Xodimlarning mehnat faoliyatini rejalashtirish




Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/91
Sana10.06.2024
Hajmi1,64 Mb.
#262262
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91
Bog'liq
Korxonada kadrlar siyosati (www.e-library.sammu.uz)

3.2.Xodimlarning mehnat faoliyatini rejalashtirish 
 
Kadrlar siyosatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri 
xodimlarni rejalashtirishdir. Kompaniya xodimlarini rejalash-


83 
tirishning asosiy maqsadi - kundalik ishlarda xodimlarning barcha 
toifalari manfaatlarini hisobga olishni ta’minlash. Kompa-
niyalardagi barcha asosiy bo‘linmalar faoliyatini kadrlar siyosatini 
aniq rejalashtirish, ishlab chiqish va takomillashtirishsiz amalga 
oshirishi mumkin emas. Xodimlarni rejalashtirish, yaqin kelajakda 
tashkiliy reja va dasturlarni ishlab chiqishda amalga oshiriladi, bu 
esa xorijiy tashkilotda ishlab chiqarish vazifalarini bajarilishini 
ta’minlaydi. Xodimlarni rejalashtirish kompaniyadagi maxsus 
xizmat vazifasi hisoblanadi. Odatda statistika ma’lumotlarini 
to‘plash, xodimlarning holatini tahlil qilish, xodimlarning reja 
loyihalarini ishlab chiqish va uni tasdiqlash bo‘yicha qaror qabul 
qilishda ishtirok etishni rejalashtirish bo‘limlari tashkil etiladi. 
Umuman kadrlar bo‘linmalari xodimlar harakati, lavozimi, 
xodimlarning aylanishi va kompaniyada yangi bo‘sh lavo-
zimlarning paydo bo‘lishini taxmin qilish uchun mo‘ljallangan. 
Inson resurslarining miqdor va malakaviy sifat ko‘r-
satkichlarini rejalashtirishning samarali muhim sharti hisoblanib, 
kadrlar bo‘limining vazifasiga kirib, xodimlarni rejalashtirish 
kompaniyaning texnik rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi va 
texnologik omillar ham o‘z navbatida, xodimlarni rejalashtirish 
mazmuniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Xodimlarni rejalashtirish jarayonidagi muhim element – 
kompaniya xodimlarining vazifalarini aniq belgilash va u quyida-
gilardan iborat: 
lavozimning nomi va vazifalarini aniq ko‘rsatish; 
ushbu lavozimni kompaniyaning boshqaruv tarkibiga 
moslashtirish va muvofiqlashtirish; 
ma’muriy bo‘ysunish pog‘onasi va darajasi; 
rasmiy vazifalardan foydalanishning asosiy maqsadi; 
eng yaqin lavozim va uning vakolatlari; 
ushbu lavozimni almashtirish yo‘llari va hokazo boshqaruv 
lavozimlari; 
ushbu lavozimni egallagan xodimni kasbiy rivojlantirish 
bo‘yicha rejalashtirish tadbirlari. 
Inson resurslarini ushbu turdagi rejalashtirish, xodimga faqat 
iqtisodiy yondaShuvga asoslanadi, uning mohiyati quyidagilardir:


84 
- kompaniya xodimidan ishga joylashish uchun sarflanuvchi 
xarajatlar; 
- ishga qabul qilish; 
- o‘qitish, qayta o‘qitish; 
- munosib mehnat sharoitlarini yaratishga sarflanuvchi 
xarajatlar; 
- uzoq muddatli foyda keltirishiga qaratilgan tadbirlar. 
Kadrlarni rejalashtirish sohasida yakuniy qarorlar qabul 
qilish uchun javobgarlik kompaniyani boshqarish bilan bog‘liq 
bo‘lib, u xodimlarni rejalashtirishni ishlab chiqarish qarorlari 
majmuasiga integratsiyalashishga qaratilgan. Qoida tariqasida 
korxona rahbarlari eng muhim maqsadlarni belgilab olishlari va 
qanday tadbirlarni amalga oshirish kerakligini aniqlashlari kerak. 
Kadrlar ishini rejalashtirish, kompaniyaning to‘liq boshqarili-
shining muhim qismidir, Shuningdek, xodimlarning kasbiy va 
malakali tuzilmasida o‘zgarishlarni kuzatishni o‘z ichiga oladi va 
ishchi kuchi rivojlanishining tendensiyalarini aniqlash va uning 
uchun sifatli va miqdoriy talablarni belgilash uchun mo‘ljallangan. 
Bu inson resurslari samaradorligini sezilarli darajada yaxshilaydi. 

Download 1,64 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91




Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xodimlarning mehnat faoliyatini rejalashtirish

Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish