ARISTOTELNING «POETIKA» RISOLASI
Qadim zamondan bizgacha ko'hna yunon san’ati klassik davri
yutuqlarini umumlashtiruvchi bitta-yu bitta asar yetib kelgan. Bu
Aristotel (Arastu) ning yunonlarning qadimiy davridan (Gomerdan
boshlab) e. av. IV asr o'rtalarigacha bo'lgan san’ati haqidagi mo'jaz
«Poetika» risolasidir.
Aristotel (e. av. 384—322) antik olamning yirik mutafakkirlari-
dan, faylasuf — qomuschi, Aleksandr Makedonskiyning ustozi
bo'lgan. U umrining ko'p qismini Afinada o'tkazgan.
Aristotel tabiiy fanlar, falsafa, tarix, huquq, axloq, tibbiyot va
boshqa sohalar bo'yicha risolalar yaratgan. Adabiyot va teatr tarixi
bobida uning «Poetika» asari eng ahamiyatlisidir.
«Poetika» to'laligicha saqlanmagan. Uning san’atning estetik
ahamiyati, estetik idrok etishning mohiyati, ba’zi san’at turlarining
o'ziga xos xususiyatlari haqida so'z boruvchi birinchi qismigina
bizgacha yetib kelgan.
Aristotelning fikricha, san’atning tub mohiyati hayotiy borliqni
haqqoniy aks ettirishdan iborat. Aynan shu sababdan ham san’at bilish
va estetik zavq berish qimmatiga ega. San’at voqelikni gavdalantirib-
gina qolmay, uni badiiy tarzda tushuntirib ham beradi. Aristotelning
fikricha, san’atda kishilar hayotidan olingan turli voqealargina emas,
shuningdek, yuz berishi mumkin bo'lgan voqealar ham aks ettiriladi.
Zotan, shoir tarixchidan farqli ravishda voqealar sharhchisi emas, balki
voqelikni badiiy umumlashtiruvchi mutafakkirdir.
27
Risolada
Aristotel jiddiy
poeziyaning asosiy janri
deb
hisoblagan tragediya haqidagi ta ’lim yetakchi o'rin tutadi. Aristo-
icluing fikricha, «tragediya muayyan hajmli, turli qismlari til yor-
damida turlicha sayqallangan bayonot vositasida emas, balki xatti-
harakat orqali gavdalantiriladigan achinish va qo'rquv bilan inson
ruhini poklovchi muhim va tugal voqea tasviridir».
Aristotel tragediya olti tarkibiy qismdan iborat bo'lishi kerak,
deb hisoblaydi. Bular — fabula (voqea), sajiyalar (xarakterlar),
fikrlar, so'z ifodasi, musiqa qismi, sahnaviy shart-sharoit. O'z
aiiamiyati jihatidan bu qismlar bir xil qimmatga ega emas. Aristotel
fabulaning tarkibiy birligi masalasini birinchi o'ringa qo'ygan.
Fabula tugal, yaxlit va ma’lum hajmga ega bo'lishi kerak.
Aristotel voqea yaxlitligiga erishish yo’li haqida so'z yuritib,
xatti-harakat birligi qoidasini olg'a surgan: xatti-harakat esa bir vo
qea yoki bir personajning taqdiri bilan bevosita bog'liq va har qan-
day tasodif, ikir-chikir narsalardan xoli bo'lishi lozim.
Aristotel ikki xil, ya’ni «oddiy» va «murakkab» fabula turini
farqlash Iozimligini uqtiradi. Tztirob chekish har ikki holat uchun
zaruriy unsur hisoblanadi. Oddiy fabulali tragediyada xatti-harakat
tasodiflarsiz, bir maromda rivojlanib boradi. Murakkab fabula aso-
sini esa keskin burilish (peripetiya) va bilib otish (nom a’lum nar-
saning m a’lum bo'lishi) usuli tashkil etadi. Aristotel murakkab
fabula turini afzal ko'radi.
Aristotel sajiya (xarakter)larning qat’iy, haqqoniy va izchil
bo'lishini uqtiradi. Tragediya qahramoni badxulqli kimsa emas,
xushxulqli, saodatinand kishi bo'Imog'i kerak, shunda uning dilini
qoplovchi iztirob va g'ulg'ula undagi jinoyat yoki qusurning natijasi
bo'lmay, balki tasodif natijasi sifatida tug'iladi.
T a’kidlab o'tilganidek, Aristotelning fikricha, tragediyaning
maqsad-mohiyati odamlarning dilida achinish va qo'rquv uyg'otish
bilan «inson ruhini pok!ash»dan iborat.
Tragediya sahna san’atining ta’sir kuchi bilan tomoshabinlar
dilida rahm-shafqat va qo'rquv hislarini uyg'otadi, ularning ruhiy
tinchini buzib, bu sezgilarni behad keskinlashtiradi, so'ng insonga
yengillik, orom baxsh etib, uni ko'ngil g'ulg'ulalaridan musaffo etadi.
«Poetika» haqida so'z borganda, Abu Nasr al Forobiy (873—
950) ning «Shoirlar san’ati qonunlari» risolasini eslamay o'tib
bo'lmaydi. «Muallimi soniy» (Aristoteldan keyin «ikkinchi mual-
lim») nomini olgan bu ulug' alloma yunon faylasufi estetik qarash-
larini shu qadar teran ilmiy sharhlab bcrdiki, bu hamon o'z qim-
matini saqlab keladi.
.8
E L L IN IZ M DAVRI TEATRI
|