S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

KOKLEN (1841—1909-y.)
Benuan - Konstans Koklen 
18 yoshida Parij konservatori- 
yasining yirik fransuz aktyorlaridan biri Renye guruhiga o'qishga 
kiradi. Birinchi bor «Komediya Fransez» sahnasida 1860-yili M ol­
yerning «Sevgi mojarosi» asarida G ro-R ene rolida paydo bo'ladi.
Koklen ilk yirik roli bo'lm ish Bom arshening «Figaroning uy- 
lanish» asarida Figaro roli bilan 1862-yildan tanila boshladi. U shu 
roli bilan m asharaboz malaylar toifasi (am plua) ustalari qatoriga 
qo'shiladi. Lekin u rollar muayyan rollarga ixtisoslashgan yoshi 
ulug'roq aktyorlarga berilishi vajidan o'zi orzu qilgan rollarga yetis- 
holmay, 1885-yili «Komediya Fransez» teatrini tashlab ketadi.
Koklen o 'zining eng sara rollarini bu teatrdan tashqari teatr- 
larda o'ynagan. Bular M olyer asarlaridagi Sganarel («Zo'raki 
tabib»), Jurden («Sohta oqsuyak») kabilar edi. 1897-yili Koklen 
«Port-Sen-m arten» teatr rahbarligini qo'lga oladi. Shu yerda u o 'z 
ijodining eng yirik nam unasi Sirano Beijerak obrazini yaratadi.
156


Koklen aktyorgina emas edi. U aktyorlik san’ati haqida 
«San’at va teatr» (1880) ham da (aktyor san’ati) (1886) degan ikkita 
kitob yaratib, o ‘zini nazariyachi sifatida ham ko'rsatadi.
Koklen nazariy qarashlarda ham , amaliyotda ham «taqlidiy 
san’at»ning yirik nam oyandalaridan biri sifatida ko'rindi. Koklen 
bu maktabning «kechina san’ati»dan ustunligini q at’iyan himoya 
qilib shunda yozadi: «Nazarimda tabiat izmidan holi narsa hech 
qachon go'zal va ulug'vor bo'la olgan emas; lekin m en yana bir bor 
ta ’kidlashga m ajburmanki, teatr — bu san’at demak, bu jabhada 
tabiat muayyan tarzda ideallashtirilgan yoki qabartirilgan holatda 
gavdalantirilishi lozim, busiz san’at — san’at bo'lolm aydi. Bugina 
emas: bebo‘yoq gavdalantirilgan tabiat teatrda o 'ta so'niq taassurot 
qoldiradi».
Koklen hayotiy voqelik bilan tabiat san’atining asosi ekanini 
tan olayotgandek bo'lib, aslida san’at bilan hayotni bir-biriga zid 
qo'yib, san’atni hayotda yuqori qo'yadi. «San’at real hayot emas, 
hatto u hayotning aksi ham emas, - deydi Koklen—S an’at o 'z 
holicha o'zi ijod manbayi. U o'zining ajib mavhumligi bilan zam on 
va m akonga daxlsiz tarzda faqat o'ziga xos olamini barpo etadi». 
K. S. Stanislavskiy san’atining voqelikka bunday zid qo'yilishini 
keskin tanqid ostiga olgan.
Koklen o 'z nazariy risolalarida o'zining ko'p yillik aktyorlik 
tajribalarini umumlashtirgan. Bu ishlar aktyor ijodiga xos jihatlari 
aniqroq anglash imkonini beradi.
Koklen o'tkir zakovati va sinchkovligi bilan ko'zga yaqin, 
m ag'zi to 'q qiziq holat va insoniy fe'liyatlarni darhol ilg'ab va ilib 
olar edi. U har bir rolida e ’tiborga tashlanib turuvchi pishiq jussa- 
do r gavdasi, o'rganuvchan, ifodali yuzi, ko'tarilgan do'ng burni, ki­
chik tiyrak, g'uborsiz ko'zlari bilan tomoshabinga bir olam zavq- 
shavq baxsh etuvchi edi. Uning san’ati tom oshabin qalbini larzaga 
solishga qaratilgan emas. U ijro m ahoratining zargarona charxlan- 
ganligi, qahram onlarining shiddatkor va m udom serbo'yoqligi bilan 
tom oshabin diqqat e ’tiborini o'ziga rom etadi.
K.S. Stanislavskiy Koklenning artistlik san’atiga yuqori baho 
berib, koklennam o aktyorlar «toifasi» haqida shunday degan: «Ular 
qalbga nisbatan ko'proq quloq va shuurga ta ’sir ko'rsatadilar; ular 
hayratlantirishdan 
ko'ra 
ko'proq 
zavqlantiradilar. 
Bunday 
san ’atning ta 'siri kuchli, lekin bu kuch uzoq saqlanmaydi. Bunday 
san ’at kishini ishontirishdan ko'ra ko'proq ajablantiradi».
Koklen san ’atining o'ziga xosligi uning M olyer asarlaridagi rol- 
larida yaqqolroq ifodalangan. Koklen aslzoda tom oshabinlar sar-
157


xushligi chekiga tushgan buijua teatri aktyori bo'lgani holda M o­
lyer qahram onlariga xos hajviylik ruhi va iztirobli jihatlam i 
ochishga intilm adi. U M olyer hajviyasi o 'rn in i «qirg‘oqqa sapchuv- 
chi» sarhushlik bilan to ‘ldirdi va M olyer kulgisiga «armonli ke- 
chinm a» sig'masligini am alda namoyish etishga intildi.
«Kulgili tannozlar»dagi Maskaril Koklenning eng muvaffaqi- 
yatli rollaridan biri bo'lgan. 0 ‘tkir kulgili holatlarga boy, xush- 
chaqchaq bu komediya Koklen iste'd o d i tabiatiga juda mos 
tushgan edi. T artyuf rolini o ‘ynarkan, uni dindorlik niqobiga kirgan 
riyokor, ikkiyuzlamachi emas, balki yirtqich, shavqatparast kimsa 
tarzida ko'rsatadi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish