ESXIL (E. AV. 525-456-y.)
Esxil, Sofokl, Yevripid Afina demokratiyasi rivojining uch
davrida ijod qilib, yunon tragediyasi taraqqiyotining uch bosqichini
belgilab berganlar.
Esxilning ijodi Afina demokratik davlatining shakllanish davri
bilan bogiiq edi. Bu davlat e. av. 500—449-yillar davomida qisqa-
qisqa tanaffuslar bilan davom etgan yunon-eron urushlari davrida
shakllandi.
Esxil Afinaga yaqin Elevsin degan shaharda oqsuyak xonadoni-
da dunyoga kelgan. U Marafon va Salamin janglarida ishtirok etadi
va bu voqealarni o‘zining «Eroniylar» (e. av 472-y.) tragediyasida
hikoya qilib beradi. Esxil umrining so‘ngida Sitsiliyaga keladi va
shu yerda (Gele shahrida) dunyodan o ‘tadi.
Esxil 80 tacha tragediya va satirlar dramasini yozgan. Bizgacha
7 ta tragediyasi toialigicha, boshqa asarlaridan kichik parchalar ye-
tib kelgan.
Esxil
tragediyalarida
o ‘z
davrining
asosiy
tamoyillari,
urug'chilik tuzumining yemirilishi va Afina quldorlik demokra
tiyasining shakllanishi natijasida ijtimoiy va madaniy hayot soha-
sida yuz bergan o'zgarishlar o ‘z ifodasini topgan.
Esxil e’tiqodi mustahkam, dindor kishi boigan. U, olamni
boshqaruvchi odil kuch bor va har qanday mavjudot shu kuchning
haq hukmiga bogiiq, bilib-bilmay qilingan gunohining xudolar to-
monidan jazolanishi va adolatning qaror topishi muqarrar, deb tu-
shungan. Intiqom muqarrarligi va adolatning qaror topishi g‘oyasi
Esxilning hamma tragediyalarida ko'zga tashlanib turadi.
10
Esxil taqdiri azal (Moyra)ga ishonib qaragan. Uning nazdida,
hatto, xudolar ham taqdir izmidan chiqolmaydi. Lekin ayni
zamonda Afina demokratiyasi uning dunyoqarashiga ta’sir etmay
qolmadi. Xususan, Esxil qahramonlari xudo irodasiga ko'r-
ko'hrona itoat etuvchi, mute mavjudotlar emas. Ular aql-zakvovati
o ‘tkir va butkul o'z xohishicha, mustaqil ravishda harakat qiladilar,
hayotdan o 'z mavqeylarini topish uchun kurash olib boradilar. In-
sonning o 'z a ’moli oldida axloqiy burchdorligi Esxil trage-
diyalarining bosh mavzularidandir.
Esxil o'z tragediyalariga ikkinchi aktyomi olib kirdi va shu bilan
fojeaviy to'qnashuvlami ancha teran ishlash va xatti-harakat jihatlarini
kuchaytirish imkoniga erishdi. Bu teatr san’atida yuz bergan chinakam
burilish nuqtasi edi: bittagina aktyor bilan xor ishtirok etuvchi eski tra
gediya o'miga sahnada o'zaro olishuvlar orqali personajlaming fe’l-
atvori ochiladigan yangi xildagi tragediya paydo bo'ladi.
Esxilning ilk tragediyalari («Iltijo go'ylar», «Eroniylar»)da
asosiy o'rin xorga ajratilganidan dramatik to'qnashuv o'ta sust ri-
vojlangan. Esxil asarlarining tizimi, qurilmasi ham tragediyaning
difiramb (tantanavor qo'shiq — madhiya)dan kelib chiqqanligini
ko'rsatib turadi.
Bizgacha yetib kelgan deyarli barcha tragediyalar prolog (mu-
qaddima) bilan boshlanadi. Prologdan so'ng orxestraga xor kirib
keladi va pyesaning oxiriga qadar bu yerdan jilmaydi. Xorning or
xestraga shu chiqishi parodl deb atalgan. Paroddan so'ng episo-
diylar, ya’ni tragediyaning dialoglarga asoslangan qismi boshlangan.
Xorning oixestraga kirib kelgandan keyin aytiluvchi qo'shiqlari sta-
simlar deb atalgan, tragediyaning xor orxestrani tashlab ketgach,
davom etadigan oxirgi qismi eksod, ya’ni ketish deb atalgan. Tra
gediya odatda, 3—4 epizodiy va 3—4 stasimdan iborat bo'lgan.
Stasimlar bir-biridan keyin davom etuvchi strofa va antistrofalar-
dan iborat bo'lgan. «Strofa» so'zi burilish ma’nosini anglatadi. Strofa
va antistrofalar asosida qo'shiq aytilganda xor goh o'ng, goh so'l to-
monga siljib, fikr-tuyg'uga hamohanglik holatini yaratib turgan. Maz-
munan bir-biriga muvofiq strofa va antistrofa bir xil vaznda yozilishi,
yangi mazmundagilari esa boshqa vaznda yozilishi kerak bo'lgan.
Xor qo'shiqlari sibizg'a (fleyta) jo'rligida ijro etilgan. Shuning-
dek, ular raqs jo'rligida ham aytilgan. Bunday fojeaviy raqs emeleya
deb atalgan.
Esxilning «Eroniylar» (e. av 472-y.) tragediyasi uning ilk asar
lari jumlasiga kiradi. Bu zamona voqealariga bag'ishlangan va
bizgacha saqlanib qolgan yagona asar hisoblanadi.
11
Tragediya jo'shqin vatanparvarlik tuyg'ulariga to‘la. Esxil
Yunonistonning demokratik tartibi mustabid Eron tuzumidan ustun
ekanligi va shu bois ellinlar g‘alab'a qozonganligini ko‘p martalab
takrorlagan. Bu fikr Atossa bilan chopar orasidagi savol-javobda,
ayniqsa, yaxshi ifodalangan. Atossaning «Kim ekan ularda lash-
karga boshchi, hukmdor?* degan savoliga chopar «tiriklarga mute
qullar emas, bo‘ysunmas kishilar ular», «Elladaning kuchi nimada
ekan?» degan savolga «Fuqaro jasorati — ulaming qal’a-yu qalqoni
ekan», deb javob qaytaradi.
«Zanjirband Prometey» (qo‘yilgan vaqti nom aium ) asari Esxil
ijodida alohida o ‘rin tutadi. To‘ng‘ich m a’budlar naslidan boim ish
titan Prometey haqidagi afsonalar ko‘pgina yunon shoirlari uchun
ilhom manbayi boigan. Lekin Esxil birinchi b o iib Prometey
obrazini qahramonlik ruhida talqin etgan. Zevs insoniyat naslini
butkul yo‘q qilib yubormoqchi boiganda, Prometey arshi a io
mehrobidan tangri otashini o ‘g‘irlab odamlarga topshiradi. Odani-
zodga u yana imorat-koshonalar qurish, dehqonchilik, yowoyi
hayvonlarni o'rgatish, vaqtni o ichash, tabobat sirlarini anglash kabi
ko‘p kasbu ilmlarni o ‘rgatadi. Esxil insoniyat tarixini o ‘sish,
ulg'ayish tarixi tarzida ko‘rsatgan.
Prometey odamlarni omilkor, o ‘ta qudratli qilib qo'ygani
uchun
Zevsning
qahriga
uchraydi.
Zevsning
malaylaridan
Hukmdorlik va Zo'rlik tragediyaning muqaddima qismida tog‘
qoyasiga zanjirband etish uchun Prometeyni dunyoning eng chek-
kasiga, uzoq Skifiyagal olib keladilar. Bu mash’um voqea koinot
kuchlaridan
hech
birini
befarq
qoldirmaydi.
Prometeyning
onaizori — zamin m a’budasi, quyosh, tog iar, daryo, dengiz
toiqinlari va ilohiy Samo jabrdiydaga hamdard boiadilar.
Pyesada Zevs adolat va haqiqat ifodachisi emas, aksincha,
beshafqat, qasoskor, zolim tarzida Prometeyga keskin qarama-
qarshi qo‘yilgan. Zevsning qahrigina emas, sevgisi ham tahlikali; bu
Zevsning ishqiy hirsi tufayli uning qurboniga aylangan jabrdiyda Io
obrazi orqali alohida ta ’kid etilgan. Prometey Zevs malaylarining
yana ham dahshatliroq azoblar keltirishini aytib, do‘q-po‘pisalar
qilganda ham Zevsning muqarrar halokati sirlarini aytishdan bosh
tortadi. U Zevsning xabarchisi Germesga qarata shunday deydi:
Amin b o ik i, uqubatu g‘ussalarimni
Yugurdaklik xizmatiga alishmas edim.
M a’budlaming hammasini yomon ko'raman:
Yaxshiligim evaziga berdilar azob.
12
Zevsning zulm va istibdodiga qarshi bosh ko‘targan Prometey
tragediyada mson xurligi va saodati uchun kurashchi bo‘lib
gavdalangan. Prometey obrazi xur inson shaxsini ezib kelgan har
qanday qabohatga zarba berishda, erkinlik ideallarini mujassam
etishda o‘zining insonparvarlik mohiyati bilan bashariyatga xizmat
qilib keldi.
«Oresteya» (e. av 458) bizgacha toialigicha yetib kelgan yak-
ka-yu yagona tirilogiya namunasidir. Shu «Oresteya» orqali uch
asarni birlashtiruvchi t.rilogiya turi qadimda qanday bo'lganligini
anglash mumkin.
Trilogiya asosida yunon qo‘shinlarining sardori Agamemnon
yetishib chiqqan avlodning mudhish jinoyatlari haqidagi rivoyatlar
yotadi.
«Oresteya» trilogiyasi Esxil mahoratining eng yuqori samarasi
sifatida dunyoga kelgan. Unda to'qnashuvlar keskin tarzda rivoj-
lanib boradi, xatti-harakat tig‘iz, qahramon sajiyalari unchalik
mavhum va umumiy emas. Ba’zi qahramonlar hayotning o ‘zidan
olingandek ko'rinadi. Masalan, o ‘zining mashaqqatli qismatidan
nola chekuvchi soqchi yoki Orestni bolaligidan ardoqlab, katta qil-
gani haqida so'zlovchi enaga shunday obrazlardandir.
Esxil jamiyat rivoji tamoyillarini chuqur his etgan, o ‘z
zamonasi intilishlarini eng yorqin, to ia ifodalagan dramaturg
boMgan.
E. av. V asming oxiriga kelganda, Esxil asarlari o ‘sha davr ki-
shilariga birmuncha eskirgan bo‘lib ko‘ringan bo‘lsa-da, lekin ke-
yingi avlodlar uchun u birinchi ulug‘ fojianavis shoir bo'lib qoldi.
Esxil ijodi jahon poeziyasi va dramaturgiyasi rivojiga sezilarli dara-
jada ta ’sir ko‘rsatgan.
|