Kadrlar siyosatining takomillashtirib borish xususiyatlari




Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/91
Sana10.06.2024
Hajmi1,64 Mb.
#262262
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91
Bog'liq
Korxonada kadrlar siyosati (www.e-library.sammu.uz)

 
6.2. Kadrlar siyosatining takomillashtirib borish xususiyatlari 
va yo‘llari 
Mualliflarning fikriga ko‘ra, kadrlar siyosatini takomillash-
tirishning bir necha uslublarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular bir 
qator omillar bilan belgilanadi: korxona boshlig‘ining uslubi, 
jamoadagi korporativ madaniyatning xususiyatlari, tarkibiy 
bo‘linmalar rahbarlarining vakolatlari, shu jumladan, korxonaning 
xodimlar xizmati va hokazolar. 
Korxonaning kadrlar siyosatidagi innovatsiyalarni amalga 
oshirishda va inson resurslarini boshqarish tizimida kadrlar siyosa-
tini takomillashtirib borishga jamoada sezilarli qarshiliklar vujudga 
kelishi tabiiy xoldir. Buning sabablari turli darajadagi rahbarlar va 
bo‘g‘in menejerlari hamda texnologik yo‘nalish xodimlarining bir-
birlaridan bilim va tashkiliy tafakkurdagi farq bo‘lishligi sababdir. 
Keling, paydo bo‘lgan muammolarni hal qilishning odatiy va 
optimal usullarini bir boshdan boshlab ko‘rib chiqaylik.
1. Yangilikni yoqtirmaslik va yangiliklardan qo‘rquv. Odamlar 
yangiliklarni yoqtirishmaydi va rahbariyat tomonidan kiritiladigan 
yangiliklarga shubha bilan qarashadi. Ular o‘zgarishlarning boshqa 
lavozimga o‘tishiga, ish haqining oshishi hisobiga ish hajmining 
ko‘payishiga, ishni yo‘qotish xavfi yoki ish joyining holatiga olib 
kelishidan qo‘rqadi. Ular yangi texnologiyalar va ish uslublarini 
o‘rgana olmasligi mumkinligidan ham qo‘rqishadi.
2. Kasbiy va lavozim o‘sish (o‘zgarish) yo‘nalishidagi shub-
halar. Xodimlar kadrlar siyosatidagi o‘zgarishlar, bir tomondan, 
qobiliyatlar, kasb mahoratiga ega bo‘lish, yoki bor mahoratini 


156 
yo‘qotish, umuman o‘zgarishlar ishsizlikka olib kelishi 
mumkinligidan qo‘rqishi, yangi ko‘nikmalar va ko‘nikmalarni 
o‘rganishga sabrsizligi. Natijada xodimlarning ko‘zi bilan qara-
ganda mavjud kadrlar siyosati takomillashuvi ularga zid va, hatto, 
ziyon keltirishi mumkindek tuyuladi.
3. Noqulayliklar. Kadrlar siyosatidagi o‘zgarishlar mehnat 
tarzini, uning murakkabligini, daromad miqdorini va hayotni 
qiyinlashtirishi mumkin deb hisoblaydilar
4. Ma’lum shaxslar, jumladan norasmiy munosabatlar 
tahdidi. Korxonaning mavjud kadrlar siyosatini takomillashtishi 
amaldagi tarkibiy o‘zgarishlarni ro‘yobga chiqaradi, keyinchalik 
ular tashkil etilgan norasmiy aloqalarni, ijtimoiy guruhlarni yo‘q 
qilish, mehnat jamoadagilarni butunlay boshqa rollarni ijro 
etishga undaydi degan noto‘g‘ri fikrlarga olib keladi (12-jadval).
12-jadval 

Download 1,64 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91




Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kadrlar siyosatining takomillashtirib borish xususiyatlari

Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish