Kadrlar siyosatini takomillashtirish jarayonida jamoada




Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/91
Sana10.06.2024
Hajmi1,64 Mb.
#262262
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91
Bog'liq
Korxonada kadrlar siyosati (www.e-library.sammu.uz)

Kadrlar siyosatini takomillashtirish jarayonida jamoada 
qarshi bo‘lgan xodimlarning fikr va harakat shakllari 
o‘zgaradi 
13-jadval 
Qabul qilishning 
yondashuvi 
Qo‘llanish usuli 
Qalbaki qo‘llash 
Ushbu g‘oyani muhokama davrida faol qo‘llab-
quvvatlash, lekin amalda qo‘llanilmasligi 
Jamoaviy sukut 
saqlash 
Rejalashtirilgan 
o‘zgarishlarni 
xodimlar 
yoppasiga rozilik bildiradi va qabul qilishadi. 
Shu bilan birga, ular islohotchilarning fikrlaridan 
ajralib turadigan o‘z nuqtayi nazarlariga ega 
Faoliyatlarni 
modellashtirish 
qarshilik tadbirini 
qo‘llash 
Noilojli natija jarayonida bo‘ronli qarshilikka 
harakat qilinish 
“Bu tadbir 
ishlamayapti” 
degan xulosaga 
borish 
Ular o‘zlari islohot ishlarini o‘zlari bajarmoqchi 
bo‘lib xo‘ja ko‘rsin ishlarni qila boshlaydi, lekin 
oqibatta barcha xatti-harakatlarini bajarmaslik-
dan iborat bo‘ladi. 
Rahbarning islohot
loyihasini 
ochiqchasiga rad 
etish 
Turli sabab va yo‘llar bilan, uning fikrlarini 
qonunga xilof deb e’lon qilish 
Korxonaning kadrlar siyosatidagi o‘zgarish jarayonlariga 
jamoaning qarshiligini kamaytirish yoki bartaraf qilish uchun 
xodimlarni boshqarish va kadrlar bilan ishlash tizimida bir qator 
qo‘shimcha vazifalarni bajarish muhimdir. 
Birinchidan, xodimlarning kadrlar siyosatidagi amaliy va 
bo‘lajak yangiliklar haqidagi ishonchini oshirish zarur. 
Muhim o‘zgarishlarning tashabbuskori yoki tashabbuskor 
yetakchisi, obro‘li, ijobiy imijga ega bo‘lishi, kadrlar siyosatidagi 
o‘zgarishlar haqida ma’lumotni ishonchli tarzda jamoaga taqdim 
qila oladigan bo‘lishi zarur. 
Ikkinchidan, o‘zgarishlar oldidan xodimlarning yangilik–
lardan qo‘rquvi va shubhalar tuyg‘ularini yengish muhim 


160 
ahamiyatga ega. Kadrlar siyosatida yuzaga keladigan o‘zgarish–
larning ijobiy qiyofasini yaratish, o‘zgarishlarning yutuqli tomon-
larini keng ifodalab, o‘zgarishlar ma’lum bir xodimning mehnat 
faoliyatidagi ijobiy ta’sir ko‘rsatishini keng ommaga yorqin 
misollar bilan tushuntirish kerak. 
Uchinchidan, jamoadagi bir-biriga ruhan yaqin odamlarning 
guruhini shakllantirish, kadrlar siyosatining yangi istiqbolli 
yo‘nalishlarini afzalligida ular orasida qat’iy ishonchni hosil 
qildirish.
To‘rtinchidan, xodimlarni kadrlar siyosatining yangi matnini
amalga oshirishga bevosita jalb qilish, bu borada ularni qayta 
tayyorlash, malakasini oshirish, o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvat-
laydigan rahbarlarni va oddiy xodimlarni rag‘batlantirish zarur. 
Beshinchidan, xodimlarning yuqori idoralarga qiladigan 
mavjud rasmiy va norasmiy aloqalarini hisobga olish, ularni asta-
sekin tushuntirish vositalari yordamida fikrlarini o‘zgartirish.
Oltinchidan, kadrlar siyosatidagi o‘zgarishlarning mohiyatini 
chuqur tushunmaydigan o‘rta bo‘g‘in rahbarlari bilan alohida 
suhbatlar o‘tkazib diqqat e’tiborini o‘zgartirish kerak.
Jamoada kadrlar siyosati masalasi bo‘yicha birdamlik 
ishlarini kuchaytirish natijasida xodimlarning mas’uliyatini 
o‘rganish, ba’zi sohalarda kadrlar siyosatidagi noto‘g‘ri hisob-
langan o‘zgartirish, ularning yetarli dalillarga, uning davomiyligi 
va uni amalga oshirish yo‘llariga, uni boshqarayotgan odamlar-
ning maqsadlari va qadriyatlariga nisbatan kelishmov–chiliklarni 
bildirishi mumkin. 
Kadrlar siyosatida asosiy guruhlar darajasida innovatsion 
o‘zgarishlarga mavjud qarshilikni bartaraf etish uchun quyidagi 
tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish zarur: 
- bo‘lim boshliqlariga xodimlarining o‘z manfaatlarini va 
manfaatlarini erkin ifoda etishiga keng imkon berish;
-kadrlar siyosatidagi o‘zgarishlar loyihasida o‘z taklif va 
takliflarini taqdim etish imkoniyatini berish;
- yangilikka qarshilar yoki eski holatni o‘zgartirishga moyil 
bo‘lmagan konservativ tusdagi rahbarlarni bosqichma-bosqich 
suhbatlashib adashgan fikrlaridan qaytarish;


161 
Kadrlar siyosatidagi o‘zgarishlar natijalarini muntazam 
kuzatib borish va ushbu kadrlar siyosatidagi yangiliklarni ishlab 
chiqish va amalga tadbiq qilishning turli bosqichlarida har bir 
menejerning fikrini alohida e’tiborga olib tahlil qilish muhim rol 
o‘ynaydi. Natijada kim haqiqatan haq bo‘lgan va kim nohaq 
bo‘lganligi oxir oqibat namoyon bo‘ladi. Korxonaning kadrlar 
siyosatini o‘zgartirish tashabbusi nafaqat yuqori lavozimdan, balki 
xodimlar bo‘limi xizmatidan ham keng foydalanish zarur. Bu juda 
tabiiydir, chunki u korxona xodimlari haqida barcha asosiy 
ma’lumotlarga e’tibor beradi.
Xodimlar bilan ishlashning turli sohalarida, jumladan
kadrlar siyosatidagi o‘zgarishlar jarayonini boshqarish bo‘yicha 
xulosalar, tavsiyalar, takliflarni jamlab, ular bilan keng ommani 
tanishtirib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Download 1,64 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91




Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kadrlar siyosatini takomillashtirish jarayonida jamoada

Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish