CHEXOSLOVAKIYA TEATRI
Karel Chapek
(1890—1938) o ‘ziga xos izlanishlari bilan um um -
jahon dramaturgiyasiga katta hissa .qo'shgan
atoqli chex dram atur-
gidir. U murakkab izlanish yo‘lini bosib o ‘tdi. «Qaroqchi» (1920)
degan ilk pyesasida u har bir inson o ‘zi bir olam . uning qismati ijti
moiy jarayonga daxlsizdir, degan g'oyani olg‘a surgan edi.
K. C hapek, hokim iyat tepasiga fashistlar kelgach, 1934-yildan
o 'z asarlarida fashizmni fosh etishga kirishadi. 1937-yilda yozilgan
«Oq o ‘lat», 1938-yilda yozilgan «Ona» pyesalari XX asrda inson va
insoniyat boshiga tushgan ko'rgiliklar haqidagi iztirobli o ‘y va mu-
lohazalarga to ‘la asarlar tarzida dunyoga keldi.
Ayniqsa, C hapek ijodining cho'qqisi bo'lgan «Ona» pyesasi
adib nom ini jahonning eng ilg'or
dramaturglari qatoriga olib
chiqadi. Adib m azkur pyesada inson hayotining m a’no va mohiyati
m uam m osini o 'rtaga qo ‘ygan. Asarga jonsarak onaizor Dolores
xonadonining hayoti asos qilib olingan. Voqea jangda halok b o ‘lgan
ota xonasida sodir bo'ladi. Farzandlar ham ota yo'liga sodiq
qoladilar: uchuvchi Irji ilm -fan, texnika taraqqiyoti y o iid a o'zini
qurbon qiladi. Olishuvlarning
ikki tom onida turib, har biri o 'z
e ’tiqodi y o iid a kurashgan egizak aka-uka P etr va Kornel halok
bo iad ilar. Fikr va intilishlari bir-biriga ters kelib qolgan egizaklar-
ning o 'zaro olishuvlari pyesada asosiy yo'nalishni tashkil etgan.
Aka-uka olishuvi onani og'ir iztirobga soladi, u har ikkovining
jonini saqlab qolish dardida azob chekadi. C hapek, «Hayot
degani
nima?»
«Yashashning
m a’no va
mohiyati
nimada?»
degan
m uam m o atrofida bahs yuritgan edi. M uallifning xulosasi q at’iy:
hayot — yuksak ezgulikka xizmat qilishdir. O na erining ham far-
zandlarining ham , tanlagan yo'lini onalik m ehr-m uhabbati qarshi
sida bir pul deb hisoblaydi: ota mustam lakachilik urushida mahalliy
aholini qirsa, o 'g ii doktir O ndra shu aholini bezgak o ia tid a n
qutqaray deb halok bo'lsa, egizaklardan biri (K ornel) akasi Petrni
otib tashlagan kishilar tom onida kurashsa —
bular ahm oqlikning
aynan o'zi em asm i, deya jazavaga tushadi ona.
Lekin d a fa ta n kichik yurtga istilochilar bostirib kiradi, yurt
qonga botadi. O na so'nggi o'g'lini qirg'inbarotdan asrab qolishga
urinadi, lekin vurtning oh-zorlarini xayoliga keltirib, o'ylanadi, ru-
han azob chekadi. U ni shahid ketgan o'g'illarining
ruhi-xotirasi
qiynaydi, yashashning qadr-qim m ati nim ada ekanini qalban his
etishga urinadi va, nihoyat, so'nggi o'g'liga qurol tutqazib, yurt
himoyasiga yo'llaydi. C hapek timsoliy ifoda om illaridan m ohirona
258
foydalanadiki, bular keng qamrovli voqealarni ixcham va tig'iz
rivojlantirishga olib keladi. Ishtirokchi shaxslarning har biri o'ziga
xos yashash, intilish tarziga ega bo'lish
bilan bir qatorda, ular
badiiy umumlashtirilganligi bilan ajralib turadi.
K. Chapekning «Ona» pyesasi fashizm va vabosiga qarshi ku-
rashga chorlovchi asar bo'lgani uchun ulkan ijtimoiy m a’no kasb
etdi va dunyoning ko'plab teatrlarida, shu jum ladan, o'zbek teat
rida ham sahna yuzini ko'rdi. «Ona» asari K. M irm uham edov tar-
jim asida iste’dodli rejissor m arhum
M ahm ud Tolipov tom onidan
Sam arqand teatrida sahnaga qo'yildi. Atoqli chex dramaturgining
boshqa bir asari — «Oq o'lat» pyesasi esa M. U yg'ur nomidagi
S an’at institutida M ahkam M uhamedov rejissorligida diplom spek
takli sifatida sahnalashtirildi.