• 1.6. Kadrlar siyosatini ishlab chiqish uchun tashkilotda personalni baholash tizimining SWOT-tahlil natijalarini qo‘llash
  • S xolmuratov korxonada kadrlar




    Download 1,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/91
    Sana10.06.2024
    Hajmi1,64 Mb.
    #262262
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   91
    Bog'liq
    Korxonada kadrlar siyosati (www.e-library.sammu.uz)

    18.
     
    Zaxiradagilarning talab qilib olinishini baholang (zaxiraga olinganlar 
    lavozimlarga tayinlangan umumiy sonining zaxira sonidan yangi 
    xodimlarning foizi). 
    18. Ichki rotatsiya orqali egallanadigan bo‘sh o‘rinlarning foizi qancha 
    (zaxira tarkibidan shart emas)? 
    1.6. Kadrlar siyosatini ishlab chiqish uchun tashkilotda 
    personalni baholash tizimining SWOT-tahlil natijalarini 
    qo‘llash 
     
    Dastlabki ma’lumotlar 
     
    Metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish va sotish bilan 
    Shug‘ullanuvchi kompaniya bozorda olti yildan buyon faoliyat 
    yuritmoqda. Tarkibida: bosh ofis (37 kishi), ishlab chiqarish 
    inshootlari (490 kishi), omborxona (26 kishi), yirik shaharlardagi 
    kompaniyaning 5 ta filiali (39 kishi) mavjud. Kompaniya yuqori 
    sur’atlar bilan rivojlanmoqda, ishlab chiqarish miqdori o‘sgan sayin 
    personal xarajatlari ham oshib bormoqda. Bir vaqtning o‘zida 
    so‘nggi yarim yil davomida sotish bo‘limining xodimlari va 
    boshqaruvning o‘rta bo‘g‘inidagi menejerlarning qo‘nimsizligi 
    oshishi kuzatila boshladi (tegishlicha 23%dan 46 %gacha).
    Rahbariyat bu vaziyatdan xavotirda edi: korxonadan ketganlar
    raqobatdagi kompaniyalarga ishga joylashdilar. Personalni boshqa-
    rish tizimi auditini o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qilindi. Shu 
    jumladan, personalni baholash tizimi ham tahlil qilindi. Natijada 
    quyidagilar aniqlandi: 


    37 
    1. Tashkilot rahbariyati e’lon qilinayotgan kadrlar siyosati 
    doirasida baholashni personalni boshqarish tizimining bir qismi 
    hisoblagan, ammo uning boshqa qismlari bilan bog‘liqligini aniq 
    ko‘rsatmagan.
    2. Kadrlar xizmati rahbar xodimlar va mutaxassislarni amaldagi 
    qoidalar asosida attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etgan. Kadrlar 
    xizmati boshlig‘i yangi baholash texnologiyalarini o‘zlashtirishga 
    intilmaydigan iste’fodagi harbiy kishi edi. U attestatsiya to‘g‘risida 
    namunaviy qoidani (hujjatni) tayyorlagan va Shunga asosan 
    personalni baholash o‘tkazilgan.
    3. Attestatsiya to‘g‘risidagi qoidalar, uning natijalari, rahbar va 
    mutaxassislar so‘rovini tahlil qilish davomida baholash jarayoni 
    rasmiylashtirildi va ish jarayonining mehnattalabligi aniqlandi.
    4. Tarkibiy bo‘linma rahbarlari ularning baholovchilarga 
    qaratilgan tavsiyalariga e’tibor bermaganligiga ishonch hosil qilib
    attestatsiya jarayoni bevosita ish jarayonidan alohida deb hisoblay 
    boshlaganlar. Ularning attestatsiya qilish maqsadi - faqat bo‘y-
    sunuvchi xodimlar bo‘yicha hisobda yanglishishni ko‘rsatishdan 
    iborat. Ular, o‘z navbatida, attestatsiyadan ijobiy natija ola olmay, 
    mavjud personalning har bir toifasi uchun faoliyatni alohida baholash 
    mezonlari ishlab chiqilmagan deb, xulosa chiqardilar. Attestatsiya ish 
    haqi, malakani oshirish va karera oshishi uchun emas, balki 
    navbatdagi «tanbeh» uchun qo‘llanilgan degan xulosaga kelindi.
    2. «SWOT-tahlil» korxonaning mavjud ichki va tashqi 
    imkoniyatlaridagi kuchli, zaif tomonlari, bo‘lajak zaxiralari, xavf-
    xatarlar va sezilarli taxdidlardan kelib chiqib tayyorlanuvchi 
    strategik rejalashtirish uslubi. 
    Korxona personalini baholash jarayonida mavjud bo‘lish ehti-
    moliga ega asosiy muammolar: 

    e’lon qilingan maqsadlar bo‘yicha o‘tkazilgan attestat-
    siyaning pirovard maqsadlarga zid kelishi; 

    rahbar xodimlarni baholash personalni boshqarish 
    tizimining quyi bo‘g‘inlari bilan bog‘lanmaganligi; 

    personalni baholashda kuyi bo‘g‘inlarning kompaniya 
    umumiy faoliyat natijalariga qo‘shgan hissasining aniq emasligi; 


    38 

    attestatsiyaning personalni baholashning bir qismi sifatida 
    tashkilotni yanada rivojlantirish talablariga javob bermasligi. 
    3-jadval 

    Download 1,64 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   91




    Download 1,64 Mb.
    Pdf ko'rish