S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

yangi olam axloqini
tas- 
diq etm oqchi boMadilar. Didroning qahramonlari ham Kornel qah­
ramonlari kabi um um manfaati yo'lida hususiy m anfaatdan voz ke- 
chadilar. Lekin bu endi davlatga emas, balki ideallashgan buijua 
jamiyatiga qaratilgan yon bosish edi.
Didro asarlarida voqea Volter asarlariga qaragan hayotiy, tabiiy 
shart-sharoitlarda 
ro ‘y 
beradi. 
Uning 
qahram onlari 
nasrda 
so‘zlaydilar, kundalik turm ush tashvishlari bilan yashaydilar. Shun- 
day bo‘lsa-da, Didro qaysidir maslalarda klassitsizmdan voz 
kecholmasdi. Boshqa ma'rifatparvarlar qatori Didro ham buijua 
jamiyatiga xos ziddiyatlam i borligicha ko‘ra olmaydi. Buijua muhiti 
uning asarlarida ideallashgan holatda ifodalanadi.
Xayotiy ishonarli lavhalarning ideallashgan tamoyillar bilan 
o'zaro qorishiqligi Didroning teatr haqidagi risolalarida ham ko'zga 
tashlanib turadi. Didro «Asrandi o ‘g‘il»ga ilova tarzida «Asrandi 
o ‘g‘il haqida suhbatlar» degan risola bitgan bo'lsa, «Oila otasi»ga 
«Dramatik poeziya haqida mulohaza» degan ishini qo'shim cha
93


qiladi. H ar ikkala risolada ham u teatr san ’ati haqida ko'plab e'ti- 
borli fikr-m ulohazalam i bayon etadi va estetik anglashning axloqiy- 
lik bilan uzviy bog'liqligini qayta-qayta ta'kidlaydi. Estetika odob- 
axloqqa asoslanadi,-deydi Didro. Shu bilan birga, D idro 
yaxshilik
so'zini shaxsgagina emas, fuqarolikka ham tegishli so 'z tarzida 
qo'llaydi. 
«Barcha odob-axloq tizim i 
buzilgan 
bo'lsa, 
did- 
farosatning ham soxta bo'lishi shubxasizdir*, -deya xitob qiladi u 
«D ram atik poeziya haqida m ulohaza* risolasida.
«H aqiqat va yaxshilik — san'atning oshnolaridir,-deb davom et- 
tiradi Didro. — M uallif bo'lishni istaysizmi? M unaqqid bo'lishni is- 
taysizmi? Oldin yaxshi odam bo'ling. Chinakam iga achinib kuyin- 
maydigan kishidan nima ham kutish m um kin? Tabiatning haqiqat 
va yaxshilikdek ulug' bunyodkorlik ne’m atidan o'zga nim a ham 
qalbni larzaga sola oladi?*
D idro «Asrandi o 'g 'il haqida suhbatlar»da tubda yangi qoi- 
dalarni olg'a surgan. Bu yerda birinchi m arta burjua dramasining 
nazariy tam oyillari asoslab berildi.
D idroning biz uchun, ayniqsa, teatr haqidagi nazariy qarashlari 
qim m atli. Uning «Asrandi o'g'il»ga ilova tarzida yozilgan «Asrandi 
o'g 'il haqida suhbatlar*, «Oila otasi»ga ilova qilingan «Dramatik 
poeziya haqida mulohaza* risolalarida teatr san’ati haqida ko'plab 
qim m atli fikr-m ulohazalar bayon qilingan.
Aktyorlik san’ati masalalarini tahlil etishda Didroning «Aktyor 
haqida paradoks* (Jumboq) risolasi benihoya katta ahamiyatga ega 
bo'ldi. Risola 1773-yili yozilgan bo'lib, faqat 1830-yili nashr etilgan.
D idro obrazlarini kengroq umumlashtirish va atroflicha tasvir- 
lash im konini tug'diradigan yo'l va usullami izlab, aktyor san’atiga 
oid eng izchil qoidalarni belgilashga erishadi. «U ch xil nam una 
mavjud, — deydi u ,— tabiat yaratgan inson, shoir yaratgan inson 
va aktyor yaratgan inson timsoli; tabiat yaratgan inson shoir yarat­
gan insondan kichik, ikkinchisi ulug' aktyor yaratgandan kichik, 
uchinchisi ham m asidan yirigi, bo'rttirilganidir*. D idro klassitsizmga 
xos «yasamalikdan» voz kechish, «dabdababozlik»ni pasaytirishni 
taklif qiladi. Lekin, ayni paytda, bu yo'nalishga xos um um lashtirish 
xususiyatining yo'qolib ketishidan ham cho'chiydi. U m um lashtirish 
tamoyili bora-bora Didroning tub qoidalaridan biriga aylanadi. 
«Aktyor haqida paradoks* risolasida m a’rifatparvarlik realizmining 
klassitsizmdan o'tgan shu qoidasi alohida yorqinlik bilan o 'z ifoda- 
sini topgan. D idro aktyor ijrochiligi sohasida aql-idrok ustuvorli- 
gining izchil tarafdori bo'lib qoldi.
94


Didro o'ziga qadar bo'lgan nazariyachilar orasida birinchi 
bo'lib kechinm a san’ati bilan taqlidiy san’at orasidagi farq, tafovut- 
larni aniq va q at’iy tarzda izohlab berdi. Ayni paytda u o'zini 
taqlidiy san’at tarafdori deb e ’lon qildi. «Men uning o 'ta zakovatli 
bo'lishini istaym an,— deydi Didro aktyor haqida, — U sovuqqon, 
bosiq, kuzatuvchan bo'lsin. Demak, men undan m utlaqo hissiyot- 
lilikni emas, idroklilikni talab etam an; zero, san’at har narsaga 
taqlid etish, har qanday rol va fe’l-atvorni ifoda eta bilishdir». 
«Uning iste’dodi his-tuyg'u orqali emas, balki hissiyotning tashqi 
belgisini tugal berish bilan namoyon bo'lishi kerak».
Didroning fikricha, aktyorlik san’atining jum boq (paradoks)ligi 
ham shundadir: sovuqqon, lekin uquvli aktyor teran his qilayot- 
gandek taassurot qoldiradi va o 'z navbatida tomoshabinni ham haya- 
jonga soladi. Chinakam kechinmaga g'arq bo'luvchi aktyor esa, ak- 
sincha, tomoshabinni hayajonga sololmasligi mumkin. Teatming 
o'ziga xos ifoda tili bor. Aktyor tomoshabinga xuddi «hayotdagidek 
harakat* qilayotgan bo'lib ko'rinishi uchun u sahnada mutlaqo hay- 
otdagidek harakat qilmasligi kerak. Shu bilan birga aktyor o'z shaxsiy 
kechinmalari bilan yashab, o'zini o'zi o'ynar ekan, obrazni may- 
dalashtirib yuborishi mumkin. Aktyorning tub vazifasi shoir yaratgan 
inson obrazini o'zining tasaw ur, aql-idroki bilan boyitib, ideal obraz 
darajasiga ko'tarishdan iboratdir. Nihoyat, aktyor his-tuyg‘uning sil- 
jib ketishidan ham kafolatlangan emas, «hissiyot» aktyor rolni qa- 
torasiga ikki m arta bir xil darajada o'ynayolmaydi. Taqlidiy san’at 
aktyori, aksincha, har spektaklda bir xil darajada o'ynayveradi.
Didroning 
nazarida, 
aynan 
tafakkur 
aktyori 
inson 
ulug'vorligining eng maqbul mujassamchisidir. «M enim cha hissi- 
yotga beriluvchanlik zinhor ulkan salohiyat belgisi emas. Hissiyotga 
beriluvchan kishi kichik bir tasodif bahonasida ham o'zini yo'qotib 
qo'yadi. Bunday kishi hech qachon m ashhur hukm dor, vazir, sar- 
karda, yirik advokat, doktir bo‘lolmaydi».
Didroning ta ’birlari qanchlik keskin bo'lm asin, lekin m unozara 
dag'dag'asida ba’zan sezilib qoladigan biryoqlamalik bu yerda 
ko'zga tashlanm aydi. U aktyor ijodida his-tuyg'uning ahamiyatini 
inkor etmaydi; u faqat his-tuyg'u va aql-idrok oralig'ida muvozanat 
zarurligini talab qiladi. M a’rifatparvar sifatida, tabiiyki, u aql- 
idrokni ustuvor qo'yadi; uning nazarida aynan aql-idrok um um - 
lashtirish va hayotni anglash qurolidir. Ayni paytda, hissiyot ham 
Didro sistem asida zarur o'ringa ega. «Vaqt sur’atini qalb qo'ri va 
salohiyat bilan his etgan kishigina uni sovuqqonlik bilan to 'la ifoda 
etishi va badiiy yuksaklikka ko'tarishi mumkin».
95


M a’rifatparvarlik realizmiga xos bo'lgan cheklanishlar D idro­
ning badiiy va nazariy ijodida o 'z izini qoldirdi. Lekin ayni 
zam onda, Didro shunday tam oyillami olg'a surdiki, bu um um an, 
realizm ning rivojlanishi tarixida m uhim ahamiyatga ega bo'ldi. 
D idro m aktabiga mansub ko'plab dram aturglar Fransiyada XVIII 
asr san’atidan asta sekin XIX asr san’atiga o'tishda yetakchilik 
vazifasini o'tadilar.

Download 9,43 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish