S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

SAHNA SAN’ATI
1680-yili M olyer truppasi, Burgundiya va Genego teatrlaridan 
tanlab olinib, 27 nafar iste’dodli aktyorlar tarkibida tashkil topgan
97


«Komedi Fransez» teatri X VIII asr davomida Fransiyaning bosh 
tetari sifatida faoliyat ko‘rsatib keldi. Bu davlat tom onidan m oddiy 
ta ’m inlanuvchi va Parijda yakka hokimlik huquqiga ega qirollikning 
imtiyozli teatri edi. Yigirma yetti aktyor soseter (paychi) darom adni 
o ‘zaro teng b o ‘lish huquqiga ega xodim hisoblanib, ulam ing faoli- 
yati kam er — yunker deb atalgan to ‘rt kichik saroy am aldori to ­
m onidan har oy navbatm a-navbat boshqarilgan. «Komedi Fransez* 
teatridan tashqari XVIII asm ing 20-yillarida Parijda bulvar — 
xiyobon teatrlari keng avj oladi.
Aktyorlik sa’nati sohasida ayniqsa uch aktyor shuhrat topdi. Shu- 
lardan biri Mari Dyumenil (1713—1803) qaynoq hissiy kechinmalatga 
boy san’atkor sifatida tanildi. U ijodi ko'ngil mayli (intuitsiya) dan 
tug'iluvchi aktirisa bo'lib, tomoshabinning ko‘z o'ngida ilhom epkini 
bilan obraz yaratar, goho hayratlanarli tarzda his-ehtiroslar quyuniga 
g'arq bo'lar edi. Lekin ilhom parisi hamisha ham yordamga kelaver- 
mas va bunday vaziyatda uning rollari noravon bo'lib chiqar edi. 
Didra «Aktyor haqida paradoks» risolasida his-ehtrosga berilish aktyor 
uchun xatarli ekani haqida so'z ocharkan, o 'z fikrini tasdiqlash 
maqsadida Dyuminel ijodini misol qilib ko'rsatgan.
Dyum enil Volter dramaturgiyasi estetik tabiatining faqat bir ji- 
hatiga m os tushdi, y a’ni u yuqori darajadagi his-tuyg'u ifodachisi 
sifatida qahram on taqdirida favqulodda ro'y beruvchi ruhiy 
o'zgarishlarni yashin chaqinidek jo'shish, alangalanish orqali m ohi- 
rona nam oyon etdi. G arrikning ta ’biricha, «U nda shunchalik chi- 
roy va tarovat jam uljam ki, bular m eni hayratga soldi va unga nis- 
batan h u rm at-e’tiborim ni oshirib yubordi».
Ippolita Kleron (1723— 1803) yuksak texnika egasi ekanligi bi­
lan D yum enildan tubdan farqlanib turadi. U Volter asarlari orqali 
m antiqiy tahlil usullarini o'zlashtiradi va shu yo'I bilan kechinm a 
san ’atiga yaqinlashadi.
Kleron um r bo'yi o'qish-o'rganish bilan shug'ullanadi: u 
anatom iyadan inson yuz-yanoq muskullarining har birining harakat 
va tuslanishi orqali his-tuyg'uning qaysi turini ifodalash usullarini 
o'zlashtirgan edi. Kleron obrazni chuqur tahlil etish bilan uning 
ijtimoiy kelib chiqishi, axloqiy qiyofasi, u yoki bu xatti-harakati- 
ning asoslarini anglab olishga harakat qilardi.
Kleronning tabiati uchun his-tuyg'u c h o 'g 'i yot emas edi. 
D idroning guvohlik berishicha, mashq jarayonida b a’zan u hissiy 
jazavalar alangasida yonguvchi edi.
Kleron «Kom edi Fransez* sahnasiga viloyatda olti yillik va 
Parij opera teatrida birm uncha tajriba to'plab, 1743-yili kelgan edi.
98


Leken ijodi gullagan bir paytda, 1765-yili sahnani tashlashga maj- 
bur bo ‘ladi va saroy kishilari bilan urushib qolib, shu yili bir fursat 
qam oqda yotib chiqadi va keyin sahnani tashlab ketadi.
Volter dramturgiyasida o'zini buyuk ijodkor sifatida ko'rsatgan 
aktyor Anri Lui Leken (1729— 1778) bo'ldi. Leken yoshligidan uy 
havaskorlik truppalarida rollar ijro etib, so'ng Volteming uy teat­
rida uning ustozligida m ahoratini oshirgach, «Komedi Fransez» 
sahnasiga kelgan. Leken o 'z ustida sabot bilan ishlab, klassitsizm 
talabi darajasida jarangdor ovoz, tashqi ko'rkam lik fazilatlarini ort- 
tiradi. Leken o 'z ijodida Dyum enilga xos ko'ngil izxori va hissiy 
joziba va Kleronning zakovati, m antiqiy izchilligini uyg'un tarzda 
o'zlashtirib, Volter qahram onlarini sahnada butun borlig'i bilan 
nam oyon etuvchi aktyor sifatida maydonga chiqqan edi. Volter 
Lekenni o 'z dramaturgiyasining eng iqtidorli talqinchisi deb bilgan.
Volteming «Xitoylik yetirm (1755) asaridagi Chingizxon Leken- 
ning birinchi yirik roli bo'ldi. Volter yordamida rol ustida ishlab, o'z 
ijrosining tabiiyligi bilan tomoshabinni hayratga soluvchi darajaga 
ko'tariladi. Bu spektaklning tarixda qolishining yana bir sababi, Leken 
Chingizxon, rolida Xitoy qizi Idema rolida Kleron chiqqan edi. Leken 
M uhammad va Orasman rollari bilan yangi yutuqlarga erishadi. Oras­
man sharq kishisi emas, balki fransuz saroy mulozimi tarzida 
namoyon bo'ldi. Orasman rol yechimi Otello obrazini chuqur 
o'rganish orqali topdi va u tez ta ’sirlanuvchan, jo'shqin qalbli, lekin 
saroy tarbiyasini ko'rmagan dag'al ehtirosli shaxs tarzida ko'rindi.
Leken keyingi yigirma yillik xayotini ko'proq rejissuraga 
bag'ishladi. 
1759-yili «Komedi Fransez» sahnasi atrofida to- 
m oshabinlarning joylashish tartibini bekor qiladi va u kengaytirilgan 
sahnaning birinchi ijodkori sifatida maydonga chiqdi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish