mediyalaridan biri. Unda sirako‘zlik egizakning yoshligida yo‘qolib
qolgan akasini topish yo'lida boshdan kechirgan sarguzashtlari
haqida so‘z boradi. Egizak Messennon degan quli bilan Epidamn
degan yunon shahriga kelib qoladi nihoyat shu yerda tug'ishgan
akasini topadi.
Egizaklarning bir
tomchi suvdek bir-biriga
o'xshashligidan pyesada qator antiqa lavhalar sodir bo'ladi. Ma
salan, Epidamnlik Menexm o‘z xotinining qimmatbaho plashini
o‘g‘irlab, o'ynashiga eltib beradi va undan ziyofat uyushtirishni
so‘raydi. Lekin bu ziyofatga endigina Epidamnga yetib kelgan
sirako'zlik Menexm hozir boiadi; o‘z erining xiyonatkorligidan
g‘azabga tushgan Matrona alam-iztirobini egiz ukaga to'kib soladi.
Sirako'zlik Menexm uni birinchi bor ko‘rayotganini aytarkan, Ma
trona faryod ko‘taradi, otasini boshlab keladi, ota soxta kuyovga
pand-nasihatlar beradi... ko‘pgina bordi-keldidan
keyin egizaklar
bir-birini topishadi. Asarda xarakterlar chala-chulpa chizilgan
bo‘lsa-da, harakat tez o‘sib boradi, g'avg'odan g‘avg‘o chiqadi.
Plavtning «Egizaklar» komediyasi Shekspirga o'zining «Yanglishlar
komediyasi» asarini yozishda asos bo'lib xizmat qilgan.
«Maqtanchoq jangchi* pyesasi maqtanchoq zobit obrazi mohi-
rona namoyon etilishi jihatidan Plavtning eng yaxshi komediyalari-
dan biri hisoblanadi. Pyesa qahramoni Pirgopolinik maqtanchoq,
shuhratparast va shu bilan birga befarosat kimsa tariqasida tasvir-
iangan. Zobit sahnada alvon kamzul, boshiga jig‘ali dubulg'a kiy-
gan, bahaybat shamshir taqib, savlat to‘kib paydo boMadi. Uning
o ‘zi
biror
arzigulik
fikr
aytishi
amri
mahol.
Shundan
qo'riqchisining hayratomuz jasoratlari haqidagi
fikrlarini kekkayish
bilan ma’qullaydi, xolos. Masalan: sarboz Hindistonda bo'Iganda
bir zarb bilan filning sonini uzib yuborgan emish; yana boshqa
vaqtda bir yo‘la yetti ming dushmanni mahv etibdi. Qul Palestrion
sarbozning ovsarligidan kelib chiqib, ajoyib reja tuzadi va tasodifan
uning qo'liga tushib qolgan Filokamatsiyani sevgilisi — o‘zining
sobiq xojasi Plevsiklga qaytarib olib berish va o'zini zobit hukmidan
ozod etishga erishadi. Plavt yaratgan maqtanchoq jangchi obrazi
jahon dramaturgiyasi yaratgan ajoyib siymolar sirasiga kirdi. Keyin-
roq u italyan badixaviy komediyasi — del
arte xalq teatrining Kapi-
tan nomi bilan umumlashgan obraziga aylandi.
«Xazina» komediyasida insonning xasisligi masxara ostiga olin-
gan. Bu shunday m a’nisiz xasislikki, u o‘ziga yondashgan kishini
ham, uning yaqinlarini ham sondan chiqaradi. Oltinga to‘la xum-
cha topib olgan qariya Evklion shunday kishi sifatida gavdalanadi.
Komediya muqaddimasida qozon-tovoq ma’budi Lar xumchani
35
o ‘choq tubiga Evklionning bobosi ko'mib ketganini, uni qurumsoq
chol o ‘zi topganini tomoshabinlarga hikoya qiladi. Evklionning qizi
Fedra m a’bud Larni dilida saqlab, doim unga xayr-ehson ko‘rsatib
kelgan. Serara bayrami chog‘ida Likonid
degan bir aslzoda Fedra-
ning nomusini barbod etadi, shunda Lar Fedraning rahmini yeb,
qiynalmay-netmay turmushga chiqishi uchun uning otasiga xa-
zinani ravo ko'radi. Muqaddimada bundan tashqari voqeani yax-
shilik bilan tugashi haqida ham so‘z boradi.
«Xazina» komediyasi o ‘z sahnaviy tuzilishining puxtaligi bilan
ajralib turadi. Evklionning xasisligi, boshqa qilmishlari o'zgalaming
so'zlari orqali oydinlashib boradi. Masalan, birinchi parda Evkli-
onni cho‘ri kampir Stafilani do‘pposlashi va oltin yashirilgan joyni
fahmlab qolishidan cho‘chib, uni uydan haydashi bilan boshlanadi.
Evklion uxlamoqchi bo'lib yotarkan, nafasi
hovri bekorga ketmas-
ligi uchun og‘zini qop bilan yopib oladi: yuvinarkar, suv isrof
bo‘lishidan yuragi uvishib, ko‘z yosh qiladi. Pyesada bufFonada
usuli keng qo‘llanilgan.
Evklion yo‘qolgan xumchani topib olib (uni qul Strabil
o'marib ketgan edi), tragikomik ruhda kantik (qo‘shiq) aytadi.
Evklion tomoshabinlarning biror narsani bilib qolishini istamaydi,
chunki ular orasida halol odamlarning borligiga ishonmaydi.
Men bitdim! Men halok! Voy, men qayerga
Yuguray, qayerga yuguray? To‘xta, ushla!
Kim? Kimni? Ko‘rmayman, bilmayman, men so‘qir!
Qayga boray! Men qaydaman? Men kimman?
Es-hushim yo‘q! Ko‘maklashing, yalinaman,
0
‘g‘irlagan kimdir, ko'rsating menga!
Nima deding sen?
Senga ishongim kelur,
Sen yaxshi odamsan, aftingdan m a’lum.
Bu nima? Kulasiz! Bilaman barchangizni,
Aksaringiz — o ‘g‘rilar, bunga shubha yo‘q.