mehr-shafqatli boiishlari — Menandr komediyalarining maqsadi
edi. Binobarin, bu adib ijodiga xos insonparvarlik va dilkusholik
tamoyiUari haqida bemalol gapirish uchun asos bo'la oladi.
Yangi Attika komediyasi Yunonistonda paydo bo'lgan drama-
turgiyaning so'nggi janri edi. Muammoning o'tkirligi, jiddiy ijti-
moiy-siyosiy masalalarni o'rtaga qo'yish bu komediya uchun xos
emas. Lekin xarakterlarni ishlash va xatti-harakatlarni keskinlash-
tirish sohasida mazkur komediyada muayyan siljishlar qilindi.
Undagi maishiy personajlarning, sujetlarning Rim teatri va keyin-
chalik yangi davr teatriga ko'chib o'tishi bejiz emas.