masalan, kartoshkaning tuganaklari, ayrim ildizmevalar, piyoz, anjir,
patisson, baqlajon, nok va boshqalar.
Rangi.
Meva va sabzavotlaming rangi bu ulami sifatini eng asosiy
ko‘rsatkichlaridan biridir. Bu ko‘rsatkichga qarab, mahsulotning
pishgan-pi shmagan ligini, tashqi qiyofasi oftobda kuygan-kuymaganligi
aniqlanadi. Lekin rangni' aniq bilish qiyin, masalan birgina oq rangni
o ‘zi DASTda bir necha xilga bo‘linadi, Shuning uchun hozir rangni
aniq ajralishi uchun fotometrik usul yoki maxsus Bondarsev jadvali
aniqlashda yordam beradi.
Mahsulot hajmini aniqlash.
Buni aniqlash uchun menzurkalar
yoki shisha idishlar kerak bo‘ladi. Mahsulotga to ‘lib turadigan
miqdorda suv solinadi, keyin unga mahsulotning o ‘rtacba namunasi
joylanadi, m a’lumki suvni sathi ma’lum belgigacha ko‘tariladi, mana
shu ko‘tarilgan bo‘lim meva hajmi deb hisoblanadi, y a ’ni meva
solingandan
keyingi
shkala ko‘rsatgichidan
dastlabki
shkala
ko‘rsatkichi ayirib tashlanadi (9-rasm).
Og‘irligini aniqlash.
Meva-sabzavot va uzumlaming og‘irhgini
aniqlash uchun albatta tarozi kerak bo‘ladi. Amaliy ot shuni
ko‘rsatadiki, buning eng yaxshisi pochta tarozisidir. Unda faqatgina
kilogramm emas, garmmlar ham yaqqol ko‘rinib turadi. Shuni aytish
kerakki, meva og'irligini aniq bilish uchun qanchalik ko‘p miqdorda
meva yoki sabzavot bo‘lsa, shunchalik aniq ko‘rsatkichga ega
bo‘lamiz. Undan tashqari shu ko'rsatkichga ega bo‘lish uchun bir
tortish variant! 3 marta qaytarilishi kerak.
9-rasm. Meva hajmini ko‘tarilgan suv sathi bo‘yicha aniqlash