SOFOKL (E. AV. 496-406-y.)




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

SOFOKL (E. AV. 496-406-y.)
Sofokl qaramog‘ida qurol-aslaha ustaxonasi boMgan davlat- 
mand xonadonda tug‘ilib, juda yaxshi bilim olgan. Uning ijodiy 
layoqati yoshligidayoq namoyon bo'ladi: o ‘n olti yoshida Salamin 
zafarini madh etishga ixtisoslashgan o‘smirlar xoriga rahbarlik 
qiladi. Sofokl yoshlik chog‘ida o‘z asarlarida o ‘zi rol o ‘ynab, zo‘r 
muvaffaqiyatlar qozongan. Lekin keyinchalik, ovozining xasta- 
lashuvi sababli rolda chiqmay qo'yadi. Sofokl e. av. 468-yilda bi­
rinchi bor Esxil ustidan g'alaba qozonadi. Umuman, dramaturg si­
fatida Sofoklga doimo omad yor bo‘lib kelgan: deyarli hamisha bi­
rinchi o'rinni va ba’zan ikkinchi o ‘rinni olib kelgan, u biror marta
13


ham uchinchi darajali mukofot olmagan.
Sofokl 120 dan ortiq tragediya yozgan, shulardan bizgacha 
7 tasi yetib kelgan. Sofokl tragediyalari Esxil tragediyalaridan 
o'zgacha: Esxil asarlarida, asosan, xudolar qatnashadi. Sofokl tra­
gediyalari esa bir qadar ko‘tarinki, dabdabador bo‘lsa-da, ularda 
odamlar qatnashadi. Shu sababli, Sofokl haqida tragediyani falak- 
dan zaminga olib tushgan sohibi qalam degan ta’bir yuradi. Sofokl 
asarlarida asosiy e ’tibor insonga, uning ruhiy kechinmalariga 
qaratiladi. Lekin ayni paytda Sofokl pyesalarida xudolar bevosita 
ishtirok etmasa-da, qahramonlar taqdirining o'zgarishida ulaming 
ta’siri kuchli. Awalo, Sofokl qahramonlari ham Esxil qahramonlari 
kabi irodasi mustahkam, o ‘z maqsadi y o iida ikkilanmay olg‘a inti- 
luvchi shaxslardir. Ular o ‘z maqsadlari yoiidagi kurashda halok 
boiishlari yoki beqiyos azob-uqubatlarga duch kelishlari mumkin, 
lekin chekinish nima ekanini bilmaydilar; zotan, ular fuqarolik va 
axloqiy burchdorlik tuyg‘usi bilan harakat qiladilar.
Esxil singari Sofokl ham dindor kishi boigan, m a’budlaming 
kuch-qudratiga shak keltirmagan va sofistlarning ko'pgina qoi- 
dalarini qabul qilmagan. Masalan, Protagorning, inson hamma 
narsaning andozasi, degan qoidasini u tan olmaydi. Aksincha, un­
ing tragediyalarida inson bilimining cheklanganligi, shu bois uning 
xatoga y o i qo'yishi va uqubatlarga giriftor boiishi muqarrarligi 
haqida tez-tez so‘z b o iib turadi. Ammo Sofokl insonni barcha jon- 
zotlar ichida eng oliyjanobi deb biladi; Sofoklcha, inson obrazining 
oliy fazilatlari uqubatlar jarayonida namoyon boiadi. Qahramon 
qismat zarbidan halok boisa-da, uning tragediyalari hayotbaxshlik 
shukuhi bilan ko‘zga tashlanib turadi. «Taqdir uning qahramonini 
baxt va jondan judo etadi, lekin ruhini bukolmaydi, es-hushini olib 
qo'yadi, biroq uni yengolmaydi*.
Sofoklning oliyhimmat qahramonlari fuqarolar jamoasi bilan 
bevosita bogiiglikda ko'rinadi. Bu ular orqali Afinaning gullagan 
yillarida tarkib topgan har tomonlama komil shaxs m a’naviyatini 
ko‘z-ko'z qilish demak edi. Shu bois Sofoklni Afina demokratiya- 
sining kuychisi deb ataydilar.
Yunon tragediyasi Sofokl ijodi bilan tugal mukammallik dara- 
jasiga ko'tariladi. U dramaga uchunchi aktyorni olib kirdi, tragedi- 
yaning dialoglarga asoslangan qismi epizodiylami ko‘paytirdi, xor- 
ning chiqishini kamaytirdi. Lekin Sofokl tragediyalarida xor ham 
muhim rol o'ynaydi, hatto, xor ishtirokchilari (xorevtlar)ning soni 
15 kishigacha ko‘paytiriladi.
14


Sofoklni alohida shaxslar taqdiri qiziqtirgani sababli u trilogiya 
yaratish qoidasidan voz kechadi. An’anaga ko‘ra Sofokl ham shoir- 
lar musobaqasida uch asar bilan qatnashgan. Lekin ularning har 
biri alohida mustaqil asarlar bo'lgan.
Sofoklning Fiva turkuiniga oid rivoyatlar asosiga qurilgan asar­
lari uning eng mashhur tragediyalari hisoblanadi. « Antigona* 
(taxm. e. av. 442). «Shoh Edip* (taxm. e. av. 428). «Edip Ko- 
londa* (Sofokl vafotidan so‘ng e. av. 401-y. qo‘yilgan) asarlari shu- 
lar jumlasiga kiradi. Turli davrlarda yozilib namoyish etilgan bu 
tragediyalaming hammasi asosida Fiva podshosi Edip va taqdir 
taqozosi bilan uning avlodiga yopirilmish baxtsizliklar haqidagi 
rivoyatlar yotadi: Edip o‘zi bilmagan holda otasini o ‘ldirib, onasiga 
uylanadi. Otaning o'limi va ona bilan tutinmish nikoh «tarixi» oxiri 
ochiladi: Edip esa o ‘z ko‘zini o ‘yib oladi va yurtdan bosh olib 
chiqib ketadi, Rivoyatning shu qismi «Shoh Edip* asari mundari- 
jasini belgilab bergan. Uzoq darbadarlik, azob-uqubatda gunohi 
to ‘kilib, xudolar oldida yuzi yorug' bo'lgan Edip Afinaning bir 
chetida — Kolonda osongina olamdan o'tadi, jafokashning qabri 
Afina tuprog'i uzra madad tayanchi bo'lib qoladi. «Edip Kolonda* 
tragediyasida shu haqda hikoya qilingan.
Uchinchi — «Antigona» asari voqealari afsonaning xotima qismi- 
dan olingan. Bu yerda Edipning o'g'illari — Eteokl va Polinik orasida 
taxt uchun kurash yo'lida sodir bo'lgan ayanchli qotillik, har ikko- 
vining yakkama-yakka olishuvda bir-birini o'ldirishi va Polinikning 
singlisi Antigona tomonidan dafn etilishi haqida so'z boradi.
Pyesa voqeasi Fivaning yangi hukmdori Kreontni vatan fidoyisi 
Eteokl jasadini 
izzat-ikrom 
bilan 
dafn 
etish, 
o'zga 
yurt 
qo'shinlarini ona shahriga olib kirgan Polinik jasadini dasht- 
biyobonga eltib, quzg'unlarga yem qilish haqida amr-farmon 
chiqarishi damlaridan boshlanadi. Antigona podsho farmonini 
oyoq-osti qilib, o'z akasi jasadini dafn etadi. Qo'riqchilar uni tutib 
olib, Kreont oldiga keltiradilar. Kreont Antigonaga, u davlat qo- 
nunini buzib xoinning jasadini dafn etganligi haqida savollar berar- 
kan, qiz halok bo'lmish o'z akasiga nisbatan jigarlik hissidan 
(«Sevmoq uchun tug'ilganman, g'animlik uchunmas*), marhum- 
larni dafn qilmoq «ilohiy qonun* oldida farz ekanidan shunday yo'l 
tutganini aytadi. Uning fikricha, Kreontning «inson qonuni* abadiy 
«haq qonuni* qarshisida ojizdir. Antigonani himoya qilib oraga 
Kreontning o'g'li Gemon tushadi, otasiga xalq undan norozi eka- 
nini aytadi. Lekin hokim ozgina taom kiritib, Antigonani g'orga 
qamab qo'yish haqida buyruq beradi.
15


Kreont bilan Antigona orasidagi to'qnashuv boshlanishda davlat 
qonuni bilan qadim, an’anaviy taomillar orasidagi ziddiyat tarzida 
ko‘zga tashalanadi. Lekin Voqea davomida Kreontning Polinik 
jasadini dafn etishga qarslii chiqargan fannoni eski taomillargagina 
zid boim ay, ayni paytda xalq tomonidan m a’qullanib, qabul qilin- 
gan qonunlarga ham zidligi ayon b oiib qoladi. Kreont bu farmonni 
o ‘zicha, beboshlarcha chiqarib, xalqqa jarchi orqali ma’lum qiladi. 
Shunday qilib, Kreont yakka hokimlik maqomini ro'yobga chiqar- 
moqchi boiadi.
Antigona, Tiresiy, Gemon Kreontni qonunni buzganlikdagina 
emas, zolim va mustabidlikda ham ayblaydilar.
Antigona akasining jasadini dafn etish bilan jigarlik bur- 
chinigina ado etmaydi, shu bilan birga fuqarolik burchini ham bajo 
keltiradi; zero, u demokratik davlat axloqi yuzasidan ish ko'rgan 
edi. Kreont esa jamiyatni haiokatga keltiruvchi yoidan boradi. Asar 
oxirida baxtsizlik ustiga baxtsizlikka duch kelgan Kreont o'ta mud- 
hish ahvolda qoladi: Antigona o'zini osib qo'yadi, uning jasadi 
qarshisida shahzoda Gem on o'zini o'zi shamshir bilan nobud 
qiladi, bulling oitidan Kreontning xotini o'zini oidiradi. Antigo- 
naning o'limi bu jasur qiz ezgu intilishlarining g'alabasini anglatadi.
Sofoklning eng mashhur asari — «Shoh Edip» tragediyasidir. 
Pyesada voqea Edipning o'z otasini o'ldirib, onasiga uylanishidan 
keyin, talay vaqtlar o'tgach, boshalanadi. Qariyb 
15
yilki, Edip 
Fivaga rahnamolik qilib kelmoqda. Uning to'rtta farzandi: ikki o'g'il, 
ikki qizi bor. Ekin-tekinga, hayvonlarga, odamlarga yopirilgan 
so'nggi dahshatli ofatga qadar podsholik tinch, osoyishta kechadi. 
Endi-chi, saroy oldi bosh kohin yetakcliiligida fivaliklar olomoniga 
to'la. Hammasining qo'lida qo'yning oq yungi himarilgan zaytun 
novdalari. Bu — najot, himoyaga muhtojlik ramzi. Edip olomonga 
peshvoz chiqar ekan, Apollon kohinidan xudolaming xohishu karo- 
matini bilmoq uchun qaynag'asi Kreontni allaqachon Delfaga yu- 
borganligini aytadi. Ayni shu chog'da Kreont paydo boiadi, u xu­
dolaming xohislii — Fivaning sobiq hukumdori —Layning hunini 
olish, buning uchun uning qotilini topib, badarg'a qilish yoki «qonga 
qon bilan» javob berish lozimligini xabar qiladi. Edip Layning 
qotilini izlab topajagi haqida tantanali va’da beradi. Shu yo'sinda u 
o'zi anglamagan holda, o'ziga qarshi o'zi tergov boshlaydi.
Shoir dahshatli haqiqatni yuksak mahorat bilan psixologik iz- 
chillik ruhida ochib bergan. Tergov-taftishlar davomida Edip tabi- 
atiga xos muhim jihatlar ochila boradi. U ona shahrini balolardan 
asrab qolishga chog'langan, o'z vazifasining qanchalik mas’uliyatli
16


ekanini anglovchi oliyjanob inson va sohibi taxt sifatida namoyon 
bo'ladi. Shu qatori qahr-g‘azabga berilish, begunoh kishilarga 
o'rinsiz ayblar qo‘yish ham (Kreont va Tiresiy bilan o'tuvchi sahna) 
unga begona emas. Qidiruv chog‘ida, goho holatlar haqiqatni 
anglashni qiyinlashtirayotgan va tergovni chalg'itayotgandek bo'lib 
ko'rindi. Masalan, korinflik xabarchi bilan o'tuvchi sahnada Lay 
qotilini izlash muammosi Edip uchun m a’lum lahzalar ikkinchi da- 
rajali 
bo‘lib qoladi: 
bu 
onlarda u 
o'z qismatining xayrli 
o'zgarayotganidan shod-hurram ko'rinadi. Lekin saldan keyin, 
Korinf xabarchisining kelishi halokatli xotimaning yaqinlashuviga 
olib keladi. Edip bashoratning to'g'riligi va otasining qotili o'zi eka­
nini anglaydi. Inson baloyi taqdiri azal (Moyra) deb atalmish 
samoviy kuchlaming o'yinchog'i yanglig' namoyon bo'ladi.
Lekin inson qismatini awaldan belgilovchi baloyi taqdiri azal 
pyesaning bosh mavzusi emas. Sofoklni taqdir izmidan chiqolmagan 
insonning mardonavor a’moli qiziqtirgan. Edip dastlabki sahnalarda 
qanday oliyjanob va murosasiz kishi bo'lsa, asaming oxirida ham 
shundayligicha qoladi. U jinoyatni beixtiyor sodir qiladi: u jinovat- 
ning yuz bermasligi uchun ko'p urunib ko'radi. Shunday bo‘sa-da, u 
o'z ustidan o'zi liukm chiqaradi, o'zini so'qir bo'lib, bir umr sarson- 
sargardonlikda azob chekishga mahkum etadi. Shu a’moli bilan u o'z 
xalqini xudolar duoyibatidan xalos etadi.
Sofoklning so'nggi — «Edip Kolonda* asari Edipning xudolar 
va odamlar tomonidan oqlanishi mavzusiga bag'ishlangan.
Sofokl tragediyalari antik quldorlik demokratiyasi gullagan 
davrda uning fuqarolik va axloqiy tamoyillarining badiiy ifodasi tar­
zida dunyoga kelgan. Bu tamoyillar to'la huquqli barcha fu- 
qarolarning siyosiy teng va erkin bo'lish, vatanga sidqidildan xizmat 
qilish, ota-bobolar udumiga ixlosmandlik, ruhan komillik talab- 
larini anglatardi.
Afina quldorlik demokratiyasining tanazzuli oqibatida barcha 
an’anaviy tushuncha va qarashlaming barbod bo'lishi Sofoklning 
yosh zamondoshi Yevripid ijodida atroflicha aks ettirilgan.
Yevripid davlatmand xonadonda tug'ilgan, zero, yoshligidan 
yaxshigina tahsil olgan.
Yevripiddan bizgacha 18 ta drama (u jami bo'lib 75 tadan 92 
tagacha asar yozgan), boshqa asarlaridan bir talay parchalar yetib 
kelgan. 
_ _ _ _ _ _ _
___

Download 9,43 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish