• 1-amaliy topshiriq
  • S xolmuratov korxonada kadrlar




    Download 1,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/91
    Sana10.06.2024
    Hajmi1,64 Mb.
    #262262
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91
    Bog'liq
    Korxonada kadrlar siyosati (www.e-library.sammu.uz)

    2.4.
     
    Kadrlar siyosatini shakllantirish yo‘llari 
     
    Kadrlar siyosati tashkilotning tegishli rahbarlari tomonidan 
    amalga oshiriladi. 
    Amalda kadrlar siyosati tashkiliy, iqtisodiy, ma’muriy-
    huquqiy, ijtimoiy-psixologik tadbirlar, rejalar, kadrlar dasturi
    mavzuli dasturlar (personalni baholash, firmada ta’lim, personal 
    mehnat faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish, mu-
    rabbiylik va yosh mutaxassislarni ijtimoiy moslaShuvi, xodimlar 
    mehnat sharoitlarini maqbullashtirish va hokazo), me’yor, usul va 
    qoidalar, personal-texnologiyalar, xodimlarni boshqarishning turli 
    usullari va personal monitoringi tizimi orqali amalga oshiriladi.
    6
    Turli darajadagi rahbarlarning, ular tomonidan bo‘ysunuv-
    chilar bilan mehnat munosabatlari jarayonida qo‘llanuvchi 
    iqtisodiy, ma’muriy va hokazo vakolatlari kadrlar siyosatini 
    amalga oshirish vositasi hisoblanadi.
    Kadrlar 
    siyosatida 
    amalga 
    oshiriladigan 
    tadbirlarning 
    samaradorligini aniqlash maqsadida ularning monitoringini 
    amalga oshirish kerak. Ichki va tashqi omillar o‘zgarganda 
    tashkilot rahbari tashkilotda inqiroz holatining oldini olish uchun 
    tegishli rahbarlar oldiga inqirozga qarshi kadrlar dasturlarini 
    ishlab chiqish bo‘yicha vazifani o‘z vaqtida qo‘yishi shart. Ular 
    kadrlar siyosatini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatni ta’minlash 
    uchun kutilayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
    qiyinchiliklar va inqiroz hodisalarini bartaraf etish bo‘yicha chora-
    tadbirlar tizimini o‘z ichiga oluvchi alohida vaziyatli rejalarini 
    ishlab chiqishi zarur. 
    1-amaliy topshiriq 
     
    Bir nechta tashkilotlarning kadrlar siyosati xususiyatlarini 
    tahlil qiling (quyida kadrlar siyosatini shakllantiruvchi bir qator 
    hujjatlar keltirilgan). Kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjatlar 
    6
    Шекшня С. В. Управление персоналом современной организации. – М.: ЗАО «Бизнес-школа 
    «Интел-Синтез»», 2007. – 336 с. 


    63 
    tuzilishiga, ularning amal qilish muddatlariga, muhim yo‘nalishlar 
    bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni hal qilish usullariga e’tibor bering.

    Download 1,64 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91




    Download 1,64 Mb.
    Pdf ko'rish