qadr-qimmatining
toptalishi, rashk alamlari, tark etilgan yurt sog'inchi — bularning
jami Medeya qalbida bir-biriga qo'shilib ketgan edi.
Shoir Medeyaning ayqash-uyqash o'y-tuyg'ular jazavasida
qo'liga qasos tig'ini olish yo'lini asosli tarzda ko'rsatadi. Zotan,
Medeya tahqir yukini itoatkorona ko'tarib yuradiganlardan emas.
Uning qasoskorlik tuyg'usini hech bir xudo yumshatolmaydi. In-
tiqom vasvasasi Medeyaning aql-hushini o'ziga shunday tobe qilib
olganki, misli o'zgartirib bo'lmas taqdir hukmiga aylanib ketgandek
edi. U o'z hayotining sarobga aylanishini bila turib ajal tig'ini
ko'tardi, Yason uchun eng aziz bo'lmish — bolalaridan judo etdi
va uni cheksiz azob girdobiga itqitib tashladi. Tomoshabin Medey
aning begunoh bolalariga nisbatan qilgan qotilligini shubhasiz ke-
chirmaydi, lekin ayni choqda uning shunday mash’um ahvolga tu-
shib qolish sabablarini ham e’tibordan xoli qoldirmaydi.
Tragediyada Yason shaxsiy manfaatini o'ylovchi, hisob bilan
ish ko'ruvchi xudbin shaxs sifatida tasvirlangan. Medeya ko'p
marta Yasonning hayotini qutqarib qolgan. Yason esa qulay fursat
keldi deganda, hiyonat yo'liga kiradi, tojdor boiishni sevgilisidan
19
afzal ko'radi.
Yevripidning oilaviy, axloqiy masalalar mavzuyida yozilgan tra
gediyalari orasida «Ifigeniya Avlidada» asari jo'shqin fuqarolik
tuyg'ulariga toialigi bilan ajralib turadi.
«Ifigeniya Avlidada» tragediyasi Yevripid vafot etgandan keyin,
e. av. 404-y. sahnaga qo'yilgan. Pyesa asosida tangri xohishi yo'lida
qurbon etilmish Agamemnonning qizi Ifigeniya haqidagi afsona yo-
tadi. Avlida ko‘rfazida turib qolgan Agamemnon boshliq yunon
kemalari shamolning yo'qligidan Troyaga suza olmaydi. Avliyo
Kalxas, m a’buda Artemida podshoning qiziga qurbontalab ekanini,
shundagina dengizda shamol ko‘tarilishi va kemalarga Troya sari
y o i ochilishini aytadi.
Agamemnon, Ifigeniya Axillga turmushga chiqadi, degan ba-
hona topib, uni Avlidaga chaqirtiradi. Agamemnon qattiq iztirobga
tushadi: qizini qurbon qilay desa, otalik mehri yo
‘1
qo'ymaydi,
qizidan voz kechmasa, Troya yurishi barbod boiadi. Otalik mehri
ustun chiqadi. Lekin g‘azabga kirgan shoh Menelay malika Yele-
nani troyaliklar o ‘g‘irlab olib ketganligini ro'kach qilib, Agamem-
nonni — o‘z jigarbandini qurbon qilishga ko‘ndiradi.
Yunonlar lashkargohiga
Ifigeniyaga qo'shilib onasi
Kli-
temnestra, ukasi Orest ham keladilar. Klitemnestra yolg'onni pay-
qagach, erining shafqatsizona ahdiga qarshi norozilik bildiradi.
Ifigeniya otasidan yosh joniga qasd qilmasligini iltijolar qilib
so'raydi, lekin u ahdida qat’iy turib oladi. Axill o ‘z nomining
yolg'onga aralashganidan g'azabga keladi va Ifigeniyani himoya
qiladi, ammo qiz o'z vatani deya o ‘limga tayyor ekanini aytib. yor-
damidan voz kechadi. Pyesa oxirida chopar paydo bo'lib, qurbon-
gohda mo'jiza yuz berganini xabar qiladi: chopqining tushishi
hammaga eshitiladi, lekin tandan judo etilgan bosh ko‘tarilganda,
Ifigeniya o'rnida mehrobda zinalarni qonga bo'yalgan ajoyib bug'u
yotardi; rivoyatga ko‘ra, qizga rahmi kelgan Artemida uni Tavri-
daga, o'z ibodatxonasiga keltirib, duogo'y kohinaga aylantiradi.
Mazkur tragediyada Yevripid yurtning baxt-saodati yo'lida
o'zini fido qilgan qiz siymosini yaratgan. Ifigeniya avvaliga rahm-
shafqat talab etadi, hayotining Ellada uchun kerakligini bilgach,
chin dildan o'zini qurbon qilishga tayyorligini ifodalaydigan sahna
g'oyatda hayajonli; yosh, musaffo vujudda qalb tug'yonlari betinim
jo'sh urardi. Hozirgina bu qizning yashash istagi ko'kni chulg'agan
bo'lsa, endi uning qalbi o'zgacha his-tuyg‘u bilan band: u o'z
o'limini yunonlarning Troya ustidan qozonilajak zafari garovi deb
his etadi. Elladada hukm surmish erkinlikning saqlanib qolishini
20
ko'z oldiga keltiradi.
Yevripid ko'zi ochiqligi chog'ida, yuqorida aytilganidek, alolii-
da muvaffaqiyat qozona olmadi. Uning hayotni bezamay, borli-
gicha ko'rsatish hamda afsonalar va diniy udumlarga nisbatan
bepisandlik bilan
munosabatda boiishi
afmaliklarga m a’qul
tushmaydi. Ular Yevripid asarlariga, tragediya an’anaviy belgilari-
ning buzilishi, deb qaradilar. Lekin tomoshabinlarning birmuncha
bilimdon qismi Yevripid asarlarini zo‘r qiziqish bilan qarshi olgan,
bir qator zamondosh fojianavislar (masalan, Agafon) uning ochgan
yo‘lidan borganlar.
Yevripidga shon-shuhrat uning oiim idan keyin kelgan. E. av.
IV asrga kelganda, uni eng ulug‘ fojiyey shoir deb ataydilar va bu
ta’bir antik olamning oxiriga qadar o'z kuchini yo'qotmaydi. Bu
lling sababi shundaki, aynan Yevripid tragediyalari keyingi davr
tomoshabinlarining did va talablariga mos bo'lib tushdi.
Yevripid yunon mumtoz fojianavisligi rivojiga yakun yasadi.
Fojianavislikning eng «fojiyey shoiri* ijodi bilan yunon dramasida
kuchli chtiroslar fojiasi va maishiy ruhdagi dramadan iborat ikki
yo'nalish rivojiga yo'I ochiladi.
Yevripiddan keyin qadimgi yunon fojianavisligi sohasida biron-
bir yuqori qimmatli asar yaratilmadi. Tragediya asta-sekin o'qish
uchun mo'ljallangan sof adabiy shaklni egalladi. Lekin maishiy
drama tez oyoqqa turib, e. av. IV asrning o'rtasida yangi Attika
komediyasi nomi bilan keng ko'lamda rivojlanish yo'liga kirdi.
|