Seneka G ‘arbiy Ovro'po teatri tarixida alohida o'ringa ega.
Uyg'onish davri gumanistlari shu dramaturg asarlari orqali antik
tragediya bilan tanishadilar. Seneka tragediyalari italyan va keyin-
roq fransuz va boshqa xalqlar tragediyasi rivojiga o'z ta’sirini
ko'rsatgan.
O'zbek o'quvchilari Rim adabiyoti asarlari bilan 1930-yillarda
ulug' adib-Oybek taijimasida tanishganlar. Bu tarjimalar,
shu jum-
ladan Plavtning «Maqtanchoq jangchi», «Xumcha», Terensiyning
«Qardoshlar» Senekaning «Medeya» pyesalaridan olingan parchalar
Oybekning 20 jildlik «Mukammal asarlar» to'piamining 15-jildiga
kiritilgan.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Rim teatri yunon teatrining qanday
manbalariga asoslandi
va u sahna san’ati rivojiga qanday yangiliklar bilan hissa qo'shdi?
2. Rim komediyasining rivojlanishi. Nega rim komediyanavis-
lari uchun Aristofan emas, balki
yangi attika komediyasi
(Menandr) asarlari namuna bo'lib xizmat qildi? «Maqtanchoq
jangchi» asari tahlili asosida Plavt komediyalariga xos xalqchillik
ohangini izohlab bering.
3. Nega Seneka aynan yunon fojey sujetlari,
ayniqsa Yevripid
asarlari sujetidan foydalangan? Nega Seneka tragediyalarida qonli
voqealar, qahramonlarning shafqatsizligi («Medeya*) bo'rttirib
ko'rsatilgan?
4. Yunonistonda mo'tabar, savobli deb hisoblangan aktyorlik
kasbi
nega qadimgi Rimda uyatli, tahqirli kasb deb hisoblangan?
Qaysi Rim aktyorlarining nomi bizgacha yetib kelgan?
5. Yozuvchi Oybek Rim dramaturgiyasidan qaysi dramaturg
larning qaysi pyesalarini o'zbek tiliga taijima qilgan?
39