S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

NAZORAT SAVOLLARI
1. Jan Pol Sartr fransuz intelektual dram asining yirik nam oy­
andasi sifatida. Ekzistensializm falsafasining asoschisi Sartr o 'z
ta ’limoti ta ’sirida «Pashshalar» asarini masal shaklida yaratib, unda 
ruhiy ulug'vorlik — inson qudratining ifodasi tarzida yurtdoshlarini 
fashizmga qarshi turishga d a ’vat etganligi. «Pashshalar» asarida 
Orest va Klitem nestra obrazlari qanday timsoliy m a’noga ega?
2. «Absurd teatri*da kishilar nega betayin, beburd, m a’nisiz 
tarzda ko'rsatilgan? S. Bekket va E. Ionesko asarlari haqida nim a 
deya olasiz?
3. «Komedi Fransez*, «Milliy Xalq Teatri»ning ko'ngil ochar 
tijorat teatrlari faoliyatiga zid ravishda fransuz sahnasining eng 
xalqchil hayotiy teran a n ’analarini davom ettirib kelayotganligi, Jan 
Vilar va Jerar Filip ijodi haqida nim alam i bilasiz?
246


IN G LIZ TEATRI
Ingliz teatr san’ati urushdan keyingi dastlabki yillarda tanglik 
davrini boshdan kechirdi. Angliya teatri hayotida yangi ijodkorlar 
avlodining yetishib chiqishi bilan 50-yillarning o ‘rtalaridan tub 
o'zgarishlar ro ‘y bera boshlaydi.
1956-yilning 8-m ay kuni keyinchalik Angliyaning ko'plab ta- 
raqqiparvar ijodkorlarini o 'z safiga olgan yangi teatr harakatiga asos 
solindi. Yigirma yetti yoshli aktyor Jon Osborn, teatrning badiiy 
rahbari Jorj Devin va 8-m ay kuni Osborn pyesasi asosida «Qahr ila 
boq» pyesasini sahnaga qo'ygan rejissor Toni Richardson ana shu 
harakatga boshchilik qildilar.
Angliya badiiy hayotiga Osborn bilan birga dramaturglarning 
yangi avlodi kirib keladi. U lar Sheyla Dileni, Arnold Uesker, Jon 
Arden kabilar edi. M unaqqidlar ularning nom ini «alamzada 
yoshlar* degan ta ’bir bilan m uhrladilar. «Qahr ila boq» pyesasi 
yangicha teatr yo‘nalishining dastlabki namunasi edi. O 'z sahnasini 
yosh adiblarga bo'shatib bergan «Royal Kort» teatri yangi dram a- 
turgiyaning chinakam targ'ibotchisi bo'ldi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish