uni quvg‘in qilinib, yomon otliqqa chiqarilgan
mayda millatning
xo'rlangan vakili sifatida ko‘rsatadi.
U odam zodni ko‘rishga ko‘zi yo‘q, g'aribu benavolikdan
xo‘jako‘rsinga murosaga kelar, insonlik sha'ni oyoq osti qilin-
ganidan jini qo ‘zir va yana ich-ichidan inson zotiga la'nat o'qirdi.
Kin talqinida rom antiklar ko‘ngil qo ‘ygan yomonlikni oqlash ta-
moyili shunda ko‘rinardi. Istehzoli qah-qahaning birdan alamli
xo‘ngrovga aylanishi, libosida qora-qizil ranglarning qovushim-
sizligi, ilgarilari odatga, kirib qolgan malla soch (parik) o ‘rnida
qora jingalak sochning paydo bo‘lishi —
bulam ing barchasi m uzo-
fotlik iste'dodni ko‘rishga kelgan inglizlar uchun favqulodda
yangilik edi.
Edm und Kin o ‘z ijrosi bilan tom oshabinga shunday kuchli ru-
hiy ta'sir ko‘rsatgan ediki, u birinchi spektakldan keyinoq Angli
yaning buyuk aktyori deb e'tirof etiladi.
Hamlet va Otello Kinning eng sevimli rollaridan edi. Olamni
dahshatli yovuzlik olami tarzida anglash Kin Hamletining muhim
jihatiga aylandi. Bu yovuzlikka qarshi kurashmay turib bo‘lmas, le
kin bu g‘olib yovuzlikni yengib boMarmikin? Kin Hamleti fikr-
o ‘yini shu m uam m o cho‘lg‘ab oladi. Shu bois uning harakat va
so‘z ohanglarida q at’iyat o ‘rnida sokinlik, m a’yusona o'ychanlik
hukm suradi. U onasi bilan uchrashuv sahnasida ham m a’yuslik
doirasidan chiqolmaydi. Ofeliyaga nisbatan uning muhabbati balqib
turadi. Hamlet Ofeliyaga: «Monastirga bor!» degan so'zlarni aytar-
kan, shu on iltifot bilan uning qo ‘lini o ‘padi. Uning Hamleti «falo-
katlar
dengizi»ning
har
sarhadida
sevgi-muhabbat
zalvarini
nam oyon etadi.
Kin Otello obrazi talqinida uning Dezdemonaga bo'lgan mu-
habbatini bosh mavzu qilib oldi. Shu
m uhabbatning hayotbaxsh
qudrati orqali Otelloning komil insonligi, uning odamlarga nisbatan
m ehr-m uhabbati, saxiyqalbligi kabi fazilatlari ochiladi.
M akbet rolini talqin etishda Kin uni yovuz kimsa tarzida
ko'rsatish a n ’anasidan voz kechib, butun diqqat-e’tiborini uning
m urakkab va ziddiyatli ichki his-kechinm alarini ochishga qaratgan
edi. R ichardni «qabihona mayin iljayuvchan», aqlli, ju r’atkor,
ayniqsa A nna bilan uchrashuvida hatto m aftunkor shaxs tarzida
ko'rsatgan.
Kinning ijro uslubini romantiklarga xos haroratli his-hayajon
ko‘tarinkiligi belgilab bergan edi. U qudratli
shaxsning qalb ingroq-
lari eng keskin darajaga chiqqan holatlarda inson ruhiyati tubidagi
sirlam i ochish iqtidoriga ega edi.
137
K in chiqishlarining hayajonli guvohi bo'lgan shoir G . G eyne
bu aktyor shaxsi va uning san’atiga ajoyib ta ’rif bergan: «Kin kam -
dan-kam uchrovchi zotki, u gavdasining birgina d a fa ta n tebranishi,
ovozining tasaw urga sig'm as darajada jilovdorligi, o ‘tli k o 'z qarash-
lari bilan inson qismatiga oshno b o iuvchi hayratom uz holat va ajib
nuqtalarni ifoda eta olardi». G eyne
K inni xudoning nazari tushgan,
ta ’sir qudrati cheksiz «ilohiy salohiyat sohibi» deb atagan.
Kinning
san’atida
ham ,
odatda,
rom antik
aktyorlarda
uchrovchi noravonlik ko'zga tashlanardi. O datda, u roldagi eng yu-
qori ch o ‘qqiga diqqatini qaratar va. shular orqali qahram on bor-
lig'ini ochib berar edi.
Kin kuchli ehtiros va boy tasaw u r egasi b o ‘lishiga qaram ay,
hech qachon ko'ngil mayli va ilhom kuchiga ishonib ish ko'rgan
emas. U o 'z ustida qunt bilan ishlar, ko'p o 'q ir, bilim ini oshirar,
jism oniy tarbiya bilan astoydil shug'ullanar edi.
Ifodali, rango-rang raftoriy (plastik) tasvirlar, shiddat bilan
keskin o'zgaruvchan im o-ishoralar, behalovat sahnaviy depsinish-
lar, hayqiriqning m ash’um ona
pasayib shivirlashga aylanishi,
so'zlashdagi past-balandliklar, sukut omillaridan foydalanish —
bularning jam i Kin qahram onlarining bo'rtm a, ko'tarinki ehtiros
va hissiyot kechinm alari m anzarasini yaratishga qaratilar edi.
Kin 1833-yil 25-m artda so'nggi bor sahnaga chiqadi. Shu kuni
u sevimli Otello qiyofasida ko'ringan edi. «Otelloning ishi tugadi*
so'zlarini aytish chog'ida hushidan ketadi va oradan uch hafta
o'tgach, dunyodan k o 'z yumadi.
Edm und Kinning Otellosi beixtiyor Abror Hidoyatov Otellosini
xayolga
keltiradi.
Atoqli
shekspirshunos
olim
M. Morozov
A. Hidoyatov Otellosini ko'rib, g'oyat hayratlangan va bu haqda
shunday yozgan edi: «Ijrochilarni kuzatganingda ularni tasaw u -
ringdagi Shekspir obrazlariga qiyoslaysan. Amm o, A. Hidoyatov
ijrosi
boshqacha, bundan ham chuqurroq tuyg'u uyg'otadiki, uni
hayrat deb atash m um kin. Bu hatto o'xshashlik ham em as, balki
aynan o 'sh a Shekspirning — Ottellosi».
Yuksak his-kechinm a, qudratli tafakkur sohiblarigagina daho
dram aturg tragediyalarida jo 'sh urgan fikr va ehtiroslarni borlig'icha
to 'la ifoda etish nasib etgan. E. Kin shunday buyuk aktyorlar av-
lodining to 'n g 'ic h nam oyandalaridan biri edi.
138