«npocBemeHMe»
(MocKBa) nashri
yotida chop etilgan to‘rt jildlik kitobning birinchi jildi asosida tay-
yorlangan edi. Shundan so'ng o ‘sha to ‘rt jildlikning yirik teatr-
shunos olimlar — prof. G. N. Boyadjiyev, A. G. Obrazsova va
boshqalar tahriri va muallifligi ostida nashr etilgan uch jildi asosida
«Xorijiy teatr tarixi» kitobining ikkinchi jildi yaratildi. 2001-yili esa
«Xorijiy teatr tarixi
»1
ning antik davrdan M a’rifatparvarlik davri-
gacha boigan xrestomatiyasi chop etildi.
Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun moijallangan ushbu
qoilanm a shu nashrlar asosida paydo boidi. Mazkur qoilanm a
yuqorida qayd etilgan kitoblardan Ovro‘po teatri tarixining teatr
san’ati paydo boigan davrdan to XX asr oxiriga qadar boigan bar-
cha asosiy bosqichlarini bir kitob doirasida qamrab olishi va tahlil
etishga qaratilganligi bilan ajralib turadi.
Qo'Uanma yetti bo‘limdan iborat: Antik teatr, Uyg'onish davri va
XVII asr klassitsizm teatri, Ma’rifatparvarlik davri teatri, XIX asming
birinchi yarmi va o‘rtalarida G ’arbiy Ovro‘po teatri, XIX asr oxiri va
XX asr boshlarida G ‘arbiy Ovro‘po teatri, 1917— 1945-yillarda G ‘arbiy
Ovro‘po mamlakatlari va AQSH teatri hamda 1945—2000-yillarda
G ‘arbiy Ovro'po mamlakatlari va AQSH teatri.
1 «Xorijiy teatr tarixi*, l-jild. « 0 ‘qituvchi» nashriyoti, 1997-y. 2-jild, Abu Ali ibn
Sino nom idagi «Tibbiyot» nashriyoti, 1999-y. (qayta ishlovchi va tarjim on — S. T ur-
sunboyev); S. Tursunboyev «Xorijiy tea tr tarixi* — xrestomatiya. 0 ‘zbekiston Res
publikasi M adaniyat ishlari vazirligi, Istiqbolni belgilash, uslubiyot va axborot Res-
publika m arkazi, 2001-y.
4
Mazkur qo'llanma talabalami o 'z kasbining ustasi, m a’naviy
yetuk mutaxassislar tarzida yetishtirishdek tarbiyaviy vazifa ko‘zda
tutilgan holda tuzildi. Unda G 'arb teatrining boy xazinasidan ijodi
jahon miqyosida tan olingan ijodkorlarning faoliyatlari hamda
ularning bo'lg'usi san’at mutaxassisida uning kasbiy takomiliga
bevosita ta’sir ko'rsatuvchi, bugungi kun sahna amaliyoti uchun za-
rur va milliy istiqlol mafkurasi talablariga javob beruvchi sara asar
lari tanlab olinib tahlil etildi.
Qo'llanmadan o'rin olgan materiallarni samarali o'zlashtirish
yo'llari ham izlandi, ya’ni o'quvchida san’at hodisalariga nisbatan
mustaqil yondashuv ehtiyojini tug'dirishga harakat qilindi: masalan,
har bir mavzu tahlilidan so'ng nazorat savollari berildi. O'quvchi
mavzu tahlili bilan tanishgach, shu haqda mustaqil fikrlash, xu-
losalar chiqarishga da’vat etuvchi savollarga duch keladiki, oqibat
natijada bu materialni faol o'zlashtirishga olib keladi.
Qo'llanmada ko'zda tutilgan bo'limlar tahlilidan so'ng G'arb
dramaturgiyasidan o'zbek sahnasida qo'yilgan asarlar haqida ma’lu-
motnoma ilova qilindi. Undan o'quvchilar qaysi asar qachon qaysi
teatrda sahnalashtirilgan, tarjimoni, rejissori kim, asosiy rollami qaysi
aktyorlar ijro etgan degan savollaiga to'la-to'kis javob topishlari mum-
kin. Ma’lumotnoma mustaqil ilmiy ish, ma’ruzalar tayyorlashda, tala-
balaming mustaqil izlanishlarida alohida ahamiyat kasb etishi mumkin.
«Xorijiy teatr tarixi» qo'llanmasining kollejlar uchun 2005 yili
«Turon-Iqbol» nashriyotida chop etilgan nusxasi san’at va madani-
yat yo'nalishi mutaxassisligi bo'limlarida zarur qo'llanma-darslik
tarzida qabul qilindi. Oliy o'quv yurti talabalri uchun moijallangan
liozirgi nusxa tubdan qayta ko'rib chiqildi. Birinchidan kollejlar ta-
labalari uchun unchalik ahamiyatli bo'lmagan ba’zi mavzu va
san’atkorlar ijodi yangi nusxadan o'rin oldi. Ikkinchida, jahon
dramasi va teatri rivojiga alohida hissa qo'shgan Shekspir, Molyer,
Ibsen, brext, O'N il singari dramaturglar hamda aktyor va rejissyor-
larning ijodlari kengroq tahlil etildi. Nihoyat, nazorat savollari
o'quvchi e ’tiborini nazariy muammolarga qaratish m a’nosida yangi
savollar bilan boyitildi. Bu o'zgarishlar natijasida 11—12 taboq
atrofida bo'lgan awalgi nusxa hajmi biroz kengaydi.
Bulardan tashqari, qo'llanmada G'arb ilm-fanida paydo bo'lgan
atamalaming o'zbekcha muqobilini berish, shuningdek, G'arb badiiy
taraqqiyotining o'zbek xalqi madaniyati tarixi hamda mustaqil
O'zbekistonning hozirgi kundagi badiiy hayoti bilan bog'liqlik hodi
salariga ham e’tibor berildiki, bu talabalami G'arb dunyosi, xususan
uning teatr san’atiga qiziqishini oshiradi, degan fikrdamiz.
5
KIRISH
Insoniyatning madaniy taraqqiyoti tarixini antik teatrsiz tasav-
vur qilib bo'lmaydi. M a’lumki, antik teatr mazmunan xalq hayoti,
uning taqdiri bilan bog'liq ulug‘vor g‘oyalar teatri sifatida dunyoga
kelgan edi. Qadimgi Yunonistonda Esxil, Sofokl, Yevripid, Aristo-
fan, Rimda Plavt va Senekalar yangi sahnaviy shakllar, umumlash-
gan falsafiy, teran badiiy obrazlar orqali el-yurtni jo'shqin sevish,
qadrlash e’tiqodlarini tarannum etdilar. Antik dunyodan bizga
badiiy ijodning tragediya, komediya janrlariga oid benihoya go‘zal,
badiiy yuksak adabiy namunalar yetib keldi.
XV
asrdan boshlangan Uyg‘onish davrida Italiya zaminida an
tik badiiy ijod an’analari qayta o'zlashtirilib, yangi davr teatriga
asos solinadi. Uyg'onish pallasining ilk tragediyalari, komediyalari,
drama san’atiga oid nazariy risolalar shu zaminda dunyoga keldi.
Biroz keyin Ispaniya teatri va nihoyat, Angliya zaminida Shekspir
ijodi misolida Ovro'po teatri o ‘zining yuqori taraqqiyot bosqichiga
ko‘tariladi. XVII asr fransuz klassitsizm teatri ham Uyg‘onish davri
teatri rivojining davomi bo'lib, Ovro'po badiiy ijodiyotida yangi
san’at hodisasiga aylandi. Ayni shu davrda fransuz oliy komediya-
sining asoschisi Molyer ijod qilgan edi.
XVIII
asrda teatr xalq madaniy hayotining ajralmas qismiga
aylanadi: Angliyada Sheridan, Fransiyada Volter, Didro, Bo-
marshe, Italiyada K. Goldoni, K. Gotssi, Germaniyada Lessing,
Gyote, Shiller m a’rifatparvarlik dramaturgiyasi va estetik tamoyil-
larining namunaviy asarlarini yaratib, teatr san’atini umumxalq
minbariga aylantirish g'oyasini amalda ro‘yobga chiqarishga intildi-
lar. Ovro'po mamlakatlari va' AQSH teatr san’ati XIX asrda o ‘z ta-
raqqiyotining yangi sifat bosqichiga ko'tariladi. Teatr bu davrda
dastlab Gyugo (Fransiya), Bayron (Angliya), Kleyst (Germaniya)
ijodi misolida romantizm, so'ng naturalizm, simvolizm uslublari
zaminida voqelikni aks ettirishning yangi va rango-rang ifoda omil-
lari va usullarini o'zlashtirib boradi. M. Meterlink, G. Ibsen,
B. Shou, G. Gauptman kabi yirik dramaturglar qatori aktyorlik va
rejissorlik san’ati sohasida ham ulkan san’atkorlarning yetishib
chiqishi dramaturgiya darajasiga monand yuksak sahna ijodi na-
6
munalarini yaratish imkonini tug'dirdi.
XX asrda adabiyot va san’at turli falsafiy maktab, siyosiy
g'oyalar ta’sirida misli ko'rilmagan yangi va xilma-xil ifoda usullari
va shakllari bilan boyiydi. Birinchi jahon urushi mahsuli sifatida
Germaniyada tug'ilgan ekspressionizm, B. Brext tomonidan «epik
teatr» sistemasining yaratilishi, Fransiyada taraqqiy topgan tafakkur
dramasi, Angliyada «alamzada yoshlar» adabiy harakati, italyan
neorealizm san’ati, AQSHda Yu. O'N il, T. Uilyams ijodlari misoli-
da psixologik drama yo'nalishining taraqqiy topishi — bular har bir
mamlakat doirasida o'zicha, lekin umumovro'po miqyosida bir-biri
bilan o‘zaro bog‘liqlik kasb etgan ko‘p qirrali teatr san’atining ay-
rim yo‘nalishlari, xolos. XX asrda AQSH teatrining Ovro'po teatri
taraqqiyoti darajasiga ko'tarilganligi ham alohida diqqatga loyiq
holdir. Shu davrda J. Gilgud, L. Olive, Piter Bruk (Angliya);
J. Filip, Jan Vilar (Fransiya), J. Streler (Italiya), Elia Kazan
(AQSH) kabi yirik aktyor va rejissorlar turlicha yo'nalish va us-
lublarda ijod qildiiar.
Dramaturgiya va sahna san’ati shu darajada rang-barangki,
ulardagi
badiiy
oqimlarni
bir-biriga
qarama-qarshi
qo‘yib
bo'lmaydi. Shu sababli turli inafkuraviy va badiiy an ’analar bilan
yo‘g‘rilgan zamonaviy san’at voqeliklarini aniq tasnif etish ancha
mushkul. Ayni zamonda har bir mamlakat teatr san’ati tarixi alo
hida ko‘zdan kechirilganda, ular dramaturgiyasi va teatrining
mustaqil va o'ziga xosligi nisbiy ekanligi ham ko‘zda tutilishi lozim.
Vaqtlar o'tib bizning kunlar yaqinlashgan sari xorijiy dramatur
giya va teatrning milliy mavzu doirasidagi cheklanganlik jiliatlari
susaya boradi. Butun olam tealr spektaklining harakat maydoniga,
bu olamda yashovchi odamlar taqdirining bir-biriga bogMiqligini
anglash tamoyillari ijodiyotning bosh mafkuraviy mezoniga aylanib
boradi. G'arbiv Ovro'po va AQSH dramaturglari, sahna ijodkorlari
davr ijtimoiy qarama-qarshiliklarini aynan shu nuqtayi nazardan
tahlil etib kelmoqdalar.
7
|