bilardi. U polis hayoti bilan uzviy bogiiqligini
doimo his etar va
o'z hukumatining jamiki siyosiy-iqtisodiy ishlarida jon-dili bilan
ishtirok etardi.
Zamonning ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan bog'liqlik, insonga,
uning m a’naviy yetukligiga diqqat-e’tibor, yunon eposi va liri-
kasining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanish — bularning hammasi
Afina teatrining ulug'vor g'oyalar va ajib badiiy shakllar teatri
boiishini belgilab berdi.
Zo‘rlik va zulmning har qanday
ko'rinishiga qarshi norozilik, el-yurtni jo'shqin sevish, fuqarolik va
insonparvarlik e’tiqodlarini ulug‘lash singari g'oyalar taraqqiyparvar
insoniyatga uning tarixida hamma
zamonlarda hamroh va tushu-
narli b o iib kelgan. Shu boisdan ham antik drama qahramonlari-
ning kurashlari, g‘am-anduhlari hozirgi tomoshabinlarni ham haya-
jonga solib keladi.
Hosildorlik m a’budi Dionis sha’niga atalmish marosim, o‘yin
va qo'shiqlardan qadimgi yunon dramasida tragediya (fojia), ko-
mediya va satiralar dramasidan iborat uch janr tarkib topgan. Tra-
gediyada Dionis marosimlarining iztirobli, noxushlik jihatlari aks
ettirilgan bo'lsa, komediyada kulgili, mazaxomuz jihatlari ifodalan-
gan. Satirlar dramasi o ‘rta janr hisoblangan.
Yunon tragediyasining kelib chiqishi
tragediya va komediya
so'zlari orqali ham oydinlashadi. Tragediya so'zi ikki yunon
so'zidan tarkib topgan: tragos — «echki» va ode — «qo‘shiq», ya’ni
«echki qo‘shig‘i» demakdir. Bu tushuncha yana bir bor Dionisning
yo'ldosh va hamrohlari — satirlar echki tuyoqli maxluqlar taxlitida
tasavvur etilganligini ko'rsatadi. Komediya so'zi komos va ode
so'zlaridan kelib chiqqan. « Komos* — bu Dionis sha’niga atalgan
qishloq bayramlarida masxaraboz va qiziqchilarning shirakayf
bo'lib, bir-biridan kulib, qo'shiqlar aytib
namoyish qilib yurishlarini
anglatgan. Demak, komediya so'zi «komos qo‘shig"i» degan
m a’noni anglatadi.
Yunon tragediyasi, odatga ko'ra, har bir yunonga yaxshi tanish
bo'lgan mifologiya sujetlariga asoslangan. Shu bois tomoshabinni
voqeanirtg o'zi emas, balki muallifning m a’lum rivoyatni qanday
talqin etganligi, qanday ijtimoiy va axloqiy muammolarni olg'a sur-
ganligi qiziqtirgan. Dramaturg rivoyat bahonasida zamonaviy siyo-
siy hayot masalalarini olg'a surishi va o'zining axloqiy,
falsafiy va
diniy qarashlarini yaratishi lozim edi.
Eramizdan awalgi V asrda yuzaga kelgan attika komediyasi o'z
mohiyatiga ko'ra siyosiy komediya bo'lgan. Unda hamma vaqt si-
yosiy tuzum va Afina davlatining tashqi siyosati, yoshlami tarbiya-
9
lash, adabiy kurash kabi masaialar olg‘a surib kelingan.
Qadimgi attika komediyasining dolzarbligi unda ayrim fu-
qarolarning asl nomlarini ko‘rsatib, ulami masxaralash mum-
kinligida edi. Bunga Aristofan asarlarida shoirlardan Esxil, Sofokl,
Yevripid, Agafon, Afina demokratiyasining dohiysi Kleon,
faylasuf
Sokrat (Suqrot) kabilarning nomlari ko'rsatilganligi misol bo‘la
oladi. Shu bilan birga, qadimgi attika komediyasida alohida-alohida
o ‘ziga xos obrazlar emas,
balki xalq masxarabozlik teatri
obrazlariga hamohang tarzda umumlashgan obrazlar yaratilgan.
Qadimgi yunon teatr san’atining eng jo ‘shqin, shukuhli davrini
eramizdan awalgi V asrda yashab o'tgan Esxil, Sofokl, Yevripiddan
iborat uch ulug' fojianavis va faoliyati e. av. IV asr bilan ham tu-
tashib ketuvchi komediyanavis Aristofan belgilab berganlar.