S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

FRANSUZ TEAT RI
Fransuz teatri XIX va XX asrlar oralig'i tarixidan shiddatli 
g'oyaviy-badiiy izlanishlar teatri sifatida o 'rin oldi.
1870— 1880-yilIari O vro'po san’atida yctakchi vo'nalishgn aylan- 
gan naturalizrn uslubi aynan Fransiyada o'zining tugal takomilini 
topadi. E. Zolyaning teatrni demokratlashtirish. dramaturgivani sifat 
jihatidan yangi bosqichga ko'tarish haqidagi estetik qarashlari butun
I SO


Ovro'po miqyosida xayrixohlik bilan qabul qilinadi 
EMIL ZOLYA 
(1 8 4 0 -!9 0 2 -y .)
Zolyaning 
adabiyot 
va 
teatr 
haqidagi 
fikr-mulohazalari 
zamonaviy hayotni bo'yam ay, bezamay, uning dardu quvonchlarini 
borlig'icha ko'rsatishga qodir, jamiyat taraqqiyotining yangi bosqi- 
chiga m onand yangi san’at yaratish g'oyasi bilan sug'orilgan. Zol­
yaning «Tajribaviy roman» (1880), «Bizning dramaturglarimiz» 
(1881), «Teatrda naturalizm» (1881) kabi maqolalari natura- 
lizmning asosiy dasturiy risolalari bo'lib, ularda fransuz dramatik 
teatrining ahvoli keng yoritiladi, avvalo, repertuarni yangilash 
muammosi olg'a suriladi. Zolya takrorlanaverib. siyqaianib ketgan 
usullar bilan oldi-qochdi «sahnabop» pyesalardan voz kechishga 
chaqirdi. «Qram a ilmiy uslubga asoslanishi lozim*. ya'ni «biror in­
son yoki insonlar guruhi tarixi olinib, ularning sa'y-harakati china- 
kamiga tasvirlanishi lozim». «Bunday asarlam ing kuchi kuzatuvning 
aniqligi, 
tahlilning 
teranligi, 
voqcalarning 
m antiqan 
o'zaro 
bog‘liqligi» bilan belgilanadi.
Zolya dasturining xalqcliilligi uning xalq hayotini aks ettiruvchi 
xalq dramasi haqidagi fikr-mulohazalarida ham o 'z aksini topgan 
edi. Zolya naturalistik dram a paydo bo'lsa. u teatr tizimini butkul 
o'zgartirishga olib keladi, deb hisobladi; agar pyesada ayni hayot 
parchasi qad ko'targudek bo'lsa, bu o 'z-o 'zid an teatr tomoshaviyli- 
giga urg'u beruvchi zamonaviy spektakl turidan voz kechishga olib 
keladi. Hayotni o'rganuvchi va iloji boricha uni oddiyligicha 
ko'rsatuvchi aktyorni u eng ibratli aktyor deb tushundi.
Zolya teatrni tubdan qayta qurish dasturini ishlab chiqarkan, 
rejissura masalasini alohida masala tarzida ko'zdan kechirmagan. 
Holbuki u ko'zda tutgan teatr - bu dramaturg teatrigina emas, av­
valo, rejissor teatridir.
«Tereza Raken» (1873) Zolyaning eng yirik pyesasi hisobla- 
nadi. U nda m uallif hayotni aniq va haqqoniy tasvir etishning 
«umum iy naturalistik usuli»ni belgilashga harakat qildi. Pyesada bir 
burjua oilasining so'niq hayot tarzi butun ichki ikir-chikirlarigacha 
qam rab olingan holda tasvir ko'zgusidan o'tkaziladi. Tereza Ra- 
kenning o 'z erining do'stiga ishqi tushib qolishi bilan diqqinafas bu 
oila hayotida portlash yuz beradi: telbanam o sevgi jazavasida 
Tereza va Loran Terezaning eri Kamilni o'ldiradilar. Oshiqlar 
qilg'ilikni qiladilaru, vijdon azobida qoladilar. H ar qadam da ularni 
m arhum ning arvohi izma-iz quvib, qasos olayotgandek boiaveradi.
151


Pyesada o ‘ldirish voqeasi, so'ng oshiqlam ing ruhiy xastalikka 
uchrab, vasvasaga tushishlari, so'ng halokatlari birm a-bir va m utta- 
sil ravishda tasvirlanadi.
Zolya teatrni yangilash yo'lida shunday fidoyilik ko‘rsatdiki, 
uning te a tr haqidagi fikr-m ulohazalari hozirda ham o ‘z ahamiyatini 
saqlab kelm oqda.

Download 9,43 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish