holatlami jonlantirib xayolan t'omoshabinlar ruxsorini ko‘z oldiga
keltirar, ulam ing hayajonlari ta ’siri ostida tom irdan oqayotgan qoni
qotib qolayotgandek his etardi. Shu jazava asnosida vujudidan
ko‘tarilgan ruh uning personajiga aylanar, endi uning o ‘zi emas,
balki ana shu personajning o'zi harakat qilayotgandek bo‘lardi».
Romantik shoir G ofm an rom antik aktyor Devriyent ijodi mohiyatini
shu tarzda sharhlab bergan. Frans M oor Devriyent talqinida o ‘ta
dahshatli qiyofa kasb etib, yovuzlik timsoliga aylangan edi. Otelloga
munosib raqib Yago ham shunday kolam dorlikda yaratilgan.
Devriyent ijodida nem is voqeligining rom antiklar olg‘a surgan
oliy ezguliklar ro ‘yobga chiqishiga imkonsiz murakkab va beqaror
bosqichi ifodalangan. Shu bois m udhishona holatlarga urg‘u berish
aktyorning ijodiga xos xususiyat bo'lib qoldi.
Lekin,
Devriyent obrazlari m ubolag‘ali, ko‘tarinki ruhda
b o ’lishiga qaram ay, ular ham isha hayotiy haqqoniyligi bilan ko'zga
tashlangan. Devriyent m a’lum m a’noda nemis sahnasida rom anti-
zm dan realizmga o ‘tish yo ‘lini belgilab berdi. Karl Zeydelm an esa,
shu realistik yo‘nalishning m arkaziy siymosi sifatida ko‘rindi.