STRINDBERG (1849—1912-y.)




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

STRINDBERG (1849—1912-y.)
Shved 
adabiyotining 
atoqli 
namoyandasi 
Yuxan Avgust 
Strindberg yangi drama ijodkorlari orasida alohida o'ringa ega. 
Dram aturg, shoir, olim , san’at nazariyachisi va jam oat arbobi sifa­
tida tanilgan bu zot o ‘z davri dramaturgiyasi va teatri tamoyillari- 
ning shakllanishiga kuchli ta’sir ko'rsatgan, zamonaviy Ovro'po 
teatri rivojiga m uhim hissa qo'shgan.
Strindberg ijodi inqirozli o'tish davrida shakllandi va bu ijod 
turli falsafiy va estetik m aktablar ta'siri ostida tarkib topdi.
Strindberg dramaturgiyasida adibning o ‘z boshidan kechirgan 
lavhalar tez-tez ko‘zga tashlanib turadi. U Stokgolmda kambag'al- 
lashib qolgan zodagon va uning sobiq joriyasi oilasida tugilgan. Bir 
yog‘i «yuqori», bir yog'i «quyi» tabaqaga xos ekanini dramaturg bir 
um r hayolidan chiqarm adi. Kechmishi haqida uning ko‘p jildlik 
epopeyasi birinchi qismining «Joriyaning o ‘g ii» deb atalishi bejiz 
emas. Strindbergning bolalik chog'ida boshdan kechirgan tashvishli 
hayoti-oiladagi janjal va kelishmovchiliklar, volidai m uhtaram a- 
sining erta olam dan o ‘tishi uning ijodida oila, nikoh kabi mavzu- 
larning yetakchi o ‘rin olishiga o 'z ta’sirini ko'rsatdi.
80-yillardan yozuvchilik ishi Strindbergni butkul o ‘ziga rom 
etib oladi. U tirikligidayoq Shvetsiyaning birinchi adibi degan
169


m o ’tabar nom qozonadi.
Strindberg bir qator m aqolalarida bayon etgan estetik qarash- 
larini o'zining tajribaviy «Intim - dilkusho teatri» (1907—1910)da 
am alga oshirishga harakat qiladi. Bu teatrda asosan adibning o ‘z 
asarlari qo'yilgan. Teatm ing kam sonli tom oshabinlarga m o'ljallan- 
ganligi 
xonaki 
sahnada 
qahram onlarning 
eng 
nozik 
ichki 
kechinm alarini ifodalash imkonini berdi.
Strindbergning dastlabki pyesalari zam onaviy m uam m olar — 
tahliliga qaratilgan. Ularda aks etgan oilaviy hayot tarzi voqelik 
tarzida talqin etilgan.
«O ta» pyesasida zobit qizini ona hukm idan qutqarib, o 'z tarbi- 
yasiga olm oqchi bo'ladi. Xotini Laura esa eri ko'ngliga shubha 
solib, qizi Berta undan emasligini aytadi. Keyin Laura erini aqldan 
ozdi deb odam lar orasida gap tarqatadi. C hindan ham zobit oxiri 
aqldan ozadi. Shu tarzda dram aturg oilaviy m ashm ashani o 'ta
k o 'lam dor ijtimoiy ziddiyatlar to'qnashuvi darajasiga olib chiqadi.
Strindberg «Freken Yuliya* (1888) pyesasida o 'z malavi, bilan 
ishqiy aloqaga kirib o'zini nobud qilgan grafinya tarixi haqida hi- 
koya qilgan. Dram aturgni Yuliyani fojiaga olib kelgan sabablar 
qiziqtirgan edi. Grafinya Yuliya «zodagonlik» m artabasida o'zini 
u n ch a erkin his etolmaydi, lekin ayni chog'da «kuyi» pog'o na ham 
unga yot. Malay Jan hushbichim , aqlli, vaziyatga qarab moslash- 
ishga usta; quv kishi bo'lib, «yuqori» tabaqa sari tinm ay intiladi, 
lekin uddasidan chiqolmaydi. Bunga ichki ju r’atsizlik inikon 
bermaydi, sahna oldida ko'rinuvchi grafning etigi unga doim o xo- 
jasi va o'zini uning malayi ekanini eslatib turaveradi. Jan Yuliyani 
o'ziga tobe etadi, lekin «martaba» pogonasiga ko'tarilolm aydi.
Strindbergning tarixiy dramalari orasida shved qirollari ha- 
yotiga bag'ishlangan pyesalar ajralib turadi. U larda taqdiri mushkul 
huknidorlar teatr uyini ishtirokchilari misol vaziyat taqozosi bilan 
«niqob» ichra turli q 
iyofalarda 
ko'rinuvchi 
shaxslar 
tarzida 
gavdalanadilar.
Erik («Erik XIV» — 1899) davlat boshqaruv ishlari o'ziga yot, 
qobiliyatsiz hayolparast bir kimsa. U Strindberg dramaturgiyasidagi 
ko'pchilik qirollar kabi «qirollik» martabasini k o 'z -k o 'z qiluvchi 
o'yinchi, itoatsizlarni qoralaydi, shubhali kishilarni qatl etadi. 
Lekin bu davlat m anfaatiga m onandm i — yo'qm i, uning uchun 
buning aham iyati yo'q.
Strindberg asarlarining yana bir qismini simvolistik va xonaki 
dram alar tashkil etadi. M azkur asarlarda hayotning beburdligi, 
taqdir hukm ining qudratliligi ohanglari ufurib turadi. «Damashqqa
170


yul* (1898—1904), 

Download 9,43 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish