S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

SAHNA SAN’ATI
XVIII 
asrning 30-yillarida Leypsig shahrida iste’dodli aktrisa 
teatr tashkilotchisi K arolina Neyber tom onidan nem is teatri 
tarixiga «Leypsig maktabi» nomi bilan kirgan teatriga asos solindi. 
Shu asrning o'rtalarida ijod gulshaniga kirib kelgan deyarli barcha 
yirik nem is aktyorlari o ‘z faoliyatlarini shu teatrda boshlaganlar. 
U lar klassitsizmning rol va m atn ustida ongli ishlash yo‘riqlarini 
shu Lepsig sahnasida egallaganlar.
XVIII 
asrda nemis teatrida yuz bergan eng shonli davr ulug1 ak­
tyor va rejissor Fridrix Lyudvig Shryoder (1744—1818) ning nomi bi­
lan bogiiq. Shryodeming nemis teatri oldidagi tarixiy xizmati Shekspir 
asarlarini sahnaga qo'yish va ularda o'zi bosh rollarni ijro etishda 
ko'rindi. Uning bu boradagi faoliyati «Hamlet» asarini qo'yishdan 
boshlandi. Spektakl premyerasi 1776-yil 20-sentabrda katta muvaffaqi- 
yat bilan o'tadi. Shundan so'ng «Otello», «Venetsiya savdogari», «Har 
narsaning m e’yori yaxshi», «Qirol Lir», «Richard III», «Genrix 1V» 
«Makbet» asarlari qo'yiladi. Shryoder Hamletning ichki dard-alam va 
ruhiy iztiroblarini butun murakkabligi bilan ifoda etib bergan edi. 
Shiyodem ing yana bir eng e ’tiborli roli — «Lir» edi. «Uning o'tli 
qarashlari, - deb yozgan edi zamondoshlaridan biri, — og'riqli qalb 
jazavasi birgina sahna davomida obrazni tubdan o'zgartirib yubordi. 
Uning ko'zlaridan chaqmoq otilgandek, yuzi qizarib ko'pchib ket- 
gandek bo'ladi. Gavdasining har bir qismi jarohat olgan misol titraydi, 
lablari qaltiraydi, qo'llari ko'kka ko'tariladi, momaqaldiroq gumburi- 
dan uzilib tushgandek dahshatli ovozda nasl-nasabiga tavqi la’nat 
toshlarini otadiki, tomoshabinni ham titroq qoplab oladi». Bu shunday 
dahshatli qarg'ish ediki, Gonerilya rolini ijro etuvchi aktrisa bu 
qarg'ishning bolalariga tegishidan cho'chib, Shryoder bilan chiqishdan 
bosh tortgan.
Shryoder ham G arrik singari m a’rifatparvarlik realizmiga suya- 
nib ish ko'rgan. «Ham his-tuyg'u va aql-idrok uyg'unligi* uchun 
kurashdi va o 'z shijoatini m ohirona tarzda boshqara bildi. U har 
bir rolning ayricha, o'ziga xos qiyofada ajralib turishiga alohida 
e ’tibor berar edi. «M en har bir rolning o'ziga yarashiq ifodasini 
topishga urinam an. N atijada, rol boshqacha em as, aynan o 'z turqi 
va qiyofasini topadi», der edi u. Shryoder o 'z ijodi bilan G erm ani- 
yada m a’rifatparvarlik realizmi rivojining eng yuqori cho'qqisini 
belgilab berdi. U ni «nemis Garriki» deb atasa ham bo'lardi, lekin u 
nem is Shryoderi edi; uning shuhrati o'ziga yetib ortardi.
114


1780-yillarda G erm aniyada klassitsizm uslubi kuchayadi. Shu 
yo'nalishga asoslangan Gyote boshliq Veymar teatri nemis sahna 
san ’ati rivojida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Ulkan san’atkor 
bo'lganligidan Gyote fransuz klassitsizmiga m utelarcha taqlidchi 
bo'lib qolmadi. Aslini olganda, u klassitsizm uslubiga moslangan 
m a’rifatparvarlik realizmi yo'nalishida ish ko‘rgan edi. Gyote bir xil 
rollam i ijro etish.usuli, «amplua»ni tan olmadi, u lanj, loqayd kim- 
salar rollarini shijoatli aktyorlarga ham beraverdi. Bu bilan u 
o ‘zidan uzoqlashib, o'zgalar qiyofasiga kirish usulini ko'zlar edi. 
U ning teatri repertuari klassitsistik tragedivalar qatori Shekspir, 
Shiller, Kalderon,. Gotssi va boshqa jahon dramaturglari asarlariga 
asoslangan edi. M uhim i, repertuarda shoirona ruhdagi asarlar 
bo'lishi kerak edi. Veymar teatri aktyorlari Germ aniyada she’rni 
eng yaxshi o'qiydigan kishilar bo'lishgan. Ularning ulug'vor, biroz 
tantanavor nutqiy ifodalari shoirona ruh bilan uyg'unlashib, teatm i 
chin nafosat gulshaniga aylantirgan edi. Gyotening san’ati zamon 
ruhiga va jahoniy o'zgarishlarga mos bo'lib tushdi.
Lekin shu bilan birga, Veymar sahnasi eski klassitsizm teatriga 
xos shakl va aqidalardan xoli emas edi. Bu Gyote tuzgan «Aktyor- 
lar uchun qoidalar»da o 'z izini qoldirdi. Bu risolada klassitsizmning 
qoida va amaliyotini chuqur bilgan san’atkorning qarashlarigina 
em as, Lessingning nazariy qarashlari ham o 'z ifodasini topgan.
XVIII 
asr teatr san’ati m a’rifatparvarlik tafakkuri tug'ila bosh- 
lagan palladan dramaturgiya va aktyorlik san’atining noyob na- 
munalari yaratilgunga qadar bo'lgan g'oyat boy taraqqiyot yo'lini 
bosib o'tdi. Bu ijodiy kashfiyotlar avlodlar xotirasida abadul-abad 
m uhrlandi va ular sahna san’atining kelajak ravnaqi uchun 
mustahkam poydevor bo'lib qoldi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish