(G'afur G'ulom tarjimasi)
Otello «odil» hakamlik hukmini ado etish oldida shunday
rashki so'niq, parishon holatda ko'rinadi
M avr gunohkorni yo'q qilmokchi bo'lib, o'zi jinoyatchi bo'lib
qolganini anglagach, o'zini o'zi o'ldiradi. U endi Dezdem ona
gunohkor emasligini biladi. O 'lim i oldida yana Otelloning qalbida
ishonch tuygulari barq uradi; bu aw algidek chalg'ishlarga moyil,
havoyi ishonch bo'lm ay, balki chiniqqan, sog'lom , m ustahkam
ishonch tuyg'ularidir.
Shekspirning qadimgi solnom alarda qayd etilgan Britaniya qi-
roli Lir haqidagi qissa asosiga qurilgan «Qirol Lir» tragediyasi
um um bashariyat taqdiri bilan bog'liq ulkan badiiy um um lashm a
tarzida dunyoga kelgan. Asar qartayib qolgan Lim ing yer-suv, dav-
64
latini qizlariga o ‘zaro bo'lishidan boshlanadi.
0
‘z otasiga riyokorlik
bilan uni ziyod darajada sevishini aytgan G onerilya va Regana qirol
mulkiga to ‘la ega bo'lganlari holda otasini faqat farzand darajasida
sevishini aytgan Kordeliya ota g‘azabiga uchrab, quvg‘in ostiga oli-
nadi. Hokimiyatni qizlari ixtiyoriga berib ham aw algidek hukm
surmoqchi bo'lgan Lir aw al to ‘ng‘ich qizi, so'ng o'rtanchasi to-
m onidan tazyiq va quvg'inga uchraydi. Mulozimlari bilan och-
yupun sahro kezib, azobda qolgan Lirga Kordeliya yordamga ke
ladi, lekin opalarining hukmi bilan qam oqqa olinadi va o'sha yerda
o'zini o'zi osib nobud qiladi. Lir ham azoblar iskanjasida dunyodan
o'tadi.
«Qirol Lir* tragediyasi mohiyatini tabiatda, kishilik jamiyati va
inson taqdirida bosh ko'targan bo'ron va yovuz kuchlar xuruji bel-
gilaydi. Bir tom onda — m ulkdorlar, ezuvchilar; boshqa tom onda —
yo'qsillar, eziluvchilar; bir tom onda — Liming shafqatsiz qizlari
Regana, Gonerilya va sotqin Edm und, boshqa tom onda — Liming
qahriga uchrasa-da, unga sodiq qolgan Kent, ko'zi o'yib olingan
darbadar G loster; akasining quvg'iniga uchragan Edgar, Liming
baxtsizligida ham unga sodiq qolgan dono masharabozi. Ham -
mayoq alg'ov-dalg'ov, odam lar orasida insoniylik rishtalari uzilib
bitgan. Lirning qalbida ham bo'ron ko'tairiladi. Uning ko'z o'ngida
butun haqiqat achchiq va fojiona qirralari bilan nam oyon bo'ladi.
U ning savdoyi bo'lishi yaqin. Lekin bu aqlni uyg'otuvchi palla
ham dir. U butun o'tm ish hayoti-yu dunyo haqidagi tushunchalarini
qaytadan aql ko'zidan o'tkaza boshlaydi. Uning qarshisida jam iyat-
ning jirkanch va nobopligi qad ko'taradi. bu m uhitda odam lar bir-
birini insoniylik yuzasidan emas, balki nufuzi va boyligi nuqtayi
nazaridan baholanishini anglab oladi.
«Makbet»dagi voqealar sirtdan «Richard III* solnomasi sujetini
eslatib turadi. H ar ikkalasida ham taxtni qo'lga kiritib, uni zo'rlik
va m akr-hiyla bilan ushlab turishga harakat qiluvchi va oxiri shu
yo'lda qurbon bo'luvchi qonxo'r va bebosh kimsalar harakat qiladi-
lar. M akbet va Richard kabi hech narsadan tap tortm aydigan,
yovuzligi hadsiz, qudratli bir shaxs. Lekin Richard tabiatan yovuz:
u tabiatning chala va badburish bo'lib tuzilgan «g'ayriqonuniy
o'g'li»dir. M akbet esa qotil bo'lib tug'ilmagan. U tragediya boshida
oliyjanob shotland zodagoni; shavkatli qo'm ondon, hushfe'l qirol
D unkanning sodiq noibi sifatida ko'rinadi. Makbet do'sti Banko
bilan uch alvastiga «Bo'lg'usi qirol Makbetga shon-sharaflar
bulsin!* deya hayqirganlarida ham unda o'zgarish sezilmaydi.
Darvoqe, alvastilar xususida: bu «zamin ko'piklari» hech qachon
65
yaxshilik alom ati bo'lgan emas.
«Makbet»ni «tun fojeasi» deb ataydilar. C hindan ham uning
ko'p sahnalari tunda sodir bo'ladi: M akbet va uni jinoyatga unda-
gan xotini D unkanni chavoqlam oq uchun tun qorong'uligida ti-
trab-qaqshab uning uxlayotgan xonasiga kirib boradilar: Makbet
yuborgan qotillar ham Bankoni tun qa’rida nobud qiladilar;
M akbetxonim ham shu tun qo'ynida q o iid a n qon yuqini ketkazish
niyatida, saroy ichra alahsirab, dovdirab yuradi. Lekin Shekspir
tragediyasida tun voqea o'tuvchi vaqt m a'nosinigina anglatmaydi.
Bu zam in uzra yopirilish dahshatli zulm at obrazi tarzida ham
nam oyon bo'ladi. Alvastilar shu zulm atning hokimlaridir. Qon va
makrli shu olam shayton misol tabiatan ulug'likka daxldor Makbet
qalbini zabt etib oladi. Tragediya m azm unini tashkil etuvchi, ya’ni
oliyjanob jangchining qotil va beshafqat kishiga aylanishi alvastilar-
ning bashorati bilan bog'liq emas. Opalarning «g'oyibdan keluvchi
chaqirig‘i»
Makbet
qalbida
yashiringan
ilinj
va
kuchlam i
uyg'otishga turtki bo'ladi, xolos. Buyuklik buyuk ishlarga munosib.
G 'ayriinsoniy kuch-qudrat egasi bo'lgan Makbet Uygonish davriga
xos o'zini ko'rsatish, tasdiqlashdek axloqiy aqidaga yarashiq yanada
yuqoriga ko'tarilish qanday y o i bilan bo'lm asinki, dilidagi
hukm dorlik niyatini ro'yobga chiqarishga urinadi. Lekin axloqiy ta-
yanchsiz
bunday
xudbinlikning
adolatsizlik
va
yovuzliklar
tug'dirishi turgan gap. Shekspirona fojeiylikning, shu jum ladan
*Makbet»ga xos fojeiylikning tarixiy zamindorligi shundadir.
Pyesada qora kuchlar m utlaq ustuvor emas. M asalan, alvasti-
larning M akbetni qotillikka undovchi bashoratlari Bankoga ta ’sir
ko'rsatm aydi. Demak, har kim o 'z yo'lini o'zi belgilaydi. Makbet
esa qotillik yo'lini tanlaydi va bunday tavakkalchilik, «balandparvoz
aql» qistovining natijasi o'laroq tanholik, hadik, qo'rquv va azoblar
girdobiga ro 'b aro ' bo'ladi. U odam o'ldirib, har safar so'nggi qotil
lik deb o'ylaydi. Lekin «qon qonni chaqiradi». U chiqib ketishning
iloji yo'q ikki yog'i berk ko'chaga kirib qoladi; taxtni ushlash,
saqlanish uchun o'ldiraveradi:
Bir zam onlar tun qa'ridan uchgan qichqiriq
Yuragimni m uzlatardi, og'ir hikoya —
Tinglarkanm an, b o 'lar edi sochlarim tikka,
Endi shundoq, to'yibm anki dahshatlarga m en,
Yovuzliklar xususida o'ylaganda ham
Seskanm aym an.
66
M akbetning qismati—bu qalbning asta-sekin, beto‘xtov so'nishi
va halokati tarixidir. Asar oxirida u inson uchun xos bo'lgan
so‘nggi-qo‘rqish xislatlaridan ham m ahrum bo'lib qoladi. Endi
unga ham m a narsa, hatto qachonlardir sevimli bo'lgan xotinining
o'lim i («Bir kungina keyin o'lsa nim a qilardi!») ham farqsiz bo'lib
qoladi.
01
am uning ko'z o'ngida lo'ttibozlik, ko'pik misol om onat
va bem a'nilik um m oni bo'lib qad ko'taradi.
Hayot faqat soya, yarim soat sahnada
Qiyshanglagach, unutilgan masharaboz u.
U qissadir, m azm unini ahm oq so'zlagan;
So'zi bilan havosi ko'p, o'zi bema'ni.
Shekspir boshqa tragediyalaridagi kabi «Makbet»da ham e'tiborini
birgina obrazga qaratgan emas. Bu asarda ham ko'plab insoniy taqdir-
lar, davlat va xalq qismati o 'z ifodasini topgan. Makbetning jinoyati
tufayli Shotlandiya harobalik, dardu alam makoniga aylanadi.
Erkaklardek sug'uraylik qilichni qindan,
Toki, navo topsin bizning benavo vatan.
U nda beva-bechoralar, yetimlar ohi
Ustun bo'lib ko'tarilar falakkacha to.
Aks-sado berib bunga falak ham hatto,
Shotlandiya toleyiga yosh to 'k ar xuddi.
|