Esxil taqdiri azal (Moyra)ga ishonib qaragan. Uning nazdida,
hatto, xudolar ham taqdir izmidan chiqolmaydi. Lekin ayni
zamonda Afma demokratiyasi uning dunyoqarashiga ta ’sir etmay
qolmadi. Xususan, Esxil qahramonlari xudo irodasiga ko'r-
ko'hrona itoat etuvchi, mute mavjudotlar emas.
Ular aql-zakvovati
o ‘tkir va butkul o'z xohishicha, mustaqil ravishda harakat qiladilar,
hayotdan o'z mavqeylarini topish uchun kurash olib boradilar. In-
sonning o 'z a ’moli oldida axloqiy burchdorligi Esxil trage-
diyalarining bosh mavzularidandir.
Esxil o'z tragediyalariga ikkinchi aktyomi olib kirdi va shu bilan
fojeaviy to'qnashuvlami ancha teran ishlash va xatti-harakat jihatlarini
kuchaytirish imkoniga erishdi. Bu teatr san’atida yuz bergan
chinakam
burilish nuqtasi edi: bittagina aktyor bilan xor ishtirok etuvchi eski tra
gediya o'miga sahnada o'zaro olishuvlar orqali personajlaming fe’l-
atvori ochiladigan yangi xildagi tragediya paydo bo'ladi.
Esxilning ilk tragediyalari («Iltijo go‘ylar», «Eroniylar»)da
asosiy o'rin xorga ajratilganidan dramatik to'qnashuv o'ta sust ri-
vojlangan. Esxil asarlarining tizimi, qurilmasi ham tragediyaning
difiramb (tantanavor qo'shiq — madhiya)dan kelib chiqqanligini
ko'rsatib turadi.
Bizgacha yetib kelgan deyarli barcha tragediyalar prolog (mu-
qaddima) bilan boshlanadi. Prologdan so'ng orxestraga xor kirib
keladi va pyesaning oxiriga qadar bu yerdan jilmaydi. Xorning or
xestraga shu chiqishi parodl deb atalgan. Paroddan so'ng episo-
diylar, ya’ni tragediyaning dialoglarga asoslangan qismi boshlangan.
Xorning orxestraga kirib kelgandan keyin aytiluvchi qo'shiqlari sta-
simlar deb atalgan. tragediyaning
xor orxestrani tashlab ketgach,
davom etadigan oxirgi qismi eksod, ya’ni ketish deb atalgan. Tra
gediya odatda, 3—4 epizodiy va 3—4 stasimdan iborat bo'lgan.
Stasimlar bir-biridan keyin davom etuvchi strofa va antistrofalar-
dan iborat bo'lgan. «Strofa» so'zi burilish ma’nosini anglatadi. Strofa
va antistrofalar asosida qo'shiq aytilganda xor goh o'ng, goh so'l to-
monga siljib, fikr-tuyg'uga hamohanglik holatini yaratib turgan. Maz-
munan bir-biriga muvofiq strofa va antistrofa bir xil vaznda yozilishi,
yangi mazmundagilari esa boshqa vaznda yozilishi kerak bo'lgan.
Xor qo'shiqlari sibizg'a (fleyta) jo'rligida ijro etilgan. Shuning-
dek, ular raqs jo'rligida ham aytilgan. Bunday fojeaviy
raqs emeleya
deb atalgan.
Esxilning «Eroniylar» (e. av 472-y.) tragediyasi uning ilk asar
lari jumlasiga kiradi. Bu zamona voqealariga bag'ishlangan va
bizgacha saqlanib qolgan yagona asar hisoblanadi.
II
lash, adabiy kurash kabi masalalar olg‘a surib kelingan.
Qadimgi attika komediyasining dolzarbligi unda ayrim fu-
qarolarning asl nomlarini ko'rsatib, ulami masxaratash mum-
kinligida edi. Bunga Aristofan asarlarida shoirlardan Esxil, Sofokl,
Yevripid, Agafon, Afina demokratiyasining dohiysi Kleon, faylasuf
Sokrat (Suqrot) kabilarning nomlari ko'rsatilganligi misol bo‘la
oladi.
Shu bilan birga, qadimgi attika komediyasida alohida-alohida
o'ziga xos obrazlar emas, balki xalq masxarabozlik teatri
obrazlariga hamohang tarzda umumlashgan obrazlar yaratilgan.
Qadimgi yunon teatr san’atining eng jo'shqin, shukuhli davrini
eramizdan awalgi V asrda yashab o‘tgan Esxil, Sofokl, Yevripiddan
iborat uch ulug‘ fojianavis va faoliyati e. av.
IV asr bilan ham tu-
tashib ketuvchi komediyanavis Aristofan belgilab berganlar.