S xolmuratov korxonada kadrlar




Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/91
Sana10.06.2024
Hajmi1,64 Mb.
#262262
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91
Bog'liq
Korxonada kadrlar siyosati (www.e-library.sammu.uz)

 «Zafar»
 
kompaniyasining kadrlar siyosati to‘g‘risidagi
Nizom 
 
Kadrlar siyosatining mohiyati tashkilot missiyasini amalga 
oshirish 
uchun 
kompaniyani 
malakali 
xodimlar 
bilan 
ta’minlashdan iborat. 
Kadrlar siyosatining asosiy maqsadlari quyidagicha: 
1.
Barcha xizmat va bo‘linmalarda kompaniya va har bir 
xodimning maqsadlariga erishish uchun samarali va sifatli 
ishlashga intiluvchi malakali hamda sodiq kadrlar tarkibini 
shakllantirish. 
2.
Har bir xodimning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi, teng 
imkoniyatlarini ta’minlash, adolatlilik va ijtimoiy himoyalanish 
prinsiplariga rioya qilish. 
3.
Kompaniyada xodimlarning mehnat faoliyatini Mehnat 
kodeksi, davlat me’yoriy huquqiy hujjatlari, ichki mehnat tartib 
qoidalari, qo‘llanmalar, jamoa shartnomasiga qat’iy muvofiqligida 
ilova qilish. 
4.
Kompaniya xodimlarining kasbiy va shaxsiy salohiyatini 
ularning manfaatlarini kompaniya manfaatlariga muvofiq rivojlan-
tirish. 
5.
Yuqori darajadagi xolisonalikni ta’minlovchi va xodim-
larning rivojlanishi va malakasini oshirishni kuchaytiruvchi per-
sonalni baholash usullaridan foydalanish.
6.
Tashkiliy-shtat tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida 
samaradorlik tahlilini amalga oshirish. 
Kadrlar siyosatining vazifalari quyidagi o‘zgartirishlarga mu-
vofiq har yili to‘g‘irlanadi:
tashqi muhitda: raqobat sohasi, mehnat qonunchiligi talablari, 
mehnat bozoridagi vaziyat; 
ichki muhitda: xo‘jalik faoliyatining talablari, kompaniyaning 
rivojlash strategiyasi va moliyaviy imkoniyatlari, personalni 
boshqarish uchun xarajatlarning unga belgilaydigan ehtimoliy 


64 
darajasi; mavjud xodimlarning miqdori va sifat tavsifnomalari, 
istiqbolda ularni o‘zgartirish yo‘nalishlari; 
Kadrlar siyosati quyidagi prinsiplarda tuziladi:

rejalilik va komplekslilik; 

ishchanlik, samaradorlik;

boshqarish tizimining moslashuvchanligi;

teng imkoniyatlar; 

mehnatga adolatli mukofoti;

ijtimoiy himoya;

korporatsiya manfaatlari bilan cheklanganlik; 

ochiqlik, xabardorlik; 

qayta bog‘lanishni ta’minlash: kompaniya – xodim – 
kompaniya. 
Kompaniyaning kadrlar siyosatining obyekti kadrlar hisobla-
nadi. 
Kompaniya kadrlar siyosatining ustuvorliklari inson kapitalini 
saqlash va yanada ko‘paytirish, kasbiy, amaliy, shaxsiy bilimlarni, 
qobiliyat va ko‘nikmalarni rivojlantirish va ketma-ketlik asosida 
zamonaviy standartlarga javob beruvchi yuqori darajadagi 
mahoratni ta’minlashdir. 
Kompaniya xodimlarga quyidagi talablarni belgilaydi: 
1.
Kompleks vazifalarni hal qilish, muntazam va dinamik ish-
lash, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishni ta’minlovchi mahorat. 
2.
Ishlarni bajarish sifati va kompaniya mol-mulkining saqla-
nishi, shuningdek, vazifalarning bajarilish me’yor, qoida va 
muddatlariga rioya qilishda intizomliligi uchun yuqori javob-
garlikni talab qilish sharti. 
3.
Kompaniya va xodim maqsadlarining birligini aks ettiruv-
chi, tashkilotning barqaror rivojlanishiga imkon beruvchi qaror-
larning qabul qilinishini ta’minlovchi vijdoniylik va to‘g‘rilik. 
Ko‘rsatilgan talablarga munosib xodimlarni moddiy muko-
fotni oshirishda kadrlar xizmati ishining ustuvor yo‘nalishidir. 
Kadrlar siyosatining tuzilishi bir qator o‘zaro bog‘langan 
jarayonlarni ifodalaydi:

kadrlar statistikasi va tahlili orqali kompaniyaning istiqbolli 
rejalariga muvofiq kadrlarga bo‘lgan miqdor va sifat talabini 


65 
rejalashtirish, sotsiologik tadqiqotlar va statistika ma’lumotlarini 
qayta ishlash; 

kompaniyada ishlash uchun yuqori malakali va tajribali 
mutaxassislarni izlash, kasbiy va psixofiziologik tanlash; 

yangi qabul qilingan xodimlarni qabul qilish va samarali 
manzilli moslashishni kuzatish; 

kompaniya xodimlari bilan intizomiy munosabatlarni 
kuzatish;

personalni baholash va attestatsiya qilish; 

personalning lavozimi o‘sishini boshqarish, samarali 
joylashish va rejalashtirish, Shu jumladan, yuqori lavozimlarga 
ko‘tarilishi uchun zaxirani shakllantirish; 

kompaniya personalining uzluksiz, kasbiy ta’limi va 
malakasini oshirish; 

ishdan bo‘shatilgan va qisqartirilgan xodimlar bilan manzilli 
ishlash; 

yosh mutaxassislar, o‘quv yurtlari bitiruvchilarini jalb etish 
va biriktirish, yangi qabul qilingan xodimlardan faoliyatning 
o‘ziga xos xususiyatlariga ega va kompaniya manfaatlariga sodiq 
bo‘lgan yuqori darajali professionallarni shakllantirish. 

Download 1,64 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91




Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish