78
xulosaga kelishdi. Shu sababdan korxonaning kadrlar siyosati
bo‘yicha Kengashni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Direktor o‘rinbosari barcha rahbarlarni jalb etish uchun o‘zaro
aloqa
mexanizmini
ishlab
chiqish,
korxonaning
biznes
strategiyasidan kelib chiqib, uning muhim
tarkibiy qismiga aylanib
boruvchi kadrlar siyosatining yangi loyihasini ishlab chiqish
jarayonini taklif etdi. U keyinchalik kadrlar siyosatini monitoring
qilish natijalari va kadrlar boshqaruvi tizimining samaradorligini
muntazam baholash asosida ehtimoliy tuzatishlar bo‘yicha
taklif va
tashabbuslarning muvofiqlashtiruvchi mutaxassisi bo‘lishi kerak,
degan taklifni kiritdi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqib quyidagi
muammolarga e’tiboringizni qaratamiz va savollarga javob
tayyorlash borasida bu vaziyatdan chiqib ketish yo‘llarini topamiz.