ARTUR MILLER (1915-y.)




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

262


ARTUR MILLER (1915-y.)
A rtur M iller hozirda ham AQSH dram aturgiyasida o ‘z ijodiy 
faoliyati bilan ko ‘zga k o'rin ib kelayotgan dram aturg hisoblanadi. 
U ning ilk asari 1944-yili yozilgan edi. «Omadli kishi* deb atal- 
gan bu- asarni o ‘sha yiliyoq rejissyor Elia Kazan Brodvey te a tr­
laridan birida sahnaga q o ‘ygan. Kazan M illerning «barcha bola- 
lar — m ening bolalarim * degan asarini ham 1947-yili Brodveyda 
q o'yadi.
A rtur M iller inson shaxsi va jam iyat m uam m olarini o ‘z ijodi­
ning bosh mavzusi qilib olgan realistik san’at nam oyandasi sifa­
tida m aydonga chiqqan edi. M illerning fikricha, dram aturg hay­
otiy obrazlar yaratishi kerak. «U kim o 'z i, kasb-kori nim a, qanday 
kun ko‘rm oqda, nim a hisobiga yasham oqda, boshqa personajlar 
bilan aloqadorligi qanday, boymi yoki kainbag‘alm i, uning o ‘zi 
o ‘zi haqida qanday fikrda, u haqda boshqalarning fikri qanday... 
bularning ham m asi aniq-ravshan bo'lishi lozim», deb ta ’kidlaydi 
Miller.
M iller «Barcha bolalar — mening bolalarim*, «Gum ashtaning 
o ‘limi», «Baho», «Gunohga botib», «Visha voqeasi» kabi asarlari 
bilan 30-yillar ijtimoiy dramasi an'analarining davomchisi sifatida 
ko‘rindi.
Miller «Barcha bolalar — mening bolalarim* pyesasi bilan 
urushni ko'rm agan kishilarga urush nimaligini ko'rsatib qo‘ydi. U 
insonning insonligi faqat o 'z farzandining tashvishini chekishda 
emas, shu bilan birga o'zgalarning farzandlari haqida ham 
qayg‘urish, demakki, bashariyat oldidagi m as’ulligini ado etishda 
ko ‘rinadi, degan g'oyani olg'a surdi.
«G um ashtaning o'lim i* (1949) dramasida M iller jonsarak 
raqobatchilar ham da oldi-sotdi olamining qurboni bo'lm ish gu- 
m ashta Villi Lomen obrazi orqali ko'pdan ko'p amerikaliklarning 
fojiali taqdirini um um lashtiradi. M uallif keksa gum ashta xotirasini 
sahnada jonlantirish orqali voqealaming tig'iz o'sib borishiga erish- 
gan edi. U nda Villi Lomenning m arhum akasi Ben bilan o'zaro 
m uloqotlar orqali ikki xil olam tasviri: «vahshiyona yashash tarzi* 
bilan millionlarga ega bo'lish va insoniylik, sahiylik tufayli fojiona 
o 'lim topishdan iborat um r yo'llari nam oyon bo'ladi.
M iller «Baho» (1968) pyesasida «G um ashtaning o'lim i*da 
k o 'tarilg an m a ’naviy-ahloqiy m asalalar tahliliga qaytadi. U nda 
k o 'p yillik ayriliqdan so 'n g uchragan V iktor va U olto r degan 
ikki aka-ukaning eski uyda otasidan qolgan jih o zlarn i sotish bi-
263


Ian b og'liq voqealar ifodalangan. Pyesada aks ettirilg an hayotiy 
voqelik shu q ad a r serqatlam va m urakkabki, yaxshilik qayerda- 
yu, yom onlik qayerda, kim h aq -u kim n o h aq ekanini anglash 
qiyin.
1970-yillarda M iller «01amning yaratilishi* (1972), «Amerika 
soati* (1976) kabi pyesalar yaratadi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish