2-vazifa.
Quyidagi saqlash texnologiyasi bo'yicha 600 tonna
piyozni saqlash uchun ombor maydonini hisoblang:
Majburiy shamollatiladigan 4 qavatli tokchalarda piyozni joylash,
balandligi 0,4 m, eni 1,8 m, bo‘yi 3 m. Piyozning hajm birligi 1 m3 ga
560-580 kg mahsulot ketadi. Omboming, foydalanish koeffitsiyenti
75%.
3-vazifa. Tabiiy shamollatiladigan 1500 tonna kartoshkani
xirmon usulida saqlashda doimiy ombor maydonini hisoblash. Xirmon
balandligi 1,2 m, eni 3 m, uzunligi 8 m. Kartoshkaning hajm birligi - Г
m3 ga 650-700 kg mahsulot ketadi. Omboming foydalanish
koeffitsiyenti 85%.
4-vazifa. 200 tonna qishki olma mevalarini sovutiladigan
omborlarga uzoq muddat saqlash uchun joylashtirishda zarur
bo‘ladigan yashiklar, tagliklar va ombor maydonini hisoblash. Bunda
olma saqlanadigan №3 nomi bilan ataluvchi yashikning (3.2-rasm)
sig'imi 25 kg. Yashiklar taxlanadigan yashikning uzunligi 1,2 m, eni
0,8 m. Yashiklami taxlash balandligi 3-4 m, ya’ni bitta taglika 16-20
donayashiktaxlanadi. Omboming foydalanish koeffitsiyenti 85%.
5-vazifa.
Faol shamollatiladigan va sovutiladigan doimiy
omborlarda 400 tonna qishki olma mevalarini uzoq muddat saqlash
uchun zarur boladigan konteynerlar va ombor maydonini hisoblash.
Bunda olma saqlanadigan konteyneming (3.3-rasm) sig‘imi 250 kg.
Konteyneming uzunligi 0,9 m, eni 0,6 m. Konteynerlami 2 qavat qilib
taxlanadi. Omboming foydalanish koeffitsiyenti 85%.
6-vazifa. 300 tonna uzumni sovutiladigan omborlarga saqlash
uchun joylashtirishda talab etiladigan yashiklar, tagliklar va ombor
maydonini hisoblash. Bunda uzum saqlanadigan №1 nomi bilan
ataluvchi yashikning sig‘imi 8 kg. Yashiklar taxlanadigan yashikning
uzunligi 1,2 m, eni 0,8 m. Yashiklami taxlash balandligi 3-4 m, ya’ni
bitta taglika 16-20 dona yashik taxlanadi. Omboming foydalanish
koeffitsiyenti 85%.
Doimiy omborlarda meva va sabzavotlami joylashtirish tartibi.
Sabzavot va mevalar doimiy omborlarda xiimonlarda to ‘kma holda,
konteynerlarda, yog'och yashiklarda yoki qoplarda saqlanadi (3-
rasm).
1
2
3
3-rasm. Sabzavot va mevalar saqlanadigan idishlar:
1-qop; 2-yashik; 3-konteyner.
Karamrd oziq-ovqat maqsadida tokchani eni va bo‘yiga qarab
taxlanadi. Tokchaning kengligi 1 m, balandligi esa 0,6-0,8 m b o iib ,
3-5 qavat karam boshlari joylanadi.
Lavlagi, turp, sholg‘om kichik xirmonlarda (kengligi 3-4 m,
uzunligi bmoning kengligiga qarab) saqlanadi. Lavlagining xir-
mondagi qatlami 1,2-1,5 m, turp va sholg'om uchun 1 metrgacha
bo‘ladi.
Piyoz maxsus to‘rli qoplarga joylangan holda shtabeilarga tax-
lanib, yoki maxsus 4 qavatli stellajlarda to ‘kina holda saqlanadi.
Bimday stellajlarda piyoz yaxshi saqlanadi, ulami shamollatib turisli
va saqlanish holatini nazorat qilish juda qulaydi (4-rasm).
li
4-rasm. Piyozni maxsus 4 qavatli stellajlarda saqlash
|