S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

IKKINCHI BO‘LIM
UYG‘ONISH DAVRI VA XVII ASR
KLASSITSIZM TEATRI
Melodiy eraning V asrida Rim imperiyasi qulagach, xristianlik 
mafkurasining kuchli tazyiqi ostida antik davrda yaratilgan badiiy 
yodgorliklar qatag'onga uchraydi, Yunoniston va Rimda dunyo 
yuzini ko'rgan san’at asarlari, teatr an’analari unutila boshlaydi. 
Cherkov o'z teatrini yaratadi: ibodat dramasi, mirakl, misteriya, 
moralite yetakchi janrga aylanib, keng ommani nasroniylik g‘oyasi 
atrofida uyushtirishda eng ta ’sirli targ'ibot vositasiga aylanadi. Ayni 
chog'da san’ati qishloq marosim tomoshalari asosida tug'ilib, om- 
maning erkparvarlik kayfiyatini ifoda etgan xalq teatri namoyan- 
dalari — gistrionlar san’ati ham yashashda davom etdi.
Bu davrga kelib, dunyoviy shukuhbaxsh teatr san’atining keng 
taraqqiy etishi uchun o‘rta asrcha mutaassibona qarashlarga to'siq 
bo‘la oluvchi yangi ijtimoiy munosabatlar shakllanishi talab etilardi.
Shunday ijtimoiy munosabatlar Ovro'po mamlakatlarida XIV—
XVI asrlarda ro‘y berdi. Tarixga Uyg'onish (Renessans — fr. Re- 
natssance) davri sifatida kirgan bu ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ta- 
raqqiyot davri Ovro'po teatr san’ati tarixida yangi rivojlanish dav- 
rini belgilab berdi.
Erkin, hur inson aynan Uyg'onish davrida jamiyatning oliy ti- 
lagiga aylanadi. Yaqin o'tmishda dag'al masxarabozlik, aqidaparast- 
lik makoni bo'lib kelgan sahna endi ulug'vor g'oyalar, teran falsafiy 
mushohadalar maskaniga, umumxalq minbariga aylanadi. Sahnada 
zamonning ur-yiqitlari o 'z aksini topadi, nozik, ruhiy kechinmalar 
tadqiq etiladi; shu bilan birga tomoshabinlar ichakuzar sahnaviy 
hazil-mutoyiba va hangomalami zavq-shavq bilan qarshi oladilar.
Renessans davri teatri XV—XVI asrlar bo'sag'asida Italiyada 
shakllanadi, so'ng Ispaniyada yangi taraqqiyot bosqichiga kirib 
Angliyada Shekspir zamonida kamolot cho'qqisiga ko'tariladi.
40


Iqtisodiy taraqqiyot dastlab Italiyada boshlanadi. Italiya qulay 
jo ‘g‘rofik shart-sharoitga ega bo'lganidan G'arbiy Ovro‘poning 
boshqa mamlakatlariga qaraganda avvalroq Sharq mamlakatlari bi­
lan yaqin aloqa o'rnatadi va bu Italiya shaharlarining qisqa vaqt 
ichida boyib ketishiga sabab bo'ladi. Italyan savdogarlari Tur- 
kistonning turli shaharlarida savdo-sotiq ishlarini yo'lga qo'yadilar. 
Shu bahonada ular bu sarhadlarda yaratilgan san’at asarlarini 
qo‘lga kiritishni ham unutmaydilar. Ayrim ma’lumotlarga qara­
ganda, ulug‘ Navoiy asarlari XVI asrda italyan tiliga tarjima qilina 
boshlangani bejiz bo'lmasa kerak.
Italiyaning yangi davr teatr san’ati rivojiga qo'shgan hissasi 
beqiyos: aynan shu zaminda tragediya, komediya, pastoral 
(cho'ponnoma) yangi taraqqiyot yo'liga kirdi, opera yaratildi, 
drama san’atining asosiy qonuniyatlari ishlab chiqildi, birinchi teatr 
binolari qad ko‘tardi, spektaklni yangicha bezash tamoyillari joriy 
etildi.
Italiyaning dramaturgiya sohasida boshlovchilik mavqeyini 
egallashi uning qadimgi Rim badiiy merosining vorisi va uni qayta 
o'zlashtiruvchisi sifatida maydonga chiqishi bilan belgilandi. Plavt, 
Terensiy, Seneka asarlari awal lotincha, so'ng yangi italyan tiliga 
o ‘girilgan holatda zodagonlar saroylarida ko'rsatiladi. Shu zaylda 
original asarlarga yo'l ochiladi.
Jahonga mashhur «Telba Roland* dostonining muallifi ulug‘ 
italyan shoiri Ludaviko Ariosto (1474—1533) yangi teatr mash’alani 
yoqqanlardan biri bo'ldi. Uning «Sandiq haqida komediya»si 1508- 
yili ferrara saroyida sahnalashtiriladi. Bu Rim namunasi asosida 
yozilgan birinchi original komediya edi. Unda qullar va cho'rilar, 
uchar malaylar va ularning betashvish xo'jalari bamisoli qadimgi 
rim teatridan kirib kelgan qahramonlarga o ‘xshardilar. Antik ko­
mediya shakli orqali bolsa-da, har qalay, shonli davming turmush 
lavhalari yarq etib ko‘rinib turardi. Bir o'rinda qahramonlardan biri 
sudxo‘rdan qarz olgani haqida so‘z ochsa, boshqa o'rinda bir so- 
hibjamolning noz-karashmalari ta’riflab beriladiki, bu faqat shu 
zamon juvonlariga xos bo'lishi mumkin: «Ko‘zgu qarshisida qad- 
qomatini ko'z-ko'z qilib turli holatlarga solar, qosh terar, biqin va 
ko'kraklariga ko‘targichlar qo‘yar...».
Saroy komediyanavisi zamondoshlari sha’niga keskin gaplarni 
aytishdan ham toymaydi. Malaylardan biri, masalan, shunday xitob 
qiladi: «E-he, sohibi davlatlar fe’lini obdon bilib oldim. Ular ma-
ITALIYA TEATRI
41


laylarini ostonasi oldiga qorovul qilib qo‘yib, uylariga faqat 
qalloblar, qo'shmachilar, turli qalang‘i-qasang'i zotlami qo‘yadilaru 
halol, oliyjanob fuqarolami oldiga solib haydaydilar..». Serhasham 
va dabdabali bezak, sururli lavhalar va ayniqsa, malaylarning oldi- 
qochdi hangomalari, oshiq-m a’shuqalaming gashtli uchrashuvlariga 
boy bu spektakl saroy zodagonlarida teatr san’atiga nisbatan katta 
qiziqish va ixlosmandlik tuyg'ularini belgilab bergan edi. Ariosto 
«Almashilganlar», «Talabalar», «Afsungai>, «Qo‘shmachi» komedi- 
yalarida ham o 'z shahri Ferrara hayoti haqida hikoya qilgan.
Zodagonlar dilxushligiga qaratilgan ko'plab komediyalar o'z 
vazifasini o ‘tab, tarix sahifasidan tushib qolgani tabiiy. Lekin 
Uyg'onish davri italyan komediyalari orasida bir asar borki, u 
hamon yashashda davom etib, teatr sahnalarini bezab keladi. Bu 
Nikollo Makiavelli (1469—1527) qalamiga mansub «Mandragora» 
(1514) asaridir. Atoqli yozuvchi, tarixchi Makiavelli bu asarida 
Ariosto an ’anasini davom ettirib, komediya san’atini yangi 
bosqichga olib chiqdi.
Yangi davr hayotiga teranroq nazar tashlagan kishi behuda 
shodlik uchun asos topolmasligi aniq edi. Makiavelli komediyasida 
o'kinchli kechinmalar hajv ohanglariga qorishiq tarzda ifodalangan. 
Pyesa 
cho'ponlarning 
beshafqat 
hukmdorlar 
adolatsizligidan 
o'kinchli nolalari bilan boshlanadi, so'ng iztirobli ohanglar hajviy 
lavhalarga tutashib ketadi: yosh va go'zal Lukretsiyaga uylangan 
huquq doktori, boy, lekin laqma va beor Nicha farzand ko'rishni 
istab qoladi. Shunda sohibjamol Lukretsiyaga oshiq Kallimako de­
gan yigit o'zini naslsizlikni davolovchi faranglik mashhur tabib deb 
e’lon qiladi. Ayol mandragora degan o'simlik sharbatini ichishi 
kerak, shunda farzand ko'radi; lekin buning bir xatarli tomoni bor: 
uni ichgan ayol bilan birinchi aloqada bo'lgan kishi o'lar ekan. 
Nicha bola ko'rishni istaydi-yu lekin o'lishni istamaydi. Chora to- 
piladi: ayol yotoqxonasiga birinchi ko'ringan yo'lovchini taklif 
etishga kelishiladi, unga Nidha ham rozi. Bu yo'lovchi o'z qiyofa- 
sini o'zgartirib olgan Kallimako bo'lib chiqadi.
Ruhoniy Lukretsiyani xiyonat yo'liga tortarkan, shunday deydi: 
«Bu ish yo'lida muqaddas yozuvlami ikki soatdan ortiq diqqat bilan 
o'rganib, ko'p saodatli fatvoyu o'gitlarga duch keldim. Bu ishni 
gunoh deyish g'irt yolg'on, ruhimiz gunoh qiladi, xolos, jismimiz 
emas. Xotin er ko'nglini topolmasa, gunohga botadi, siz er 
ko'ngliga yo'l izlayapsiz; zino lazzatini o'ylagan gunohga botadi, 
siz uchun bu ish lazzat emas, ko'ngilsizlik». U o'git-nasihatlarini 
«Maqsadingiz — jannatga jonzot ato etish va eringiz uchun kori
42


xayrli ish qilishdir*, deya ko'tarinki ruhda yakunlaydi.
Lukretsiya o'z erining burdsiz va benomusligi harnda rohib 
Timoteoning riyokorligi va qabihligiga ishonch hosil qilgach, Kal- 
limakoni, «Tayanchim, rahnamoyim*, deb u bilan bo'lib ketadi. 
Lukretsiyaning bu ahdu paymonida Uyg'onish davrining ezguligi 
ifoda etilgan; yosh Lukretsiya sevgisiga — boy, qartaygan Nicha 
emas, balki yosh Kallimako munosib; shu tarzda sahnada erkin 
muhabbat madhi yangraydi, oshkora hajv orqali «Parvardigor ka- 
lomi»ni sotib, firibgarlik yo'liga kirgan cherkov ruhoniylari fosh eti- 
ladi.
Makiavelli zamonaviy hayot haqida o'tkir hajviy komediya 
yaratish bilan italyan 
«ma’rifiy komediya»si tarixida yangi 
yo'nalishni belgilab berdi. Makiavelli asaridan so'ng Petro Aretino, 
Jordano Bruno kabi adiblar bir qator hajviy komediyalar yaratdilar.
Italyan komediyanavislari o'z pyesalariga sahna asarlari tarzida 
emas, ko'proq o'qishga mo'ljallangan adabiy asar sifatida qara- 
ganlar. Shu bois «ma’rifiy komediya* namunalari sahnaboplik ji- 
hatidan yuqori saviyaga ko'tarilmadi va ulami sahnalashtirish odat 
tusiga kirmadi.
Uyg'onish davri italyan komediyasi qadimgi rim namunalariga 
taqlidan yaratilgan bo'lsa, tragediya sohasida Sofokl, Yevripid va, 
asosan, Seneka asarlarida qo'llanilgan mif, xor va yozuv qoidalari 
to'laligicha qabul qilib olindi. Aristotelning «Poetika»sida ilgari 
surilgan xatti-harakat birligi qoidasi italyan nazariyachilari to- 
monidan uning yoniga yana o'rin va vaqt birligi qo'shilgan holda 
ishlab chiqildi va amalga joriy etildi. Dramaturglarni, ayniqsa, 
qonli voqealar qiziqtirardi: bu davrda yaratilgan tragediyalarning bi- 
rortasi qonli intiqom, ko'r-ko'rona rashk, shafqatsizlik dahshatlari- 
dan xoli emas. Tragediyaning besli pardadan iborat bo'lishi, she’riy 
tarzda yozilishi va, tabiiyki, uch birlik qoidasiga bo'ysundirilishi 
belgilab qo'yildi. Keyinroq bu qoidalar fransuz klassitsizm teatri 
uchun asos bo'lib xizmat qildi.
Yangi davr teatr m e’morchiligida ham Italiya namuna bo'lib 
xizmat qilgan. Italiya me’mori Sebostyan Serlio qadimgi rim 
me’mori Vitruviy asarlari asosida 1545-yiIi «Me’morchilik haqida* 
kitobini yozib, unda antik teatrning ba’zi jihatlari bilan zamonaviy 
teatr uyg'unligi talabini olg'a surdi. Serlio loyihasini o'zi amalga 
oshirolmadi, m e’mor Andre Palladio shu loyiha asosida Vichense 
shahrida «01impiya» teatrini tiklaydi. Bino 1580-yili qurila bosh- 
langan, Palladionning o'g'li va shogirdi Vincheniye ishni davom et- 
tiradi va teatr 1585-yili Sofoklning «Shoh Edip* asari bilan ochi-
43


ladi. Binoning eng afzal jihati uning tomosha zali bilan sahnaning 
o'zaro uyg'unligi (ko'rish, eshitish)da edi. Sahna ortida qad 
ko'tarilgan uchta ulkan ark orqali uzoqlikka cho‘zilgan ko‘chalar 
go‘zal shahar timsolini yaratar, old sahna tepaligi-peshtoqiga va 
yarim doira shaklidagi zalning orqa devorlariga ishlangan haykal va 
tasvirlar bilan ajib uyg'unlik kasb etgan edi. Ming kishiga 
mo'ljallangan ushbu teatr binosi hozirda ham mavjud.
XVII 
asrda ko‘p yarusli, balkon va lojalarga ega uch minglab 
tomoshabin sig‘adigan teatr binolari qad ko'taradi. 
Italyan 
m e’morlari teatr qurilishi sohasidagi yutuqlarini Ovro'poning 
Avstriya, Ispaniya, Fransiya, Germaniya kabi mamlakatlariga olib 
kirganlar.
Tragediya, komediya va pastoral janrlarida yaratilgan asarlar 
umumxalq mulkiga aylanolmadi. Bu asarlar zodagonlar saroylarida, 
alloma ziyolilar doiralarida havaskorlar ijrosida vaqti-vaqti bilan 
namoyish etib kelingan. Keng xalq orasida italyan san’atining 
boshqa turi, ya’ni niqoblar komediyasi — komediya del arte — 
badihaviy italyan professional teatri shuhrat qozondi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish