jo'shqin, qat’iyatli, cho'rtkesar, mag'rur shahzoda tarzida ko'rindi. Izti-
robli nolishlar unga yot, gumon, ikkilanish nimaligini bilmas,
jasorat
ko'rsatish naqadar mushkulligini xayoliga ham keltirmas edi. Uning
muddaosi awaldan tayinli: bu o'ldirilgan buzrukvori qotiliaridan qasos
olish va taxtni qo'lga kiritishdan iborat ediki, shu niyatni Mune-Syulli
Hamleti sobitqadamlik bilan ro'yobga chiqarib boradi.
M une-Syullining Shekspir asaridagi
ikkinchi roli Otello roli
edi. M une-Syulli Otellosi fasohatli sharq sivilizatsiyasining vakili,
bahordir M avr timsolida nam oyon bo'ldi. U puturi ketib aynigan
Venetsiya respublikasining siyosatchilari qarshisida ritsarlik nam u-
nasining ifodasi sifatida ko'ringan edi. Bu yerda Dezdem onaning
xiyonatkorligi Otello uchun dunyoning ostin-ustun bo'lishi yoki is
honch va ezgulikning mahv etilishini anglatmaydi.
Bu yerda tao-
milning oddiygina qoidasi ishga tushadi: xotin eriga xiyonat
qildimi, o'ldirilishi kerak. Otello rashkdan emas, balki nomus tao-
mili qistovi bilan shu hukmga keladi. Otelloning fojiasi shundan
iboratki, u bir yoqdan Dezdem onaga bo'lgan
sevgisi tufayli iztirob
chekadi, ikkinchi yoqdan burch hukmini ado etish m as’uliyatidan
azob chekadi. Shu zaylda Shekspir tragediyasida fransuz klassit-
sizmi dramasiga xos ohanglar jaranglay boshlaydi.
Lekin M une-Syulli ijodining eng yirik namunasi Sofokl asari
dagi Edip roli bo'ldi. Aktyor bu rolni 1881-yili Fransiyaning janu-
bidagi Oranje shahrida rimliklar zamonidan qolgan am fiteatr sah
nasida o'ynagan. Edip aktyor talqinida o 'ta fojeiy obraz tarzida
dunyoga keldi. Mune-Syulli antik tragediyada o'ynar ekan, Edipni
taqdir
izmiga qul, qat’iyatsiz kishiga aylantirib yubormadi. Edip —
M une-Syulli taqdir hukmiga mardonavor qarshi bora oluvchi
ulug'vor, m ahobatli shaxs tarzida nam oyon bo'ldi. Aktyorning in
son ruhiyatiga kirish layoqati shu rolda borligini to 'la-to 'k is ochildi.
Edipning aybsiz aybdorligi ayon bo'ladigan sahnada M une-Syulli
ning o'yini ayniqsa, hayratlanarli edi. Qisqasi, Edip Mune-Syulli
talqinida tom oshabin xotirasida taqdirga qarshi m ardonavar pesh-
voz chiqqan ulug'vor inson timsoli tarzida m uhrlanib qoldi.