belgilab berdi. U fransiyada nashr etilgan «Fanlar, san’atlar va hu-
narlar Qomusi»ning m uharriri va mualliflaridan biri edi.
Qomuschi olim, faylasuf m a’rifatparvar
sifatida tanilgan Didro
pyesalari va aktyorlik san’ati haqidagi nazariy risolalari bilan
O vro'po teatri rivojida sezilarli o ‘rin tutdi. U «Asrandi o ‘g‘il»
(1757) va «Oila otasi* (1758) degan ikki pyesa yozgan. Bular o ‘z
tizimi, voqelikni ifoda etish usuli bilan ham yangilik edi. Klassit
sizm estetikasiga ko‘ra, dramaturgiya komediya va tragediya
janrlariga ajratilgan. Didro o 'rta jan r muamm osini olg‘a surdi. In
son hamisha ham iztirobli yoki shod-hurram lik
holatida ya-
shamaydi, aksincha, ko'proq o ‘rta holatda yashaydi: o ‘rta jan r in
sonning shu oddiy va odatiy holatini ko'rsatishi kerak. Didroning
yuqorida ta ’kidlangan ikki asari shu janrda yozilgan edi.
Bu pyesalardan «Asrandi o ‘g‘il» birinchi «jiddiy»
komediyasi
yangi m a’rifatchilik tushunchasi bo'lgan or-nom us tushunchasini
asoslashga qaratilgan edi. Pyesa qahram onlari vaziyat taqozosi bilan
murakkab vaziyatga tushib qoladilar: Dorval o ‘z do'sti Klervilning
qaylig‘i
Rozaliyani sevib qolgan, qiz ham unga nisbatan ko‘ngilsiz
emas; buning ustiga Klervilning singlisi Konstantsiya ham Dorvalni
sevadi. Voqea tinch, osoyishta yakun topadi: bu Rozaliyaning Dor-
valning tug'ishgan singlisi bo‘lib chiqishi bilangina bog'liq emas;
har ikkala d o ‘st bu mushkul vaziyatda
andisha va or-nom us izmi-
dan chiqm aydilar, ya’ni ular o'zining emas, balki bir-birining m an-
faatini ko'zlab ish ko'radilar. Bu ikki do'stning
bir-biriga xayrixoh-
ligi bilangina izohlanmaydi. Ular bu bilan