JAN BATIST POKLEN MOLYER (1 6 2 2 -1 6 7 3 -y .)
M olyerning nomi fransuz teatri tarixida komediyaning buyuk
islohchisi sifatida m uhrlanib qolgan. Molyer komediya janriga ijti
m oiy m a’nodorlik, hajviy yo'nalish va jozibador sahnaboplik fazi-
latlarini baxsh etdi.
Molyer qirol saroyida jihoz sozlovchi usta J. Pokelen oilasida
tug'ildi, imtiyozli o'quv yurtlaridan Klerman kollejida tahsil ko'rdi va
1643-yili o'ziga Molyer degan taxallus olib, hayotini teatrga bag'ish-
lashga ahd qildi. U bir guruh san’atkorlar bilan o 'n uch yil davomida
viloyatlarda o ‘zi asarlar yozib, spektakllar qo'yadi, rollar ijro etadi.
Molyer 1658-yili o 'z truppasi bilan Luvr saroyida, qirol Lyudovik
XIV va uning mulozimlari qarshisida o'z san'atini namoyish etadi.
Shu chiqish Molyer va uning truppasi taqdirida burilish nuqtasiga ay
landi. Molyer truppasi Parijda uchinchi teatr («Burgund oteli»,
«Mare» teatrlari qatori) sifatida qoldiriladi. U «Qirol inisining trup
pasi** nomini olib, Pti Burbon saroyi zalida ish boshlaydi, 1661-yildan
Pale-Royal teatri binosida o 'z faoliyatini davom ettiradi. Molyerning
keyingi 14—15 yillik umri shu teatrlarda o'tdi, komediya ham trage
diya kabi yuksak tarbiya vositasi ekanini ko'rsatuvchi asarlar yaratdi,
rejissyorlik va aktyorlik san’ati sohasida yangi tamoyillarga asos soldi.
Molyer yangi usuldagi kom ediya turini yaratishda xalq teatri
bilan adabiy dram aturgiya yutuqlarini o'zaro uyg'unlashtirish
yo'lidan bordi. «Sevgi mojarosi» (1656) komediyasi shu yo'ldagi
birinchi urinish bo'ldi.
M olyerning Parijdagi dramaturglik faoliyati uning 1659-yili
yozilgan «Kulgili tannozlar» komediyasi bilan avjga kiradi. U nda
chuchm al, havoyi saroy sevgi sinoatlari masxara ostiga olingan edi.
U nda tagi bo'sh, bejog'li nutqu beo'xshov qiliqlar saroy xonimlari
76
timsolini yaqqol ko‘rsatish darajasida m ohirona ilg'ab olingan, shu
bilan birga tabaqaviy kibru havo va dim og‘dorlik inson tabiatini
qanchalik poymol etib, uni qo'g'irchoq misol quruq savlatga aylan-
tirib qo ‘yishi ham ochib tashlangan edi. Asar favqulodda z o 'r m u-
vaffaqiyat qozondi. U qatorasiga 38 m arta ko'rsatildi.
T a’lim -tarbiya, axloqiy m unosabatlar mavzuyida yaratilgan
«ErIarga saboq» (1661), «Ayollarga saboq» (1662) kabi asarlarda
o ‘rta asrcha qarashlarga zid ravishda o ‘zaro sevishib turm ush qur-
ish, erkin tarbiyaning afzalligi masalalari ajoyib-g‘aroyib lavhalar va
obrazlar orqali ifoda etildi.
M olyem ing buyuk komediyalari «Tartyuf» (1664) asari bilan
boshlandi. «Don Juan yoki Tosh mehmon» (1665), «Odamovi»
(1666), «Xasis», «Soxta oqsuyak» (1668) shular jumlasiga kiradi.
«Tartyuf» asarida dindor qiyofasiga kirib, muqaddas kitoblardan
fatvolar topib kishilami yo‘ldan ozdirgan firibgar, riyokor kimsa fosh
etilgan: soddadil Orgon Tartyufning soxta «avliyo»ligiga shu qadar
ishonadiki, uning o'gitlarini qabul qilmagan o'g'li Damisni uyidan
haydaydi, qizi Marianani unga nikohlab berishga ahd qiladi, uyini
ham Tartyufning nomiga o'tkazadi. Uydagilar Tartyufning firibgar-
ligini aytib, Opgonning ko‘zini ochmoqchi bo‘ladilar. Lekin u Tartyuf
xotini Elmiraga yopishmaguncha, bu gaplarga ishonmaydi.
Tartyuf cherkov nom inigina sotmaydi: zig‘ircha ham tortin-
may, yurtparvarlik niqobiga ham kirib oladi. Orgondan olingan
hujjatlarga to ‘la quticha unga dastak bo'ladi. Shular yordamida
unga yaqindagina «hazratim» deya sig'ingan Orgonni avaxtaga
tashlamoqchi bo'ladi. Asar yaxshilik bilan yakun topadi: Tartyufni
qirolning o'zi fosh etadi.
«Don Juan» asarida Molyer aslzodalaming buzuq va qabih axlo
qiy qiyofasini fosh etdi. D on Juan bilan uning xizmatkori Sganarel
orasidagi ziddiyat oqsuyaklar o'zboshimchaligi bilan buijuacha sog'lom
qarashlar orasidagi qarama-qarshilikning ifodasi tarzida namoyon
bo'lgan. Bir suhbatda Sganarel xojasi hech narsaga ishonmasligiga
pisanda qilib, «Siz o'zi nimaga ishonasiz?» deb savol berarkan, Don
Juan: «Ikki karra ikki to'rt»ga, deb javob beradi. Don Juan aniq
mo'ljal, hisob-kitob bilan ish ko'ruvchi o 'ta ustomon kimsadir. Ni-
yati — inson zurriyoti tahqirlansa, guldek qizlaming or-nomusi top-
talsa, beg'ubor qalblari pora-pora bo'lsa? Bulaming jami komediyada
aslzodalaming bejilov xirs-havaslari natijasi tarzida ko'rsatilgan.
Hayotda D on Juanning jinoyatiga yarasha jazolar ko'zda tutilgan
emas edi. Lekin pyesada Molyer bunday qabih kimsaning jazosi o'lim
ekanini yashirmaydi. Don Juanni o 'z qa’riga oluvchi ajal bo'roni,
77
chaqinlar shunchaki sahnaviy jozibadorlik vositasi bo‘Iibgina qolmay,
ayni chog'da qasosli dunyoning qaytishi sifatida idrok etiladi.
«Odamovi» asari Alsest bilan uning do'sti Filint orasidagi m u-
nosabatdan boshlanadi. Filint odam lar bilan m urosa-yu m adora
qilib yashashni afzal ko‘radi. U turm ush tarzini o ‘zgartirish qiyin
ekanini
sezgach,
yom onlikka
qarshi
kurashishga
ne
hojat,
ko'pchilikning yo'rig'iga qarab yashash m a’qul-da, degan fikrga ke
ladi. Alsest kelishuvchanlik yo'liga kirgan do'sti Filintga ta ’na
toshlarini yog'diradi, adolatsizlikni fosh etuvchi jasur kishilargina
unga d o ‘st ekanini aytib, undan uzoqlashadi. Alsest asarning boshi-
dan oxirigacha isyonkorlik ruhida harakat qiladi, lekin tasvir etila-
yotgan m uhit shunday qabihona m uhitki, Alsest biron-bir natijaga
erisholm aydi, hatto sevgilisi Selim ena ham uni tashlab ketadi.
Molyer dvoryanlar jamiyati illatlarini fosh etlsh bilan birga bur-
juacha axloqning noinsoniy jihatlarini ham hajv ostiga ola bildi.
«Xasis» komediyasida mudhish bir sudxo'rning sharmandali qiyofasi
chizib berilgan. Garpagon mijozlardan qo'shim cha katta foydalar olib-
gina qolmaydi, sep qilishdan qocliib qizi Elizani qari kuyovga be-
rishga, o ‘g‘li Kleantni puldor beva ayolga uylantirishga ahd qiladi.
O'zi
esa
puldorligi
uchun
yoshgina
Mariannaga
uylanishga
chog'lanadi. O lg‘li o'ziga raqib chiqib qolarkan, uni uydan haydaydi;
tilla buyumlar saqlanadigan qutichasi yo'qolar ekan, qiziga o'shqiradi,
dod soladi.
G arpagonning boylikdan ajralishi uning uchun o 'lim bilan
tengdek gap: o'zini qo'yarga joy topolm ay, jazavaga tushib, ham -
mani shubha ostiga oladi, o 'z insoniyligini yo'qotib, qandaydir
m ahluq qiyofasiga kirib qoladi.
Boylikka xirs qo'yish, umuman, insoniy munosabatlar tabiatini
xarob etib, ijtimoiy axloqsizlikni vujudga keltirishi mumkin. «Soxta
oqsuyak» komediyasida davlatmand Jurden «dvoryanga aylanish» orzu-
sida o'zining asl tabiatidan ajralib, o'ta sharmandali holatlarga tushadi.
«Soxta oqsuyak» kom ediya-baletining qahram oni Jurdenning
puldan buzilishi boshqacha kechadi. M olyer zam onida fransuz
jam iyatida «bosh nazoratchi» Kolberdan tortib oddiy burjuagacha
buijuaziya tabaqasining barcha qatlam larida boyish vasvasasi avj ol
gan edi. Jurden shu m uhitning qaynoq nafasi bilan yo'grilgan
obrazdir. Bankchilar, savdo-sotiq korchalonlari, sudxo'rlar, qisqasi,
kissasini pulga to'ldirgan kishilar: borki, ham masi dvoryanlik un-
voni egasi bo'lib, «to'pori» ism-shariflariga «de» qo'shim chasining,
qo'shib aytilishi u chun qancha zarur bo'lsa, shuncha k o 'p pul sarf-
lashga harakat qilar edilar. «Dvoryanga aylanish* orzusi aslzodalar
78
tabaqasidan, o'ynash ortirishm i, do'st-birodar topishmi, qo'ying-
chi, yana qanday imkonli choralar bo'lsa, hammasini ishga solishni
taqozo etardi. Davlatm and b o iib oyoqqa turib olgan Jurden ham
shunday dvoryan bo'lishni orzu qilgan kishilardan. U pulning kuchi
bilan oqsuyaklik darajasiga erishishga astoydil ishonadi; dvoryanlik
«ilmu» amallarini sabot bilan egallaydi, chindan-da e’tiborli kishiga
aylanadi. «To‘poriga bordi-keldidan ko‘ra zodagonlar bilan mulo-
qotda bo‘lish m udom foydalidir», deydi u. Lekin u juda shoshqalo-
qlik qilib q o ‘dyadi: yaxshi-yomonning farqiga bormay, allaqachon
tekinxo‘rlik ko'chasiga kirib qolgan tabaqadan ibrat olib, fozil kishi
darajasiga ko‘tarilm oqchi bo 'lad i. Dvoryanlar bilan yaqinlashuv
uning o ‘zida bor aql-farosatning ham barbod bo‘lishiga olib keladi.
Dvoryan uchun ko‘rk hisoblanmish qilichbozlik, raqs tushishni
eplay-eplam ay jon-jahdi bilan o'rgangan sayin, bu soddadil,
noshud zot shunchalik kulgiga aylanaveradi. Molyer qahramonlari
muayyan bir xususiyat doirasida ko'rinadilar, degan um um iy qarash
mavjud. Jurden bundan mustasno bo'lib, u psixologik va maishiy
to ‘kis izohlar asosida, ko'p qirrali obraz tarzida ko'rsatilgan.
Jurdenda fars obraziga xoslik ham mavjud. Hayotga oshiftalik,
kuch-g'ayrat jo'shqinligi shu farsdan qo'shilgan xususiyat. Dvor-
yanga aylanish ishtiyoqi burjuaning yuqori tabaqaga kutarilishdek
ayorona rejasining natijasigina emas.
Bu soddadil kishining
sam im iy orzu-niyati ham dir. By niyat shu qadar, kuchliki, Jurden
o'zini havoda uchib yurgandek his etadi. «Mamamushi» takabbur
unvoni beriladigan m ubolag'a sahnasida janobi Jurdenning ajoyib-
g'aroyib bir qiyofada ko'rinishi bejiz emas.
S how oz xizm atkor Kovel masharalash rejasini tuzarkan, to-
m oshaning
bosh
qahram oni janob
Jurdenning o 'zidan-o'zi,
beixtiyor oqsuyak qiyofasiga kirib olishini ko'zda tutgan edi. Zero,
u xayolida allaqachon «mamamushi» bo'lib yashardi. Mayli, uni
tayok bilan kaltaklasinlar (qoidasi shunday), lekin unvonga erish-
gani qoladi. Shu zaylda «mamamushi Jo'riddin* paydo bo'ladi;
endi u sallada savlat to'kib, graf bilan tengm a-teng so'zlasha oladi
va qizini shu kuniyoq to 'y qilib, turk shaxzodasiga uzata oladi.
Molyer komediya-balet va mubolag'ali xalq davra o'yini vosita-
sida aristofanchasiga oshkoralik bilan «mamamushi Jo ‘riddin» va u
orqali jamiki farang «mamamushi»larini masharalaydi. Dramaturg
saroy kiborlarining quruq savlatiga uchib, xalqdan uzoqlashish va
aqldan ozishlikning jazosi sifatida tomoshabinlaming hayqiriqlari
ostida Jurden ustidan shunday murosasiz hukm chiqaradi.
79
Molyer, boylik vasvasasiga tushib, o ‘z insoniylik fazilatidan ajral-
gan kimsalaiga zid ravishda quyi tabaqadan chiqqan oddiy insonlar-
ning oliyjanob qiyofalarini yaratgan. O'zidan ketgan zodagonlaming
fosh etuvchilari sifatida ko'pincha xizmatkorlar timsollari namoyon
bo'lgan. «Tartyuf»da Dorina, «Soxta bemor»da Tuanetta o ‘z xojalariga
mehribon, adolatparvar qizlar timsollari tarzida namoyon bo'ladilar.
Molyerning so'nggi komediyalaridan biri — «Skapenning nay-
ranglari» (1671) asarining bosh qahramoni o'zining dono va omilkor-
ligi bilan xasis, tambal boy zodagonlami dog'da qoldirib, chinakam
insoniy qiyofasini ko'rsatuvchi xizmatkor Skapen obrazi qad ko'taradi.
M olyerona hajviy obrazlarning yirikligi, muayyan bir xususiyat,
intilish bilan yo'g'rilganligi muallifni xalq hajviyasi va Uygonish
davri komediyasi yutuqlaridan unum li foydalanishning samarasi
edi. M olyer farsga xos ortiqcha kulgi «ermagi», italyan del arte
komediyasining chekliklarini o 'ta b m ubolag’ali, lekin hayotiy.
haqqoniy, to'laqonli hajviy obrazlar yaratdi. Ayni zam onda, Molyer
aql-idrok ustuvorligiga asoslangan klassitsizm estetikasining um uin-
lashtirish qoidalariga suyanadi. Biroq, u m azkur uslubga xos ta-
baqaviy m anfaatdorlik doirasida cheklilik va «oliy» ja n r dabdaba-
bozligini doim tanqid ostiga olib, chin xalqchil komediya san'ati
yaratish uchun kurash olib bordi.
Molyer ijodi hissiy kechinmalarga boy, shukuhi baland, ayni za
monda, tafakkur nuri bilan yo'g'rilgan ijoddir. Klasitsizmning voqelik-
ka tafakkur ko'zi bilan qarash talabi Molyerga o 'z asarini pishiq-puxta
tuzish, insoniy xarakterlami teran tahlil etish imkonini berdi. Molyer
hayot qatlamlariga keng ravishda kirib bora oldi; uning obrazlari ni-
hoyatda rango-rang. Lekin m a'lu m ijtimoi tiplami ajratib ko'rsatish
uchun aynan shulaiga xos xususiyatlami chizishga diqqatini qaratdi.
Pushkinning ta'rificha, «Molyer asarida Xasis — faqat xasisdir..».
Bu ta’rif um um an to'g'ri bo‘lsa-da, lekin Molyerning ham m a obrazlari
ham, biryoqlama emas, Molyerning hajviy obrazlarida qora bo'yoqlar
bo'rtib ko'zga tashlanib turadi, asar g'oyasi ham shular orqali ochiladi.
Molyer Tartyuf, obrazini yaratishda «faqat o'tkir bo’yoq va muhim
belgi-xususiyatlardangina foydalandim* deb yozadi. Tartyuf, Don
Juan, Garpagon va boshqa keng ijtimoiy umumlashma darajasiga ko‘-
tarilgan hajviy obrazlar aynan shu usulda yaratilgan.
M olyer
kom ediyalarining
xalqchilligi
ulam ing
hayot-
baxshligida, ajoyib-g'aroyib obrazlar orqali hayot m uam m olarining
badiiy idrok etilishidadir.
Molyer pyesalari hozirda ham dunyoning turli teatrlarida ko'rsatib
kelinadi. Bu borada eng keksa «Komedi Fransez» teatri yetakchi
80
o'rinda turadi. Bu teatming «Molyer uyi» deb atalishi bejiz emas.
0 ‘zbek sahnasiga M olyer pyesalari 1920-yillar oxirida kirib
keldi. 1927-yili o ‘sha davrda Moskvada tahsil ko'ruvchi o'zbek ak-
tyorlik studiyasi «Xasis» pyesasini diplom spektakli sifatida yarat
gan. Shu bo‘yi M olyer asarlari o'zbek teatrida doim iy ravishda
qo‘yiladigan bo'lib qoldi.
|