Ayni chog‘da G o'tssi o 'z qarashiga ega haqiqiy san’at jonku-
yari, tug‘ma iste’dod egasi sifatida maydonga chiqqan edi. U G ol-
doniga o 'z teatrini qarshi qo ‘ya oldi: birinchi teatr ertagi — «Uch
apelsinga sevgi* asari bilanoq san’atda yangi va g‘oyatda samarali
yo‘nalishni belgilab berdi. G o ‘tssi fiyab ustida besh yil ishlab, bu
janrda o ‘nta pyesa yozadi. Bular «Uch apelsinga sevgi*, «Quzg‘un»
(1761), «Qirol—kiyik», «Malikayi Turandot*, «Ayol—ilon» (1762),
«Zobeida» (1763), «Baxtiyor gadolar», «Zangori maxluq» (1764),
«Ko‘k qushcha* «Jinlar qiroli—Dzeim* (1765) asarlaridir.
1772-yili G o ‘tssi saylanma
asarlarini nashr ettirib, unga yozil
gan bag‘ishlovda del arte komediyasi haqida quyidagilarni yozdi:
«Italiyada teatrlar yopilib qolmas ekan, badiha komediyasi hech
qachon yo‘qolmaydi va uning niqoblari ham yo'q boim aydi. M en
badiha komediyasini Italiyaning shon-shuhrati deb bilaman va uni
yozma, uydirma pyesalardan tubdan farqlanuvchi ko‘ngil xushi deb
hisoblayman». C hindan ham del arte komediyasi an ’analari ya-
shovchan bo'lib chiqdi. Qizig'i shundaki, G o'tssi del arte komedi
yasini isloh qilgan Goldoni
bilan m unozaraga kirib, bu teatr shak-
lini saqlab qolish u yoqda tursin, uning o'zi ham Goldoni kabi
adabiy dramaga asoslangan yangi teatr janrini yaratdi.
Bu
«tragikomik ertak» janri edi.
G o'tssi mubolag'avash hazilni yoqtiradi va ayni chog'da to-
moshabinlarga ulug'vor axloq, yuksak xulq-odoblilik namunalarini
m adh etadi, jonfido sevgi, mardlik,
burchdorlik hissi, botirlik va
yuksak sabot-inatonat kabi fazilatlarni ulug'laydi. Go'tssi dvor-
yancha yashash tarzi va azaliy ahloq tamoyilini himoya qilib
chiqdi; b a’zan u inson kechmishi peshonasiga yozilganiga bog'liq,
degan fikrlarni ham olg'a suradi.
G o'tssining bir qator asarlari sharq ertaklari asosiga qurilgan:,
ularda hayotiy haqiqiatga tutash tarzda ajoyib-g'aroyib sarguzasht-
lar uchraydi, niqoblar komediyasiga xos to 'rt
niqob orqali kulgi-
mutoyiba, parodiya, hajv mavjlanib turadi. «Malikai Turandot»
shunday asarlardandir. U nda er hukmiga toqatsiz, to 'rt topishmoq
aytib er zotini sinovchi, hato ketsa kallasidan judo etuvchi va oxiri
samarqandlik shahzoda Q a’lafni sevib qoluvchi tanti va sarkash xi-
toy malikasi Turandot haqida hikoya qilingan.
G o'tssining «Baxtiyor gadolar»
asari ham sharq hayotiga
daxldor. Unga m ansabdorlar adolatsizligini o 'z ko'zi bilan ko'rib
jazolashni maqsad qilib olgan sultonlar haqidagi ertaklardan biri
asos qilib olingan. Sam arqand sultoni O 'zbek goh im om, goh gado
qiyofasida turli kishilar bilan uchrashib, ham o 'z saxiyligini, ham
103
adolatli hukm dor ekanini ko'rsatadi. Uning
vositachiligida Zum rad
o 'z sevgilisi visoliga erishadi, to ‘rt yil aw al vaqtincha taxt egasi
qilib qoldirilgan bosh vazir Muzaffar fuqarolarga adolatsizlik
ko‘rsatganligi uchun jazolanadi.
G o'tssi o 'z asarlarida ifodali va rango-rang shakllarni ishga
soldi. Sahnaviy tomoshaviylikka u alohida e ’tibor qaratdi: goho
ramzli hikoyalar usulini qo'lladi, goho hayotiy m antiq va izchil-
likka ro'ju qo'ydi. U ba’zan sehr va
afsonaiar olamini tarannum
etdi, b a’zida borliq haqiqatlarni chizib berdi. Bir narsagina
o'zgarishsiz qoldi: bu hayot borlig'i bilan yo'g'rilgan G o'tssi ha-
yolotining turli shakllarda nam oyon bo'lishidir. Shu bois G o'tssi
dramaturgiyasi zam ondoshlarining oqilona, lekin quruqroq asarlari
qarshisida o'zining sehrli olami bilan ajralib turadi.
O 'zbek sahnasiga G o'tssi ilk bor C ho'lpon tarjimasida Moskva
teatr studiyasida yaratilgan «Malikayi Turandot» (1927) asari orqali
kirib keldi. Shu bo'yi fysunkor italyan dramaturgi o'zbek to-
m oshabinlarining sevimli mualliflaridan biri bo'lib qoldi.